O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich


 Javobgarlik markazlari bo‘yicha xarajatlar hisobini tashkil etish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/169
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831721
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   169
Bog'liq
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06

2.4. Javobgarlik markazlari bo‘yicha xarajatlar hisobini tashkil etish 
Javobgarlik markazlari - bu boshqaruv hisobi tizimida muhim ob‘ekt 
hisoblanib, boshqaruv xodimlari faoliyatini tashkil etishga yo‘naltirilgan yangi 
psixologik talo‘indir. Uning asosiy maqsadi nazoratdan ko‘ra ko‘proq o‘zini 
boshqarishda boshqaruv xodimlariga yordam berishdir. 
Xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarda javobgarlik markazlari bo‘yicha hisobni 
tashkil etishning asosiy maqsadi faoliyat xarajatlari va daromadlari haqidagi 
ma‘lumotlarni alohida-alohida umumlashtirish hamda ular bo‘yicha mavjud 
chetlanishlarni bo‘linmalar zimmasiga yuklashdan iborat. 
Boshqarish nuqtai-nazaridan korxonaning javobgarlik markazlariga 
bo‘linishi quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak:

javobgarlik markazlari korxonaning ishlab chiqarish va tashkiliy 
tuzilmasi bilan bog‘langan bo‘lishi; 

javobgarlik markazlarida faoliyat hajmini aniqlash, xarajatlarni 
hisoblash va ularni taqsimlash uchun asos vaziôasini bajarishi; 

har bir javobgarlik markazi menejerlarining vakolatlari va javobgarligi 
aniq belgilanishi zarur. Menejer faqat o‘zi nazorat qila oladigan ko‘rsatkichlar 
uchun javob beradi; 

har bir javobgarlik markazi uchun ichki hisobot shakllarini 
o‘rnatilishi; 


39 

javobgarlik markazlari menejerlari o‘tgan davr uchun markaz faoliyati 
tahlilini o‘tkazishda va kelgusi davrga rejalar (byudjetlar) tuzishda faol ishtirok 
etishlari lozim. 
Shuningdek, korxonani javobgarlik markazlariga bo‘lishda tegishli 
markazlar rahbarlarining e‘tirozlariga ta‘sir qila oladigan ijtimoiy-psixologik 
omillarni hisobga olish lozim.
Boshqaruv hisobida korxona faoliyatini javobgarlik markazlariga bo‘lib 
tashkil etish tarmoq xususiyatlari, ishlab chiqarish jarayoni texnologiyasi va uni 
tashkil etilishi, dastlabki materiallar, ishlab chiqariladigan mahsulotlar tarkibi
texnik jihozlanish darajasi va boshqa omillarga bog‘liq.
Korxonani tashkiliy tuzilma doirasida boshqarishni tashkil etishning 
chiziqli, funktsional, chiziqli-funktsional va matritsali shakllarini ajratib 
ko‘rsatish mumkin. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling