O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich


 Ustama xarajatlarni taqsimlashning amaliy va rejali stavkalari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet46/169
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831721
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   169
Bog'liq
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06

6.3. Ustama xarajatlarni taqsimlashning amaliy va rejali stavkalari 
Ustama xarajatlarni amaldagi miqdoriga asoslanib taqsimlash stavkasini 
hisoblash ko‘pincha bir qancha muammoni keltirib chiqaradi: 
• buyurtmalarning tannarxini hisoblash hisobot davri tugaguncha 
kechiktirilishi lozim, chunki ustama xarajatlar va ishlab chiqarish hajmini bundan 
12
Management Accounting for Business Decisions, 2
nd
 Edition, by Colin Drury, 2012 р.264


75 
oldin hisoblab bo‘lmaydi; 
ustama xarajatlar ham, ishlab chiqarish faoliyati ham oy sayin o‘zgaradi 
va ustama xarajatlarni taqsimlash stavkalarining ko‘p darajada o‘zgarishiga olib 
keladi. 
Ishlab chiqarish ustama xarajatlarini taqsimlashning reja stavkasini hisoblash 
quyidagi harakatlarni o‘z ichiga oladi
13

1. Ustama xarajatlar prognoz miqdorini hisoblash 
2. Ustama xarajatlarni taqsimlash bazasini tanlash 
3. Kelgusi davr uchun prognoz qilingan ustama xarajatlar miqdorini 
bazaning prognoz miqdoriga ajratish 
4. Ushbu stavkadan foydalanib, ustama xarajatlarni mahsulotning har bir 
turiga o‘tkazish. 
Reja stavkasini hisoblash uchun foydalaniladigan prognoz ma‘lumotlari 
amalda haqiqiy ma‘lumotlarga mos kelmaydi. Bunday holatda mahsulot tannarxiga 
o‘tkazilgan ustama xarajatlar haqiqatda qilingan ustama xarajatlar summasidan 
farq qiladi, bu esa ustama xarajatlarning to‘la taqsimlanmasligiga olib keladi 
yoki ustama xarajatlarning ortiqcha taqsimlanishiga sabab bo’ladi: 
To‘la taqsimlanmagan ustama xarajatlarni yoki ortiqchasi bilan 
taqsimlangan ustama xarajatlarni ikki usul bilan hisobdan chiqarish mumkin: 
1. Tuzatish kiritilgan (korrektirovka) summasi "Realizatsiya qilingan 
mahsulot tannarxi" schetiga o‘tkazish orqali. 
2. Tuzatish kiritilgan (korrektirovka) summani uchta "Tugallanmagan ishlab 
chiqarish", "Tayyor mahsulot" va "Sotilgan mahsulot tannarxi" schetlari qoldig‘iga 
mutanosib taqsimlash orqali. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling