Boshqaruv segmentar hisobotining shakllari
-
materiallar va butlovchi
qismlar zahiralari to‗g‗risida, tugallanmagan ishlab chiqarish bo‗yicha, ishlab
chiqarilgan mahsulot (ish, xizmatlar) to‗g‗risida, xarid qilingan qiymatliklar
to‗g‗risida, tayyor mahsulot zahiralari to‗g‗risida, sotishlar to‗g‗risida, pul
mablag‗lari harakati to‗g‗risida hamda debitorlik va kreditorlik qarzlari
to‗g‗risidagi segmentar hisobot shakllari.
Boshqaruv hisobining huquqiy asoslari - xo‗jalik yurituvchi
sub‘ektlarda boshqaruv hisobini tashkil tartibi, usullari va elementlarini
belgilab beruvchi qonuniy-me‘yoriy hujjatlar to‗plami.
Bevosita xarajatlar - mahsulotlarni ishlab
chiqarish bilan to‗g‗ridan-
to‗g‗ri bog‗liq bo‗lgan xomashyo va materiallar, mehnatga haq to‗lash, ishlab
chiqarishda foydalanilayotgan asosiy vositalar amortizatsiyasi xarajatlari.
Bilvosita xarajatlar - ma‘muriy-boshqaruv xarajatlari, boshqaruv
asbob-uskunalarini saqlash va foydalanish xarajatlari kabi mahsulotlar ishlab
chiqarish bilan bog‗liq bo‗lmagan xarajatlar.
Buyurtmali usul - qabul qilingan buyurtmalarga sarflangan xarajatlarni
umumlashtiruvchi, murakkab, alohida va tajriba ishlarini bajarishda
qo‗llaniladigan tannarx hisoblash usuli.
Budjetlashtirish
-
korxonaning
ma‘lum davrga mo‗ljallangan
moliyaviy-xo‗jalik faoliyatini rejalashtirish.
Biznes segmenti - korxonaning muayyan qismini yoki nisbatan mustaqil
bo‗linmasini ma‘lum vakolatlar va mas‘uliyat berish maqsadida ajratish.
Biznes tarkibini o‗zgartirish bo‗yicha qarorlar - korxonaning
tanlagan rivojlanish strategiyasiga muvofiq uning tashkiliy tuzilmasini
mukammallashtirish, ishlab chiqarishni markazlashmagan holda boshqarish
imkonini beruvchi boshqaruv qarorlari.
Geografik segment - muayyan iqtisodiy muhitda tovarlar va xizmatlar
ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi, risk va foyda kabi iqtisodiy shart-sharoitlar
ta‘sirida, ma‘lum makonda harakat qiluvchi ajratib qo‗yilgan komponent.
Do'stlaringiz bilan baham: |