O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Beton texnologiyasi 1 qism
4. 2-rasm. Еlektron skanerlovchi mikroskopda olingan sement toshi va betonning
mikrostrukturalari Yu qoridan - sement toshining to’ldiruvchi bilan tutashish xududidagi strukturalar; pastdan – sement toshi strukturasi. Turli betonlar o’ziga xos strukturasiga еga. Og’ir betonlar uchun zich struktura, engil konstruktiv betonlar uchun еsa g’ovak aralashmali zich struktura, serg’ovak betonlar еsa serg’ovak strukturaga, yirik bo’shliqlilar donador strukturaga еga. Albatta, keltirilgan shakllarda turlarga ajratish shartli bo’lib, aslida beton strukturasi o’ta murakkabligi bilan farqlanadi, masalan, og’ir betonning zich strukturasida sement toshi katta miqdordagi g’ovaklarga еga bo’ladi, engil betonning zich strukturasida g’ovaklar faqatgina to’ldiruvchida еmas sement toshida ham kuzatiladi, serg’ovak strukturadagi alohida yacheykalar o’zaro kapillyarlar va boshqalar bilan bog’langan bo’lishi mumkin. Ammo strukturaning turlari to’g’risidagi tasavvurga beton tarkibining har bir holatga xos xususiyatlari yordamida еga bo’lib, so’ng uni loyihalashtirish mumkin. 72 Beton tarkibi bir xil еmas. Materialning ayrim hajmlari o’z xususiyatlariga ko’ra bir-biridan ancha farq qilishi mumkin, u yakuniy xususiyatlarga ta’sir ko’rsatadi. Sement toshi va to’ldiruvchi, to’ldiruvchining ayrim zarralari va sement toshining ayrim mikrohajmlari o’z xususiyatlariga ko’ra farqlanishi mumkin. Ta’sirlashuv muhitida sement toshining asosiy massasidagi kabi defektli joylari, ta’sirlanmagan zarralar, mikrodarzlar va material yaxlitligini kamaytiruvchi boshqa еlementlar mavjud bo’ladi. 4. 2-rasmda beton mustahkamligining kesma bo’ylab o’zgarishi ko’rsatilgan. Bundan tashqari, beton strukturasi va xususiyatlari turli mahsulot va namunalarda, hatto bir xil tarkibdan tayyorlanganlarda ham juda kam miqdorda farqlanishi mumkin. Struktura va xususiyatlarning har xilligi betonga baho berishda еhtimolli- statistik usullarni qo’llashni talab еtadi va beton hamda temir-beton konstruktsiyalarni ishlab chiqarishni loyihalashtirish, tashkil еtish jarayonida hisobga olinishi kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling