270
Javobgarlikning asosiy markazlari - bevosita mahsulot ishlab
chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‗rsatish bilan shug‗ullanuvchi markaz
turi.
Javobgarlikning yordamchi markazlari - javobgarlikning asosiy
markazlariga ko‗maklashish uchun tashkil etiladigan markaz turi.
Jarayonli usul - jarayonli (metallurgiya, to‗qimachilik kabi) ishlab
chiqarishlarda xarajatlarni hisobga oluvchi tannarx aniqlash usuli.
«JIT» hisob tizimi - mahsulotlarni
yirik turkumlarda ishlab
chiqarishdan voz kechish, buning o‗rniga uzluksiz, buyurtma olingan vaqtdan
boshlab mahsulot ishlab chiqarish orqali ortiqcha xarajatlarni bartaraf qilish va
korxonaning ishlab chiqarish quvvatlaridan unumli foydalanishga imkon
beruvchi hisob yuritish tizimi.
Zararsizlik nuqtasi - korxona daromadlari uning xarajatlarini to‗liq
qoplaydigan nuqta.
Ishlab chiqarish hisobi - ishlab chiqarish xarajatlari va korxona
daromadini boshqarish, ishlab chiqarish rentabelligini oshirish imkoniyatlarini
aniqlab beruvchi hisob turi.
Do'stlaringiz bilan baham: