O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/169
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831721
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   169
Bog'liq
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06

Ish vaqtidan ortiqcha vaqt – bu mehnat qonunida belgilangan ish vaqtidan 
ortiqcha ma‘lum davr bo‘lib, unga odatda ustama sifatida haq to‘lanadi. 
Asosiy ishchilar uchun ortiqcha vaqt quyidagi sabablar bilan zarur bo‘ladi:
1)ishlab chiqarish jarayonida to‘la ishlanmagan vaqtni to‘ldirish;
2)dastlab rejalashtirilgan mahsulot miqdorini ko‘paytirish. 
Bartaraf etish imkoni bo‘lgan ortiqcha ish vaqti xarajatlarini odatda shu 
davridagi foydalar va zararlar schetiga o‘tkazib, hisobdan chiqariladi. Muqarrar 
yoki zaruriy ish vaqtidan ortiqcha ishlar qiymati uni umum ishlab chiqarish 
xarajatlari schetiga o‘tkazish yo‘li bilan mahsulot tannarxiga qo‘shiladi. 
Mukofot haqi asosiy xodimlarga va yordamchi ishlab chiqarish xodimlariga 
yuqori ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari uchun to‘lanadi, unga oddiy ishlab chiqarish 
xarajati deb qaraladi va mahsulot tannarxiga kiritiladi (umum ishlab chiqarish 
xarajatlariga kirtish yo‘li bilan). Noishlab chiqarish xodimlariga to‘langan
rag‘batlantirish mukofotlari shu davrdagi foyda va zararlar schetiga o‘tkaziladi. 
5.3. Mehnatga haq to‘lash shakllari 
Mehnatga haq to‘lashning quyidagi shakllari mavjud: 

Mehnatga haq to‘lashning vaqtbay tizimi, 

Mehnatga haq to‘lashning ishbay tizimi 

Mehnatga haq to‘lashning vaqtbay mukofot tizimi 

Mehnatga xaq to‘lashning ishbay kafolatlangan tizimi 
Vaqtbay haq ishlab chiqarilgan mahsulot xajmidan qat‘iy nazar, belgilab 


69 
qo‘yilgan soatbay, har kunlik yoki har haftalik haq me‘yori asosida to‘lanishini 
bildiradi. 
Mehnatga haq to‘lashning vaqtbay tizimi – bu mehnatga haq to‘lashning 
ish haqini ishlangan vaqt miqdori va ish vaqti birligiga ta‘rif stavkasiga qarab 
hisob qilishni ko‘zda tutadi. 
Vaqtbay mukofot shakli mehnatga vaqtbay haq to‘lashning bir ko‘rinishidir. 
Mehnatga haq to‘lashning bu tizimi soatbay asosida hisoblangan asosiy ish haqiga 
sifat va miqdor ko‘rsatkichlari: ishlab chiqarish me‘yoridan mahsulot ishlab 
chiqargani, brakning yo‘qligi va boshqalar uchun qo‘shimcha mukofot hisoblashni 
nazarda tutadi. 
Mehnatga ishbay haq to‘lashda ish haqi miqdori belgilangan narxlarga 
muvofiq tayyorlangan mahsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat) miqdoriga 
bog‘liq bo‘ladi. 
Tabaqalashtirilgan ishbay shakli mehnatga haq to‘lashning ishbay shaklining 
bir ko‘rinishidir. Bu mahsulotning dastlabki birliklari uchun past narx va keyingi 
birliklariga yuqori narx belgilangan deyarli jarima tizimidir.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling