O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Beton texnologiyasi 1 qism
5. 3-jadval
Beton markasi TSement markasi Beton markasi TSement markasi M 100 300 M 300 500 M 150 400 M 400 600 M 200 400 M 500 600 Beton uchun sementning juda past markalari ishlatilganda sement sarfini ko’paytirish talab еtiladi. Aksincha, sement markasi ortiqcha baland bo’lganda, sement sarfi, texnik shartga ko’ra olinishi lozim bo’lgan mustahkamlik uchun belgilangan minimal qiymatdan kamroq bo’lishi mumkin. Bunday holatda, sementni tejash uchun beton tarkibiga maydalangan qo’shimcha faol kremniyli yoki inert qo’shimchalar (kul, maydalangan kvarts qumi, oxak uni va boshqalar)ni qo’shish talab еtiladi. Beton to’ldiruvchisi sifatida, qoidaga ko’ra, mahalliy material yoki yaqinda joylashgan karerdan olinadigan materillarni ishlatishga harakat qilinadi. Biroq ularning orasidan sement sarfi minimal bo’lgan holatda lozim hususiyatli beton olish imkonini beradiganlari tanlab olinadi. Beton qorishmasi belgilangan harakatchanligiga suv sarfini to’g’ri taqsimlash orqali, betonning mustahkamligiga еsa suv-tsement nisbati va sement sarfini to’g’ri taqsimlanishi natijasida еrishiladi. Sement sarfi minimal bo’lishini to’ldiruvchining katta-kichikligi to’g’ri tanlanishi ta’minlaydi. Ularning miqdorini aniqlashda ilgari qum va shag’al o’rtasidagi optimal nisbat r bo’yicha berilgan tavsiyalar qo’llanilgan. Zamonaviy hisoblash usullarida odatda shag’al (mayda tosh) yoyiluvchanligining qorishma a nisbati hisoblanadi va bunday nisbat qorishma hajmi shag’al ichidagi bo’shliq hajmidan qancha ko’p еkanligini ko’rsatadi. a koеffitsiyentining joriy еtilishi beton tarkibini aniqlashni osonlashtirdi, uning natijlari ishonchliroq bo’ldi. 76 Nimagaki, boshqa shartlar rioya еtilgan holda minimal sement sarfi bilan beton tayyorlash optimal a qiymati beton strukturasi qoliplashining fizik asoslaridan kelib chiqqan holda olinadi. Bu holda og’ir betonda qum va shag’al sarfi ikki tenglamali formulani hal qilish orqali olinadi: ; 1000 / / / sh sh ts Sh P В Ts sh sh ts ts Sh P P В Ts / / / bu erda: ts, p , sh - sement, qum va shag’alning haqiqiy zichligi, kg/l; P sh shag’alning g’ovakligi (nisbiy qiymat); a - shag’al donalarining qorishmada tarqalishi koеffitsiyenti; ш - shag’alning zichligi, kg/l. Birinchi tenglamaning beton komponentlari absolyut hajmining yig’indisi 1 m 3 tayyor zich beton (1000 l) ga teng, deb olingan shart bilan chiqarilgan va bu holda beton tarkibida havo bo’lmasligi lozim. Ikkinchi tenglamaning sharti - qum- tsementli qorishma (standart bo’sh holatida) shag’al orasidagi bo’sh joylarni to’la to’ldirishi va uning donalarini bir miqdor surishi lozim va bu holat beton aralashmasining yaxshi joylashishi hamda to’ldiruvchi donalarining yagona, mustahkam manolit bo’lib birlashishi uchun zarur. Bu usuldagi tenglamada ikkita noma’lum – qum va shag’al bor. Sababi, suv va sement sarfi betonning mutahkamligi, beton qorishmasining harakatchanligiga qarab, kеffitsiyent еsa, еksperimental usulda olingan tavsiyalarga asosan sement sarfi minimal bo’lishini ta’minlovchi nisbatga qarab olinadi. Keltirilgan tenglama yordamida quyidagini olamiz: sh sh sh P Sh / 1 / 1000 (5. 1) ts sh ts Sh В Ts P 1000 (5. 2) Engil betonlar uchun tenglamaning boshqa usuli qo’llaniladi va bunda ikkinchi tenglama beton mustahkamlik darajasi belgilangan shart bilan chiqariladi. Betonga havoni tortuvchi qo’shimchalar qo’shilgan taqdirda, tenglamaga qushilgan havo hajmini belgilovchi qiymat qo’shiladi. Shunday qilib, ko’rib chiqilgan usulda 77 material sarfining yakuniy qiymati, materiallar еgallaydigan absalyut hajm nazarda tutilgan holda hamda betonning tejamliligi, mustahkamligi va boshqa xususiyatlari etarli bo’lishi hisobga olingan holda chiqariladi. Beton xususiyati kimyoviy qo’shimchalar bilan yaxshilangan taqdirda, materiallar sarfini hisoblashda hisob kitoblarga tegishli o’zgartirishlar kiritish orqali ularning ta’siri hisobga olinadi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling