O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/169
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831721
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   169
Bog'liq
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06

yoki bilvosita mehnat deyiladi. Bu xarajatlar ishlab chiqarishning ustama 
xarajatlariga qo‘shiladi va so‘ngra joriy davr oxirida mahsulotga tegishli stavka 
bo‘yicha taqsimlanadi. Bilvosita mehnatga tsex boshliqlari, brigadirlar, muhandis 
xodimlar, qorovullar, tsex farroshlari mehnati kiradi. Noishlab chiqarish 
xodimlarining, ya‘ni mahsulotni sotish bilan shug‘ullanadigan xodimlarning ish 
haqi va ma‘muriy boshqaruv xodimlarining ish haqi hisobot davridagi sarflar 
sifatida hisobga olinadi (davr xarajatlarida) va bunday xarajatlar vujudga kelishiga 
qarab foyda va zararlar schetiga hisobdan chiqariladi. 
Bekor turish vaqtini, ish vaqtidan tashqari ishlash vaqtini va mukofotlarni 
hisobga olish 
Band bo‘lmagan ish vaqti yoki bekor turgan vaqt – bu unumsiz, lekin haq 
to‘lanadigan vaqtdir. 
Bartaraf etiladigan bekor turish rejalashtirish yaxshilanganda xoli bo‘lish 
mumkin bo‘lgan vaziyat oqibatida vujudga keladi. Bunday bekor turish bo‘yicha 
sarflar mahsulot tannarxiga kiritilmasligi, balki foydalar va zararlar schetiga hisobdan 
chiqarilishi kerak. 
Bartaraf etsa bo‘ladigan asosiy bekor turish hollari quyidagilardir
9

• Ishlab chiqarish jarayonining to‘xtab qolishi (uskunalarning sinishi, 
materiallarning etishmasligi, ishni yaxshi rejalay olmaslik); 
• Boshqaruv qarorlari (buyumlarning texnik xususiyatini o‘zgartirish, 
9
Management Accounting for Business Decisions, 2
nd
 Edition, by Colin Drury, 2012 р.190 


68 
omborda materiallarning yo‘qligi, rejalarning o‘zgarishi). 
Muqarrar bekor turish korxonaning nazorat qilib bo‘lmaydigan yoki 
muqarrar xarajatidir. U odatdagi ish sharoitidan yoki tashqi omillardan, choy 
ichishga tanaffusdan, to‘satdan mahsulotga talabning kamayishi, ishlab chiqarish 
uchun asosiy xom-ashyo etkazib beruvchida boshlang‘ich ish tashlashdan kelib 
chiqadi. 
Bunga mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga qo‘shiladigan (ularni umumiy 
ishlab chiqarish sarflari schetida aks ettirish yo‘li bilan) xarajatlarning bir qismi 
sifatida qarash mumkin. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling