O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo‐texnologiya instituti “menejment va kasb ta’limi” fakul’teti


Download 5.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/26
Sana07.07.2020
Hajmi5.13 Mb.
#99362
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26

 
(8-ilova) 
Mavzu bo‘yicha foydalanilgan adabiyotlar. 
1. Theodore  hough  and  William  T.  Sedgwick  -  The  human  mechanism  its 
physiology  and  hygiene  and  the  sanitation  of  its  surroundings-  Ginn  and  company 
proprietors Boston U.S.A.-2010, 612 p  
2. Maxmudov E. “O‘smirlar fiziologiyasi”. O‘quv qoʻllanma. Toshkent. 1985 y. 
3.  Sodiqov Q., Aripov S.X., SHaxmurova G.A. “Yosh fiziologiyasi va gigienasi”. 
Darslik. Toshkent. “YAngi asr avlodi”. 2009 y. 
4.  Sodiqov  Q.S.  “O‘quvchilar  fiziologiyasi  va  gigienasi”  Toshkent.  “O‘qituvchi”. 
1992 y. 
5.  Xripkova A.G., Antropova M.V., Farber D.A. “Yosh fiziologiyasi va gigienasi”.  
M. Prosveshenie. 1990 g. 
6.  Aminov  B.,  Tilovov  T.  “Odam  va  uning  salomatligi”.  O‘quv  qoʻllanma. 
Toshkent. 1995. 
7.  Antropova M.V. “Bolalar va o‘smirlar gigienasi”. M.Meditsina. 2002 y. 
8.  Internet sayti: www.ziyo.net.uz 
9.  Internet sayti: www.FIZIOLOGIYA.ru  
  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

154 
 
1.1. Ma’ruza olib borish texnologiyasi 
O’quv soati: 2 soat 
Talabalar soni: 26 ta 
O’quv mashg‘ulot shakli 
Axborotli, vizual ma’ruza 
Ma’ruza rejasi 
1.  Muskullar  va  ularning  funksiyasi 
hamda ishlashi. 
2.  Muskullarning  charchashi,  uni 
oldini olish va rivojlanishida jismoniy 
tarbiya va mehnatning roli. 
3.  Muskullar  faoliyati  va  turli  foydali 
mashqlar  bajarish.  Charchash  holatini 
bartaraf etish yo’llari. 
4. Qad-qomatning shakllanishi. 
O’quv mashg‘ulotining maqsadi: 
Muskullar 
va 
ularning 
funksiyasi 
haqida 
tushuncha 
berish.  
Muskullarning  charchashi,  uni  oldini  olish  va  rivojlanishida  jismoniy 
tarbiya  va  mehnatning  rolini  ochib  berish.  Qad-qomati  normal  shakllanishi 
uchun gigiyena qoidalariga 
rioya qilish kerakligini uqtirish.
 
Pedagogik vazifalar 
O‘quv faoliyati natijalari 

  Interfaol  metodlarni  qo‘llagan 
holda o‘quv jarayonini tashkil etish; 

  Muskullar 
va 
ularning 
funksiyasi 
hamda 
ishlashini 
tushuntirish; 

  Muskullarning 
charchashi, 
uni  oldini  olish  va  rivojlanishida 
jismoniy  tarbiya  va  mehnatning 
roli yoritish

  Muskullar  faoliyati  va  turli 
foydali 
mashqlar 
bajarish. 
Charchash  holatini  bartaraf  etish 
yo’llarini ochib berish; 

  Qad-qomatning  shakllanishi 
haqida ma’lumot berish. 

  Muskullar 
va 
ularning 
funksiyasi  hamda  ishlashini  tushunib 
oladilar; 

   Muskullarning  charchashi,  uni 
oldini olish va rivojlanishida jismoniy 
tarbiya  va  mehnatning  roli  haqida 
tushunib oladilar; 

  Muskullar  faoliyati  va  turli 
foydali  mashqlar  bajarish.  Charchash 
holatini  bartaraf  etish  yo’llarini  bilib 
oladilar; 

  Qad-qomatning 
shakllanishi 
haqida ma’lumotga ega bo’ladilar. 
 
O‘qitish usullari 
Axborotli ma’ruza, “Sinkveyn” usuli 
O‘qitish vositalari 
Darslik, 
ma’ruza matni, kompyuter 
slaydlari, doska 
O‘qitish shakllari 
Jamoada ishlash 
O‘qitish shart-sharoiti 
Texnik  vositalar bilan ta’minlangan o‘quv 
xonasi 
Monitoring va baholash Og‘zaki 
nazorat, savol-javob  
 
 
 
 
 
14 – MAVZU: 
 
MUSKULLAR VA ULARNING FUNKSIYASI 

155 
 
1.2. Muskullar va ularning funksiyasi mavzusining texnologik xaritasi  
 
Ish bosqichlari 
 
O’qituvchi faoliyatining mazmuni 
Tinglovchi 
faoliyatining 
mazmuni 
I-bosqich. 
Mavzuga 
kirish. 
(10 minut) 
1.1. O’quv kursi bo’yicha ma’lumot beradi, 
o’quv kursi strukturasi bilan tanishtiradi  
1.2.  O’quv  kursi  bo’yicha  baholash 
mezonlari bilan tanishtiradi 
Tinglaydilar 
Tinglaydilar 
II-bosqich. 
Asosiy qism 
(55 minut) 
 
2.1.  Ma’ruza rejasi bilan tanishtiradi   
(1-ilova) 
2.2. Tayanch tushunchalar bilan tanishtiradi 
(4-ilova) 
2.3.  Mavzuning  mazmun-mohiyatini  reja 
asosida  tartib  bilan  tigishli  rasmlar  asosida 
ochib beradi (2-ilova) 
Tinglaydilar va rejani 
yozib oladilar 
Tayanch tushunchalar 
yozib oladilar 
Tinglaydilar va asosiy 
ma’lumotlarni 
konspekt daftarlariga  
yozib oladilar 
III-bosqich. 
Yakuniy qism 
(15 minut) 
3.1.Mavzu 
bo’yicha 
bilimlarni 
mustahkamlash  uchun  savollar  beradi  (5-
ilova) 
3.2.    Guruhdagi  talabalar  bilimini  sinash 
maqsadida 
“Suyak” 
va 
“Muskul” 
tushunchalariga  “Sinkveyn”  tuzib  kelish 
vazifasini topshiradi (3-ilova) 
3.3. 
Mavzu 
bo‘yicha 
foydalanilgan 
adabiyotlar ro’yxati bilan tanishtiradi   
Savollarga javob 
beradilar 
Uyga berilgan 
topshiriqni yozib 
oladilar  
 
Adabiyotlar ro’yxatini 
yozib oladilar 
(1-ilova) 
REJA: 
1. Muskullar va ularning funksiyasi hamda ishlashi. 
2. Muskullarning charchashi, uni oldini olish va rivojlanishida jismoniy tarbiya va 
mehnatning roli. 
3. Muskullar faoliyati va turli foydali mashqlar bajarish. Charchash holatini bartaraf 
etish yo’llari. 
4. Qad-qomatning shakllanishi. 
(2-ilova) 
1. Muskullar va ularning funksiyasi hamda ishlashi. 
Odamning harakatlari juda xilma-xil va turli maqsadga qaratilgan bo‘lib, bola o‘sib 
ulg‘aygan sari bu harakatlar rivojlanib, tobora mukammallashib boradi.  
Tayanch-harakat sistemasi uch qismdan: suyak, muskul va nerv sistemasidan iborat. 
Tayanch-harakat  apparati  tizimiga  skelet  va  skelet  muskullari  kiradi.  Skeletdagi 
suyaklar  va  boylam-bug‘imlar  passiv  harakat  organlari  bo‘ladi,  muskullar  esa  aktiv 
harakat organlari hisoblanadi. 
Odam  organizmida  600  yaqin  muskul  bor.  Organizmdagi  barcha  muskullar  ikki 
turga: silliq va ko‘ndalang targ‘il muskullarga bo‘linadi. 
Skeletni  qoplab  turgan  muskullar  ko‘ndalang  targ‘il  muskullar  deb  ataladi.  Ularga 
qoʻl,  oyoq,  gavda,  nafas  olish  muskullari  kiradi.  Ular  tez  qisqaradi.  Organizmdagi 
muskullarning  qisqaruvchi  qismi  tanasi  va  passiv  qismi-paylari  bor.  Skelet  muskullari 
shakliga qarab uzun, kalta, serbar bo‘ladi. Uzun muskullar duk shaklida bo‘lib, qoʻl va 

156 
 
oyokda  joylashgan.  Serbar  muskullar  tanada  joylashgan.  Skelet  muskullari  organizmga 
maʻlum shakl berib turadi. 
 
Muskullar  harakatini  taʻminlovchi  nerv  hujayralari  motoneyron  deyiladi.  Ular 
harakatlanuvchi nerv hujayralari bo‘lib, orqa miyada hamda bosh miyaning uzunchoq va 
o‘rta miya qismlarida joylashgan. Miya markazlaridagi motoneyronlarning uzun tolalari, 
yaʻni  aksonlari  tananing  turli  qismlaridagi  muskul  tolalari  bilan  tutashadi.  Bitta  nerv 
xujayrasining uzun o‘simtasi bir nechta mayda tolalarga bo‘linib, yuzlab muskul tolalari 
bilan bog‘langan. YAna bitta shu nerv hujayrasi uzun o‘simtasining mayda tolalari bilan 
tutashgan yuzlab muskul tolalarining jami nerv-muskul harakat birligi deb ataladi. 
Muskullar harakatini taʻminlovchi motoneyronlarning orqa miya, uzunchoq va o‘rta 
miyadagi markazlarining funksiyasi bosh miya yarim sharlari po‘stloq qismining oldingi 
markaziy  etagida  joylashgan,  nerv  hujayralari  harakatlanishi  oliy  nerv  markazlari 
tomonidan boshqariladi. Agar bosh miya po‘stlog‘idagi nerv markazlarining ishi buzilsa, 
u  markaz  boshqaradigan  muskullarda  markaziy  shol  yuzaga  keladi.  Bunda  ularning 
tarangligi  ortadi,  shol  bo‘lgan  qoʻl-oyoq    tarashadek  qotib  qoladi.  Bu  bosh  miya 
shikastlanganda  yoki  miyaga  qon  quyilganda  yuzaga  keladi.  Orqa  miyada  joylashgan 
nerv  markazlarining  ishi  buzilganda,  ular  boshqaradigan  muskullarda  periferik  shol 
yuzaga  keladi.  Bunda  ularning  tonusi  pasayib,  shol  bo‘lgan  qoʻl  yoki  oyoq  ishlamay 
qoladi. 
Muskullarning rivojlanishi. 
Muskullar  hayvonot  olamining  taraqqiyoti  jarayonida  tabaqalana  borib,  sut 
emizuvchi hayvonlarda ancha rivojlangan. Odam embrionida muskullar mezodermaning 
orqa-chetki  qismidagi  somitlardan  hosil.  Boʻlib  bunda  avval  hayot  uchun  eng  zarur 
muskullar:  til,  lab,  diafragma,  qovurg'alararo,  so'ngra  qoʻl,  gavda  va  oyoq  muskullari 
rivojlanadi. 
Bola  tugʻilganda  barcha  muskullari  mayda  va  rivojlanmagan  boʻladi.  Ular 
bolaning  hayoti  davomida  rivojlana  borib,25  Yoshda  to'liq  shakllanadi.  Muskullarning 
rivojlanishi  skeletning  taraqqiy  etishiga  va  bola  qad-qomatining  shakllanishiga  sabab 
bo'ladi. Yangi tug'ilgan bola muskullarining vazni tanasi vaznining 23,3% ni, 8 Yoshda-
27,2%ni, 12 Yoshda- 29,4%ni 15 Yoshda-32,6%ni, 18Yoshda-44,2%ni tashkil etadi. Bir 
Yoshda  yelka  kamari,  qoʻl  muskullari  yaxshi  rivojlangan  bo'ladi.  Bola  yura  boshlashi 
bilan  orqadagi  uzun  muskullar,  dumba  muskullari  tez  o'sadi,6-7  Yoshdan  boshlab  qoʻl 
panjasining  muskullari  tez  rivojlanadi.Bolalarda  bukuvchi  muskullarning  tarangligi 
yuqoriroq  bo'lib,yozuvchi  muskullariga  nisbatan  tez  rivojlanadi.12-16  Yoshda  yurish-
turish  uchun  zarur  muskullar  rivojlanadi.  Yosh  ortib  borishi  bilan  muskullarning 
ximyaviy  tarkibi,  tuzilishi  ham  o'zgaradi.  Bolalar  muskulda  suv  ko'p 

157 
 
bo'ladi.Muskullarning  rvojlanishi  bilan  ulardagi  qon  tomirlar  va  nerv  tomirlari  soni 
ortadi.  Umuman,  katta  odamlarda  50Yoshdan  boshlab  muskullar  sust  rivojlanadi. 
Keksayganda vazni 15-20% kamayadi. 
Odam  organizmida  600  ga  yaqin  muskullar  bo`lib,  katta  yoshli  odam  tanasining 
45-50  %  ni  tashkil  etadi.  Suyaklarni  harakatga  kеltiruvchi  organlar  muskullar  bo`lib, 
ularni  qisqarishi  tufayli  odamnnig  barcha  harakatlari,  mеhnat  faoliyati,  yurishi,  turishi, 
nutq nafas olishi va boshqa fiziologik funktsiyalar amalga oshadi. Bundan tashqari, ichki 
organlarning  faoliyati  skelet  muskullarining  funksional  holatiga  reflektor  ravishda  ta'sir 
etadi. 
Muskullar harakatlanish organi bo'lib, nerv tolalari va biriktiruvchi to'qimalardan 
tuzilgan. Muskul to'qimasi hujayralardan tashkil topgan, hujayraning ichidagi qisqaruvchi 
tolalar  miofibrillar  deb  ataladi.  Muskul  to'qimasining  tuzilishi  va  funksiyasiga  ko'ra 
ko'ndalang-yo'lli  va  silliq  muskullar  bo'ladi.  Ko'ndalang-yo'lli  muskullar,  asosan  skelet 
muskullari bo'lib, silliq tolali muskullar ichki organlar, qon tomirlar devorida uchraydi. 
Muskul-muskul  tolalari  yig'indisidan  iborat  bo'lib,  bu  tolalar  biriktiruvchi  to'qima 
yordamida  o'zaro  birikkan.  Muskul  tashqi  tomondan  ham  biriktiruvchi  to'qima  bilan 
o'ralgan. 
 
 
Skеlеtning umumiy ko`rinishi 
 
 
Odam skeletining umumiy ko`rinishi: 
1-bosh suyagi; 2-to`sh suyagi; 3-qovurg`a 
raboqlari; 4-umurtqa pog`onasi; 5-nomsiz suyak; 6-
qov bitishmasi; 7-o`mrov suyagi; 8-kurak; 9-elka 
suyagi; 10-tirsak bo`g`imi; 11-bilak suyagi; 12-tirsak 
suyagi; 13-dumg`aza suyagi; 14-bilak kaft usti 
bo`g`imi; 15-chanoq-son bo`g`imi; 16-tizza bo`g`imi; 
17-boldir panja bo`g`imi; 18-son suyagi; 19-katta va 
kichik boldir. 
 
 
 
Suyaklarning asosiy vazifasi :organizmda 200 dan ortiq suyaklar bo`lib bulardan 
85 tasi juft, 36 toq  suyaklardir, ular quyidagi vazifalarni bajaradi: 

  himoya  

  tayanch  

  harakat 

  qon hosil qiluvchi 
Suyaklarning kimyoviy tarkibi  
Suyak  tarkibida 60 % ma'danli moddalar ( Sa, F, Mg)- qattiqlik xususiyatini 
bеradi; 30 % organik moddalar (ossеin) – qayish qoqlik  xususiyatini bеradi va 10 % suv 
bor. 

158 
 
Odamning tayanch-harakat sistemasi dеganda undagi skеlеt va skеlеt 
muskullaridan tashkil topgan majmua tushuniladi.
12
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
  еlka                                                                        chanoq    kalla         kurak 
                    tirsak bilak       son          katta  va kichik boldir                                            
kaft         barmoq                         kaft usti        tovon 
 
Muskullarning ishlashi. 
Odam  tanasining  harakatlari  maʻlum  muskullar  guruhining  ishlashi  natijasida 
ishlaydi.  Muskullar  maxsus  nerv  hujayralari  va  ularning  tolalari  bilan  tutashgan. 
Muskullarni harakatga keltiruvchi nerv hujayralari yaʻni motoneyronlarning har biri o‘z 
tolalari orqali o‘nlab va yuzlab muskul tolalari bilan tutashgan. Nerv tolasi muskul tolasi 
bilan  tutashadigan  joyda  yupqa  pardadan  iborat  maxsus  plastinkalar  bo‘lib,  ular  sinaps 
deyiladi. Motoneyron, uning tolasi va uning tutashgan muskul tolasi birgalikda muskul-
nerv  harakat  birligini  hosil  qiladi.  Motoneyron  qo‘zg‘alganda  uning  tolasi  ichidan 
kimyoviy  moddalar  (asetilxalin,  norodrenalin)  ajralib,  sinaps  bo‘shlig‘iga  o‘tadi.  Ular 
muskul tolasiga taʻsir etib, uni qo‘zg‘atadi, natijada muskul qisqaradi. Qisqargan muskul 
harakatlanadi va ish bajaradi. 
 
Muskulning  ishi  kilogrammometrlar  va  ergograf asbobida  bilan  o‘lchanadi,  yaʻni 
yuqori  ko‘tarilgan  yuk  og‘irligini  ko‘tarish  balandligiga  ko‘paytmasi  bilan  o‘lchanadi. 
Skelet  muskullarining  ishi  2  xil  bo‘ladi:  statik va dinamik.  Muskulning  statik  ishi 
natijasida  odam  tanasi  va  uning  ayrim  qismlari  maʻlum  vaqt  davomida  zarur  bo‘lgan 
vaziyatni  saqlaydi.  Muskullarning  uzoq  vaqt  qisqarmasdan  tura  olishi  statik ish   
                                                            
12
 
Theodore hough and William T. Sedgwick ‐ The human mechanism its physiology and hygiene and the 
sanitation of its surroundings‐ Ginn and company proprietors Boston U.S.A.‐2010, 612 p
 
Suyaklar 
Uzun  naysimon 
Aralash 
Yassi
Qisqa 

159 
 
hisoblanadi.  Masalan,  tik  turish,  qoʻlni  oldinga  ko‘tarish  kabilar.  Statik  ish  tanani 
harakatga keltirmaydi, balki uning yuqorida ko‘rsatilgan zarur vaziyatlarda maʻlum vaqt 
saqlanishini taʻminlaydi.  
Muskulning  dinamik ishi  natijasida  odam  tanasi  va  uning  ayrim  qismlari  har-xil 
harakatlarni bajaradi. Masalan, yurish, yugurish, sakrash, gapirish va hokazo. Muskullar 
statik  ishda  dinamik  ishga  nisbatan  kam  energiya  sarf  qiladi.  Dinamik  ishda  ko‘p 
znergiya  sarf  bo‘ladi,  modda  almashinuvi  ortadi.  Dinamik  ishda  muskullar  kamroq 
charchaydi. Statik ishda muskulga qon kelishi kamayadi, ovqatlanish susayadi.  
Muskul  ish  bajarganda,  undan  energiya  ajraladi  va  energiyaning  25-30%  ana  shu 
bajarilayotgan  ish  uchun  sarflanadi.  Qolgan  70-75%  issiqlik  energiyasi  sifatida  tana 
haroratining  doimiyligini  taʻminlash  uchun  sarflanadi,  ortiqcha  qismi  teri  va  nafas 
chiqarish  yo‘li  orqali  tashqariga  ajratiladi.  Bu  energiya  ovqat  tarkibidagi  oqsil,  yog‘, 
uglevodlarning  kislorod  bilan  oksidlanish  natijasida  hosil  bo‘ladi.  Bundan  tashqari 
muskullarda  zapas  holda  ATF,  KTF,  glikogen  kabi  energiya  beruvchi  moddalar  bo‘lib, 
muskul  ish  bajarganda,  ular  parchalanib  energiya  hosil  qiladi.  Jismoniy  mehnat 
qiluvchilar,  jismoniy  tarbiya  va  sport  bilan  muntazam  shug‘ullanuvchilar  muskullarida 
energiya manbai bo‘lgan ATF, KTF, kabi energiya beruvchi zapas miqdori ko‘p bo‘ladi. 
SHuning  uchun  bu  odamlar  jismoniy  mashq  bajarganda  tez  charchamaydi,  chunki 
yuqorida  ko‘rsatilgan  moddalar  parchalanib,  muskul  ishi  uchun  zarur  bo‘lgan  energiya 
bilan taʻminlaydi. 
Qoʻl  panjasi  muskullari  oyoq  muskullariga  qaraganda  vaqtliroq  rivojlanadi.  8 
yoshda  qoʻl  panjasi  muskullari  juda  tez  harakatlarni  bajara  boshlaydi.  Boʻgʻimlarda 
muskul  harakatlari  tezligi  12-13  yoshdan  ortadi.  Muskul  harakatlari  tezligining  ortib 
borishi  nerv  sistemasining  labilligiga,  qo'zg'alish  va  tormozlanish  jarayonlari 
almashinishning o'zaro aloqadorligiga va nerv jarayonlari harakatchanligiga bog'liq. 7-8 
yashar  bolalarda  muskullar  qisqa  muddat  ichida  nozik  harakatlarni  chaqon  bajara 
olmaydi.  Chaqqonlik  bolada  asta  sekin  hosil  bo'ladi  va  yosh  kattalashishi  bilan  ortib 
boradi. Aniq uyg'unlashgan nozik harakatlar qilish ko'nikma hosil boʻlishiga bog'liq. 
Jismoniy  mashqlar  harakat  tezligi  va  chaqqonlikni  orttiruvchi  omillardan 
hisoblanadi.  20-30  Yoshlarda  muskullar  qisqarishining  yashirin  davri  qisqaradi.  30 
Yoshdan  so'ng  uzayadi  va  harakat  tezligi  kamayadi.  Bolalarda  chaqqonlik 
rivojlanishining  3  bosqichi  kuzatiladi.Birinchi  bosqichi  harakatlarning    fazoda  aniq 
bo'lishi, ikkinchisi turli vaqtlarda bajarilgan harakatlarning aniqligi va uchinchisi harakat 
davomida tasodifiy harakatlarga javob tezligi bilan ifodalanadi. 
Yosh ulgʻaygan sayin chidamlilik ortib boradi, lekin u bir tekisda bo'lmaydi. 8-10 
yashar  qiz va  oʻgʻil  bolalarning chidamliligi  bir  xil bo'ladi.  12-15  yoshda  ayniqsa o'g'il 
bolalarda ortadi.14 yashar bolalarning chidamliligi katta odamnikiga nisbatan 70%ni,16 
yoshda 80%ni tashkil etadi. 
Shunday  qilib,  bolalarda  8  yoshdan  11-12  yoshgacha  yurish,  yugurish,  sakrash, 
uloqtirish va harakat sifatlari (tezkorlik,chaqqonlik, kuchlilik, chidamlilik) rivojlanishda 
davom  etadi.  12  yoshdan  16  yoshgacha  tik    turish  va  yurishni  ta'minlovchi  skelet 
muskullari ancha tez rivojlanadi. 14-16 yoshda muskullar bilan birga boʻgʻim, bogʻlam 
apparati rivojlanib boradi. 
 
2. Muskullarning charchashi, uni oldini olish va rivojlanishida jismoniy tarbiya 
va mehnatning roli. 

160 
 
Muskullarning  charchashi.  Faoliyatidan  so'ng  ish  qobiliyatining  vaqtincha 
pasayishiga aytiladi. Dam olishdan so'ng charchoqlik bosiladi. Bir guruh muskullarning 
charchashi ergografda tekshiriladi. 
Muskullar  ish  vaqtida  yoki  statik  vaziyatda  uzoq  qisqarib  turganda  yoki  birorta 
jismoniy  ish  bajarganda  charchaydi.Muskul  charchaganda  uning  qisqarishidagi  latent 
davr  uzayadi,  kuchi  susayadi,  ta’sirga  javob  reaksiyasi  tezligi  pasayadi,organizmning 
chidamliligi  kamayadi.  Bola  qancha  Yosh  bo'lsa,shuncha    tez  charchaydi,  Ayniqsa  bir 
turli  muskullar  tez  charchab  qoladi.Bolalar  harakatsiz  turganda  tezroq  charchaydi. 
Mehnat qobilyatining uzoq saqlanishida va charchoqlikning boshlanishda markaziy nerv 
sistemasi hal qiluvchi rol o'ynaydi.    
Adinomiya,  ya'ni  kamharakatlik  va  muskullarning  kam  harakatlanishi  ichki 
organlarning rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi. 6-7 yashar bolalar aniqlikni talab qiladigan 
qarshilikni  yengadigan  harakatlar  qilmaganidan  charchamaganga  o'xshaydi.  7-8  yashar 
bolalarning  mayda  muskullari  yetarlicha  uyg'un  qisqarmaydi,  aniq,  mayda,  nozik 
harakatlarni  juda  qiyinlik  bilan  bajaradi,  binobarin,  yozish,  rasm  chizishda,  nina  bilan 
ishlashda darrov charchab qoladi. 
Bunday  bolalar  katta  odamga  nisbatan  koʻp  harakat  qiladi,  lekin  kam  energiya 
sarflaydi.  7-12  yashar  bolalar  ham  harakatlari  uyg'unlashmaganidan  tez  charchaydi. 
Shuning uchun bu yoshdagi bolalar ko'pi bilan 40-45 minut jismoniy mashq qilishi kerak. 
11-12  yashar  bolalar  endi  jismoniy  kuch  va  chidamlilikni  talab  qiluvchi  harakatlarni 
bajara boshlaydi. 14 yashar bolalarning nerv sistemasi va harakat apparati organlari hali 
yetarli  rivojlanmagan  bo'ladi,  shu  tufayli  katta  odamga  nisbatan  2,5  marta,  16  yashar 
bolalar 2 marta tez charchaydi. 
Turli xil jismoniy mashg'ulotlarni olib borishda, maktab oldi uchastkasi va ishlab 
chiqarish  praktikasida  yuqoridagilarni  hisobga  olish  zarur.  Shuning  uchun  bolalar 
gimnastika bilan shug'ullanganda, mehnat qilganda tez-tez dam berish, ish su'ati va turini 
va bola o'z holatini o'zgartirib turishi kerak. 
Maʻlum  vaqt  davomida  ish  bajarish  natijasida  muskullar  charchaydi.  Muskullar 
charchashining sababi quyidagilardan iborat. 
Birinchidan:  uzoq  vaqt  davomida  qo‘zg‘alish  natijasida  miyaning  muskul  ishini 
boshqaradigan nerv hujayralari tormozlanish holatiga o‘tadi. 
Ikkinchidan: uzoq vaqt davom etadigan jismoniy ish natijasida muskul tolalaridagi 
ATF, KTF, glikogen moddalarining zapasi tugab, muskulning ishi uchun kerak bo‘lgan 
energiya tugaydi. 
Uchinchidan: qisqa vaqt davomida, ammo katta tezlikda bajariladigan ish jarayonida 
organizmda kislorod etishmay qoladi.  
Charchash yuzaga kelganda asta-sekin muskul tolalarining qisqarish kuchi kamaya 
boshlaydi va ular bora-bora bo‘shashib qisqara olmay qoladi. Buning natijasida harakat 
asta  sekin  susayib,  keyin  to‘xtaydi.  Baʻzida  charchagan  muskul  tolalari  qisqarib, 
bo‘shasha  olmay  qoladi,  bu  holat  muskullarning kontrakturasi  deyiladi.  Ayniqsa,  tez 
yugurgan vaqtda boldir muskullarida shunday holat vujudga keladi. 
Jismoniy  mehnat,  jismoniy  tarbiya  va  sport  bilan  muntazam  ravishda 
shug‘ullanuvchi  odam  organizmi  yaxshi  chiniqqan  bo‘ladi.  Shuning  uchun,  ularning 
muskullari  tez  charchamaydi.  Chiniqqan  kishining  muskullari  chiniqqanligi,  yaʻni 
rivojlanganligi  bilan  ularning  nerv-endokrin,  yurak  va  qon-tomir,  nafas  va  boshqa 
hayotiy  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  organlari  va  to‘qimalarining  ish  faoliyati  ham 
ortadi.  Shu  bilan  birga,  charchashning  tez  yoki  sekin  yuzaga  kelishi  odamning 

161 
 
kayfiyatiga  bog‘liq.  Agar  kayfiyat  yaxshi  bo‘lsa,  bajariladigan  ishga  qiziqsa  tez 
charchamaydi.  
O‘ta charchash organizmning kasallik holati hisoblanadi. Agar bir necha hafta va oy 
davomida  ish  surunkali  ravishda  davom  etaversa,  lekin  dam  olish  o‘z  vaqtida  va  etarli 
bo‘lmasa, nerv sistemasida hamda muskullarda charchash alomatlari asta-sekin to‘planib, 
o‘ta  charchash  holati  vujudga  keladi.  O‘z  vaqtida  dam  olmaslikdan  tashqari 
ovqatlanishning  sifatli  bo‘lmasligi,  sharoit  noqulayligi,  kayfiyat  buzilish  kabilar  o‘ta 
charchash  holatini  yuzaga  kelishini  chaqiradi.  O‘ta  charchash  quyidagi  belgilari  bilan 
harakterlanadi:  qoʻl  va  oyoq  hamda  tananing  barcha  muskullari  bo‘shashadi,  harakat 
tezligi pasayadi, hech narsaga qiziqmaydi, harakat qilganda ter bosadi, yurak tez uradi va 
havo etishmaganday bo‘ladi. Toza havoda sayr qilish, nafas oldiruvchi engil gimnastika 
mashqlarini  bajarish,  ko‘proq  uxlash,  ovqat  sifatini  yaxshilash  kabi  gigienik  tadbirlar 
tavsiya etiladi. 
Jismoniy tarbiya odam organizmining normal o‘sishi, rivojlanishda qad-qomatning 
shakllanishida  muhim  rol  o‘ynaydi.  Muntazam  ravishda  mehnat,  jismoniy  tarbiya  va 
sport bilan shug‘ullanish natijasida muskul to‘qimasida moddalar almashinuvi kuchayadi, 
muskullarda  qon  ko‘payadi,  bu  esa  ularning  oziq  moddalar  bilan  taʻminlanishini 
yaxshilaydi.  
Tekshirishlardan  maʻlum  bo‘lishicha,  jismoniy  mashq  bilan  shug‘ullanuvchi 
kishilarning  har  100  tasi  muskul  tolasida  mayda  qon  tomirlarining  soni  boshqalarning 
muskulidagiga  nisbatan  2  marta  ko‘p  bo‘ladi.  Bunday  odamlar  muskullarining  qon, 
kislorod, oziq moddalar bilan taʻminlanishi yaxshi bo‘lganligi uchun muskul hujayralari 
sitoplazmasida oqsil, ATF, KTF, glikogen miqdori ko‘payadi. Bu esa muskul tolalarining 
yo‘g‘onlashuviga  va  ularning  mustahkam  bo‘lishiga,  o‘z  navbatida  qisqarish  kuchining 
ortishiga olib keladi. Muskullarning yaxshi rivojlanishi, tolalari va paylarining baquvvat 
mustahkam  bo‘lishi,  o‘z  navbatida  suyaklarning  yaxshi  rivojlanishiga,  ularning 
mustahkam bo‘lishiga imkon beradi.  
 
Download 5.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling