O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo‐texnologiya instituti “menejment va kasb ta’limi” fakul’teti


Download 5.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/26
Sana07.07.2020
Hajmi5.13 Mb.
#99362
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26

Orqa  miyaning  tuzilishi.  Orqa  miya  shaklan  stvol  ko‘rinishida    bo‘lib,  yuqori 
qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosh miyaga aylanadi. Orqa miyaning qattiq pardasi hammadan 
zich  bo‘ladigan  eng  tashqi  pardadir.  Bu  parda  umurtqa  kanalining  suyak  usti  pardasiga 
taqalib turadi, baʻzi joylarda esa shu kanal bilan qo‘shiladi. 
O‘rgimchak  iniga  o‘xshash  parda  yupqa,  tiniq,  tomirsiz  tuzilma  bo‘lib,  miyaning 
qattiq  va  tomirli  pardalariga  sal  taqalib  turadi.  O‘rgimchak  iniga  o‘xshash  parda  bilan 
orqa miyani bevosita qoplab turadigan tomirli parda orasida o‘rgimchak iniga o‘xshash 
parda  osti  bo‘shlig‘i  bor,  shu  bo‘shliqda  miya  va  nerv    ildizlari  bir  talay  orqa  miya 
suyuqligi  bilan o‘ralgan holda erkin yotadi. 
Orqa miya nervlari.  Har  bir  orqa  miya  nervi  aralash  nervdan  iboratdir.  U  orqa 
miyaning  har  bir  sigmentdan  ikki  juft  bo‘lib  chiqadigan  markazga  intiluvchi  va 
qochuvchi neyronlarning ildizlaridan tashkil topgan. 
Harakatlantiruvchi  neyronlarning  tanalari  kul  rang  moddaning  oldingi  shoxlarida  
joylashgan,  ularning  ildizlari  esa  orqa  miyaning  oldingi  va  yon  ustunlari  orasidagi 
egatchalardan chiqadi va sal  nariroqqa borgandan keyin sezuvchi neyronlarning ildizlari 
bilan qo‘shiladi. 
Oldingi ildizni kesib qo‘yish organni harakatdan qolishiga olib keladi. Orqa ildizni 
kesish sezuvchanlikni tamomila yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. Orqa ildizlar ham, oldingilari 
ham  kesiladigan  bo‘lsa,  harakat  va  sezgi  organlari    yo‘qolishi  bilan  bir  qatorda  organ 
muskul sistemasining tonusini saqlab turish imkoniyati ham yo‘qoladi. 
Orqa miyada sezuvchi va javob beruvchi neyronlar o‘rtasida ham bir qancha oraliq 
neyronlar  ham  bor.  Bular  markaziy  nerv  sistemasining  tegishli  qismlarini  periferik 
organlar bilan bog‘lab turadi. 
Nerv markazlari funksiyalari 

132 
 
 
 
Orqa  miya  funksiyalari.  Orqa  miyaning  har  bir  sigmenti  muayyan  skelet 
muskullari va teri qoplamining tegishli qismlari bilan bog‘langan. SHu munosabat bilan 
orqa  miya  funksiyalari  to‘g‘risida  muskul  gruppalari  va  teri  qismlarini  taʻsirlashga 
javoban  yuzaga  keladigan  reaksiyalarga  qarab  fikr  yuritsa  bo‘ladi.  Masalan,  qoʻllar 
sezuvchanligi  va  harakat    qobiliyatining  holatiga  qarab  pastki  bo‘yin  va  yuqori 
sigmentlarining  funksiyalari  to‘g‘risida  fikr  yuritiladi.  Orqa  miya  ikkita  funksiyani: 
reflektor  funksiya  bilan  o‘tkazuvchanlik  funksiyani  bajaradi,  orqa  miyaning  reflektor 
faoliyati  funksiyalarining  nisbiy  mustaqilligi  taʻminlasa,  o‘tkazuvchanlikni  ishchi 
organlarga  va  bosh  miyaga,  bosh  miyadan  ishchi  organlarga  impulslar  o‘tkazilishini 
taʻminlaydi. 
Normal sharoitlarda orqa miya bosh miya bilan bevosita bog‘langan holda ishlaydi. 
Orqa  miyaning  o‘tkazuvchanlik  funksiyasi  qo‘zg‘alishni  uning  orqa  va  yon 
ustunlaridan  bir  talay  o‘tkazuvchi  yo‘llardan  miya  stvolidagi  markazlarga  o‘tkazishdan 
iborat.  Bu  qo‘zg‘alish  keyinchalik  katta  yarim  sharlar  po‘stlog‘i  va  miyagacha  etib 
boradi.  Orqa  miya  markaziy  nerv  sistemasining  yuqorida  joylashgan  bo‘limlaridagi 
impullar  olib  turadi,  bular  orqa  miyaga  oldingi  va  yon    ustunlarining  o‘tkazuvchi 
yo‘llaridan keladi. O‘sha impulslar orqa miyaning oraliq neyronlariga qo‘zg‘atuvchi yoki 
tormozlovchi taʻsir ko‘rsatadi va skelet muskullaturasi hamda ichki organlarning holatini 
o‘zgartiradi. Bundan tashqari, orqa miyada kalta tolalar ham bo‘ladi, orqa miyaning turli 
qismlari shu tolalar vositasida bir-biriga bog‘lanadi. 
(3-ilova) 
2. Simpatik va parasimpatik vegetativ nerv sistemasi. 
Nerv  tizimi  ikki  qismdan  iborat
:  markaziy  va  periferik
  nerv  tizimi. 
Markaziy  nerv  tizimiga  bosh  va  orqa  miya  kiradi.  Markaziy  nerv  tizimining 
segmentar,  yaʻni  quyi  qismiga  orqa  miya  va  bosh  miyaning  pastki  qismlari, 
yaʻni uzunchoq miya, Varoliy ko‘prigi, o‘rta va oraliq miya hamda miyacha kiradi.
 
Bosh 
va  opqa  miya  kesmasida  to‘q  rangdagi  qismi  -  kul  rang  modda  (nerv  xujayralarining 
tanasidan tashkil topgan) va oq rangdagi qismlari - miyaning oq moddasi (mielin kobig‘i 
bilan qoplangan, nerv tolalarining to‘plami) farqlanadi.
 

133 
 
Markaziy  nerv  sistemasining  yuqori,  yaʻni  segment  ust  qismiga  bosh  miya 
yarim  sharlari  va  ularning  po‘stloq  qismiga  kiradi.  Markaziy  nerv  tizimida 
nerv 
hujayralari 
(neyron 
tanalarining) 
markazlari 
bor. 
Periferik 
nerv 
tizimiga  orqa  miyadan  chiqadigan  31  juft  sezuvchi,  harakatlantiruvchi  nerv 
tolalari,  bosh  miyadan  chiqadigan  12  juft  nervlar  kiradi.  Hamda  umurtqa  pog‘onasi 
atrofida  va  ichki  organlarda  joylashgan  nerv  tugunchalari  kiradi.  Nerv 
tizimining  periferik  qismi  asosan  nervlardan,  yaʻni  tolalar  bog‘lamidan 
iborat. 
 
Bajaradigan  vazifasiga  ko‘ra,  nerv  sistemasi  ikki  qismga  bo‘linadi:  somatik  va 
vegetativ  nerv  tizimi.  Somatik  nerv  tizimi  odam  tanasining  sezgi  organlari,  skelet 
muskullari  ishini  boshqaradi.  Vegetativ  nerv  tizimi  ichki  organlar  (nafas  olish,  qon 
aylanish,  ovqat  xazm  qilish,  ayirish  va  oshqozon  hamda  ichki  sekretsiya  bezlari)  ishini 
boshqaradi. 
Vegetativ  nerv  tizimi  ichki  a’zolar  faoliyatini,  modda  va  energiya  almashinuvini 
boshqarib, organizmni o‘zgarib turgan ichki va tashqi muhitning sharoitiga moslashtiradi. 
Vegetativ  nerv  tizimi  uzunchoq  miya;  gmpotalamus,  yadrolari  va  limbik  tizim 
markazlariga nazorati ostida bo‘ladi. 
Vegetativ nerv tizimi ichki a’zolarni innervatsiya qiladi. Vegetativ nerv tizimidagi 
tolalar  skelet  muskullariga  ham  boradi  va  skelet  muskullarining  qisqarishiga  ta’sir 
qilmay, ulardagi modda va energiya almashnuvini oshirib, ish qobiliyatini yuksaltiradi. 
Nerv  sistemasining  vegetativ  qismini  bunday  atalishiga  sabab  shuki,  u  ichki 
organlar, tomirlar, terining silliq muskulaturasini, yurak muskulini, bezlarni innervatsiya 
qiladi. 
Nerv sistemasining vegetativ qismi 2 bo‘limga bo‘linadi: 
- simpatik bo‘lim; 
- parasimpatik bo‘lim. 
Simpatik bo‘lim orqa miya, ko‘krak va bel bo‘limlarining yon  shoxlari hujayralari, 
ularning o‘simtalari, chegara  stvol va simpatik nerv ligalaridan tashkil topgan. 
Parasimpatik  bo‘lim    o‘rta  miya  uzunchoq  hamda  orqa  miyaning  dumg‘aza 
sigmentlaridan boshlanadi. Bu bo‘limning eng katta stvoli adashgan nervdir. Teri, yuz va 
boshqalardagi  retseptorlarning  taʻsirlanishiga  javoban  qon  tomirlarining  torayishi  va 
kengayishi,  qorachig‘larning  kuchli  va  kuchsiz  yorug‘liklardan  kengayishi  va  torayishi 
ko‘rinishidagi  reaksiyalar  vegetativ  reflekslar  deb  ataladigan  bo‘ldi,  chunki  bu 
reaksiyalarning  kelib  chiqishida  nerv  sistemasi  vegetativ  qismining  markazlari  bilan 
nervlari ishtirok etadi.  
Juda  ko‘p    a’zolarga  simpatik  va  parasimpatik  nerv  tolalari  qarama-qarshi  ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Simpatik  nerv  tizimini  ichki  a’zolarning  faoliyatini  ekstremal,  ayniqsa,  stress 
vaziyatda  faollashtiradi,  parasimpatik  nerv  tizimi  esa,  organizm  tinch  turganda  faol 
bo‘lib,  uning  ish  qobiliyatini  tiklashiga  xizmat  qiladi.  Simpatik  nerv  tizimining 
mediatorlari  adrenolin  va  noradrenolin  bo‘lsa  parasimpatik  nerv  tizimning  asosiy 
mediatori – atsetilxolindir. 
Nerv  tizimining  ikkinchi  vazifasi  shundan  iboratki,  u  odamning  tashqi  muhit  va 
atrofdagi  boshqa  odamlar  bilan  bog‘lanishini,  muomalasini  tashqi  muhit  sharoitiga 
moslashuvini  taʻminlaydi.  Tashqi  muhit  taʻsirida,  atrofdagi  boshqa  odamlar  bilan 
munosabati  natijasida  odamda  paydo  bo‘lgan  fikrlash,  bayon  etish,  bilim  olish,  hunar 
o‘rganish, xotira kabi yuksak insoniy xususiyatlar ham nerv tizimining ana shu ikkinchi 
vazifasiga kiradi. I.P.Pavlov nerv tizimining bu vazifasini oliy nerv faoliyati deb atagan. 

134 
 
Nerv tizimining bu vazifasini uning yuqori qismida joylashgan (bosh miya yarim sharlari 
va uning po‘stloq qismi) nerv markazlari bajaradi. 
 
(4-ilova) 
3. Nerv sistemasi fiziologiyasi va gigienasi. 
Nerv tizimining faoliyatini yosh xususiyatlari. 
Bola qancha yosh bo‘lsa, shunchali: 

shartsiz reflekslar asosida hosil bo‘ladigan shartni reflekslari soni kamroq bo‘ladi; 

ularning boshqarishi pastroq darajada amalga oshiriladi; 

hosil bo‘lgan shartli reflekslar  soni va tartibi kamroq bo‘ladi; 

ularning yo‘qolish taxmini ko‘proq; 

qo‘zg‘alish jarayonlari tormozlanishga nisbatan ustunroq; 

tormozlanish  jarayonlarning  barcha  turlari  kamroq  ifodalangan  (himoya, 
differensial va h.q.); 

ayrim markazlarini uzoq muddatgacha qo‘zg‘alib turishi yaxshi rivojlanmagan va 
ularning tezroq tolishishiga olib keladi; 

dominantani  hosil  bo‘lishi  qiyinroq  va  susroq  bo‘ladi.  Dominanta  –  ayrim 
markazlarning boshqa markazlarga nisbatan ustiroq bo‘lishi; 

bosh miyaning ayrim markazga bir xil ma’lumotlarni qayta-qayta kelib chiqishi

avtomatik harakatlar qiyinroq shakllanadi; 

dinamik stereotipi qiyinroq hosil bo‘ladi; 

nerv tizimida qo‘zg‘alish jarayoni tormozlanishga tezroq almashadi va nerv tizimi 
tezroq charchab qoladi; 

bolaning oliy nerv faoliyatining tiplarini ... qamroq ruyobga chiqqan; 

qonsentratsiya, irradiatsiya va induksiya jarayonlari susroq rivojlangan; 

nerv tizimining analetik – sintetik faoliyati qamroq ifodalangan. 
Nerv  tizimini  gigienasi  –  bu  shu  tizim  o‘z  faoliyatini  optimal    holda    amalga 
oshirishi  uchun  taalluqli  bo‘lgan  normalarga  rioya  qilish,  shart-sharoitlarni  yaratish  va 
tadbirlarni amalga oshirishni ta’minlash. 
Buning uchun qo‘yidagilarga rioya qilish zarur: 
1.  gigiena qoidalariga rioya qilish; 
2.  retseptorlarni sezgirlik darajasini e’tiborga olish; 
3.  jismoniy  yuklamalarni to‘g‘ri taqsimlash
4.  tashqi muhit omillarini ta’sirini e’tiborga olish; 
5.  kun tartibiga rioya qilish; 
Kun tartibini asosiy prinsiplari. 
Kun  tartibi  deganda  nerv    sistemasida  doimo  bir  vaqtda,  bir  hil  tartibda,  bir  xil 
faoliyatni    amalga  oshirish  uchun  shartli  reflekslarni  zanjirini  hosil  qilishdir.  Uning 
asosiy  prinsiplari qo‘yidagilardan iborat: 

o‘z  vaqtida  gigienik  talablarga  javob  beradigan  holda  faoliyatlarni  
almashtirib turish; 

o‘z  vaqtida  gigienik  talablarga  javob  bergan  holda  akliy  yuqlamalarni  va 
jismoniy yuqlamalarga almashtirib turish; 

o‘z  vaqtida  hamma  moddalarga  to‘la-tukis,  koloriyali,  vitaminlarga  boy 
bo‘lgan sifatli ovqatlanish; 

ochiq havoda etarli darajada sayr etish; 

gigienik talablarga javob beradigan uyqu. 
6.  chiniqish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish; 

135 
 
7.  zararli odatlarni oldini olish (chekish, alkogol, g‘iyohvandlarini iste’mol qilish). 
O’quvchi  organizmining    funksional  faoliyati  buzilishiga    yo’l  qo’ymaslik 
uchuno’qituvchilar  bilan    shifokorlar    birgalikda  ish  kuni,  haftasi    vf  o’quv    yili 
choraklarida aqliy va jismoniy faoliyatning almashinif turishini  to’g’ri yo’lga qo’yishlari 
kerak.  Bir  turli  faoliyat  boshqa  turli  faoliyat  bilan  almashtirilib  turilganda,  ishlayotgan 
hujayralar    dam  oladi.  Aqliy  mehnat  qilganda      bo’yin  va  gavda  muskullari,,    xat 
yozganda esa yuqorigi kamar  va  qo’l muskullari taranglashadi. 
Oqituvchining  o’quvchiga  beradigan  zo’riqish  normasi  uning    yoshiga,  sog’lig’i 
holatiga, idrok  qillish qobiliyatiga, nerv tipiga  va o’qitish sharoitiga qarab aniqlanadi. 
Zo’riqish normasini asta-sekin  oshira borish va o’quvchilarni aktiv oliy mehnatga jalfb 
qilish  kerak.  O’quvchiga  ortiqcha    zo’riqish berilsa, uning miyasi charchab  qoladi, tez  
yoki sekin charchash bolanning yoshiga,  aqliy  mehnat   turiga  va  qiziqishiga  bog’liq. 
Bola qancha yosh  bo’lsa, shuncha tez charchaydi. 
Dars  vaqtida  muskul harakatlarining uzoq to’xtalib  turishi    bolaning  aqliy mehnat 
qobiliyatini  susaytiradi.  Binobarin,  bolaning  diqqati    chalg’iydi,  muskullari  bo’shasha 
boshlaydi.  Bog’cha    yoshidagi  bolalar    charchagannda  mudroq  bosadi  .  Hadeb    bir  xil 
turdagi  aqliy  faoliyat    bilan    shug’ullanganda  bolaning  qiziqishi  kamayadi  va  uxlab  
qoladi. 
Kichik  maktab  yoshidagi  bolalarni    o’qitiishda  dars    o’rtasida  ularni  jismoniy  
tarbiya    bilan  shug’ullantirish  aqliy  qobiliyatning  oshishiga  yordam  beradi.    Toliqib  
qolishning    oldini  olishda    turlli  xildagi    mehnat    bilan  shug’ullanib  turish,  aktiv    va  
passiv  dam  olish  muhim ahamiyatga  ega.  Bola zerikarli  ish  bilan shug’ullanishdan,  
biir  yerda qimirlamay uzoq o’tirishdan charchaydi. 
Bunday  vaqtda u  yetarli dam olmasa, oorganizmi juda  charchab qoladi, boshqacha  
aytganda, toliqadi. 
Haddan ortiq  charchash   yoki  toliqish    ishtahaning    pasayishiga, bosh   og’rig’iga, 
loqaydlikka, xotira  va  diqqatning susayishiga olib keladi. Odam qattiq  charchaganida  
nerv  sistemasining  funksional  hollati o’zgaradi  va  tormozlanish vujudga keladi. Aktiv 
dam olishda  toliqqan  nerv  hujayralarining qobiliyati tezda  asli holatiga kelib  qoladi. 
Aqliy  mehnat  gigiyenasida kun  tartibini to’g’ri tashkil etish alohida ahamiyatga 
ega. Kun tartibi  to’gri tuzilmaganda  o’quvchi asabiga ortiqcha  zo’r  keladi, ho  nevroz  
paydo    bo’lishi    mumkin.    Shuning    uchun    ham  aqliy    mehnatdan  so’ng    jismoniy, 
mashqlar  bilan shug’ullanishkkerak. Afsuski,,  hozirgi kunda o’smirlar  aktiv  dam olish 
o’rniga  passiv    dam  oladigan,  ya’ni  ko’p  dars  tayyorlaydigan,    teleko’rsatuvlarni    ko’p 
ko’radigan,  bir  yerda  harakatsiz o’tiradigan yoki   yotib  dam oladigan  bolib qolgan. 
O’quvchilar  aqliy  jihatdan  toliqib qolmasligi uchun  aqliy  va  jismoniy  mexnat  bilan  
me’yorida    shug’ullanishi,  oilada,  maktabda    siqilmasligi,  to’gri  ovqatlanishi    shart, 
bundan tashqari,  kun tartibiga rioya qilishi, qiziqib  ishlashi, aktiv  dam  olishi, ko’proq 
sof  havoda  bo’lishi muhimdir. 
 
(5-ilova) 
4. Asab sistemasi. Asab tizimiga ta’sir etuvchi omillar.
 
Chekishning  va  spirtli  ichimliklar  ichishning  nerv  sistemasiga  ta’siri.  Odam  bir  
necha    marta    sigaret  yoki  spirtli    ichimliklar  ichishi  bilan      ularga  o’rganib  qoladi. 
Chekish  eng    zarali    oodatlardan  biri  hisobalanadi.  Ilmiy  tadqiqotlardan  ma’lum 
bo’lishicha,    tamaki  tutuni    tarkibida  3  mingdan  ko’proq  zaharli  modda    bor    ekan.  
Shulardan  nikotinn,    ammiak  karbonat  angidrid,    benzol    kabilar    odam  organizmining 
barcha organlariga,  humladann,  nafas  olish  organnlariga  zaharli ta’sir  ko’rsatadi. 

136 
 
Xalqaro  Sog’liqni  Saqlash  Tashkiloti  ma’lumotlariga  ko’ra,  chekish  oqibatida  
yuzaga    keladigan    kasalliklardan    har  yili    dunyoda    ikki  yarim  million    kishi  halok 
bo’ladi. Chekishoilaga katta moddiy zarar  ham yetkazadi.       
Bora-bora chekmasdan yoki ichkilik ichmasdan turolmaydi,  bu  endi uning  asosiy  
ehtiyojiga aylanib qoladi. Nikotin va  allkogolning   ko’pgina  organnlarga ,  ayniqsa nerv 
sistemasiga  juda  zararli  ta’sir    qilishi  ma’lum  bo’lgan.  Odam    birinnchi  marta    sigaret 
chakkanda  yoki  ichkilik  ichganida  organizmda    himoya    reaksiyalari    paydo  bo’ladi..  
Shuning uchun  ham  odamning ko’ngli aynab, qusadi, boshi  aylanadi.odam chekib va 
ichkilik ichib turganda  bu  himoya  reaksiyalari  asta –sekin  susayib  boradi va  bora-
bora  butunlay yo’qoladi. 
Muntazam    chekish  yoki  spirtli  ichimliklarni    ichish    natijasida    salomatllik  
yopmonlashadi, mehnat qobilliyati pasayib  ketadi, xullq-atvor o’zgaradi. Ichkilik  ichgan  
odamning  idroki, aqliy qobiliyati susayadi,  odam  o’z   xatti-harakatlarini   nazorat qila 
olmay    qoladi,  oqibatta    axloqqa    zid    harakatlar    qiladi.    Alkogolnig  zaharlli  ta’sirida  
jinsiy  bezlarda  asliga qaytmaydigan  o’zgarishlar yuz  beradi,  jinsiy  gormonlarining 
ishlab chiqrilishi susayadi, odam  barvaqt   qarib  qolaadi.  Xususan jinsiy hujayralarga 
salbiy  ta’sir  ko’rsatadi. 
 
Ichkilikboz  ota-onadan  tug’ilgan bolalar  fismoniy rivojlanishdan orqada  qoladi, 
nogiron, aqli zaif, kichkina  bo’ladi va  hokazo. 
Бундан  ташқари,  қаттиқ  чарчаганда,  оч  қолганда,  заҳарланганда  ва 
жароҳатланганда  нерв  тизимининг  иши  издан  чиқади  ва  шартли  рефлексларни 
ҳосил бўлиш жараёни қийинлашади. 
 
(6-ilova) 
“Sinkvеyn” ( 5 qator ) tеxnikasi 
nervni –tavsiflash 
Sinkvеyn sxеmasi 
1.  Nerv  
2.  Nervni tavsiflovchi sifati 
3.  Nervning vazifalari   
4.  Nervning mohiyati to`g`risida 4 so`zdan iborat so`z birikmasi 
5.  Nervning sinonimi  
 
Mavzu bo‘yicha tayanch  so‘zlar. 
 
Nerv 
sistemasi, 
o‘tkazuvchanlik, 
qo‘zg‘aluvchanlik, 
qitiqlanuvchanlik, 
tormozlanish,    sinaps,  neyron,  dendrit,  akson,  nerv  markazi,  markazdan  qochuvchi, 
markazga  intiluvchi    va  aralash  nervlar,  orqa  miya,  reflektor,  simpatik,  parasimpatik, 
samatik, vegetativ, markaziy, periferik, kun tartibi. 
 
(7-ilova) 
Mavzu bo‘yicha nazorat savollari. 
1.  Markaziy va periferik nerv tizimiga izoh bering. 
2.  Nerv sistemasining vazifasi nimadan iborat? 
3.  Nerv sistemasi tuzilishiga koʻra necha qismga boʻlinadi? 
4.  Nerv sistemasining vegetativ qismi qanday bo‘limlardan tashkil topgan? 
5. Nerv markazlari qanday xususiyatlarga ega? 
6. Bosh miya qanday boʻlimlardan iborat? 
7.
 
Orqa miyaning tuzilishini tushuntirib bering. 

137 
 
8. Markazdan qochuvchi, markazga intiluvchi  va aralash nervlar qanday vazifani 
bajaradi? 
9. Nerv tizimini avaylash uchun qanday gigiena qoidalariga rioya etish lozim? 
10. Asab tizimiga qanday  omillar ta’sir etadi? 
 
 
(8-ilova) 
Mavzu bo‘yicha foydalanilgan adabiyotlar. 
1.  Maxmudov E. “O‘smirlar fiziologiyasi”. O‘quv qoʻllanma. Toshkent. 1985 y. 
2.  Sodiqov Q., Aripov S.X., SHaxmurova G.A. “Yosh fiziologiyasi va gigienasi”. 
Darslik. Toshkent. “Yangi asr avlodi”. 2009 y. 
3.  Sodiqov  Q.S.  “O‘quvchilar  fiziologiyasi  va  gigienasi”  Toshkent.  “O‘qituvchi”. 
1992 y. 
4.  Xripkova A.G., Antropova M.V., Farber D.A. “Yosh fiziologiyasi va gigienasi”.  
M. Prosveshenie. 1990 g. 
5.  Aminov  B.,  Tilovov  T.  “Odam  va  uning  salomatligi”.  O‘quv  qoʻllanma. 
Toshkent. 1995. 
6.  Antropova M.V. “Bolalar va o‘smirlar gigienasi”. M.Meditsina. 2002 y. 
7.  Internet sayti: www.ziyo.net.uz 
8.  Internet sayti: www.FIZIOLOGIYA.ru  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

138 
 
1.1. Ma’ruza olib borish texnologiyasi 
O’quv soati: 2 soat 
Talabalar soni: 26 ta 
O’quv mashg‘ulot shakli 
Axborotli, vizual ma’ruza 
Ma’ruza rejasi 
1.  Shartsiz  reflekslar.    Instinktlar.  Shartli 
reflektor faoliyati qonuniyatlari. 
2.  Bola  oliy  nerv  faoliyatining  shakllanishi. 
Tafakkur  va  nutq  emosiyalarining  biologik 
roli.  
3. Nevroz holati.  
4. Uyqu va uyqu gigiyenasi 
5.  Bosh  miya  turli  jarayonlarni  boshqarish 
organi  sifatida.  Muvozanatni  saqlash  va 
mushaklar  faoliyatini  boshqarish.  Asosiy 
miya tizimida asab jarayonlarini ro’y berishi. 
O’quv mashg‘ulotining maqsadi: 
Shartsiz  reflekslar.    Instinktlar.  Shartli  reflektor  faoliyati  qonuniyatlari 
haqida  to’liq  tasavvur  hosil  qilish.  Bola  oliy  nerv  faoliyatining 
shakllanishi.  Tafakkur  va  nutq  emosiyalarining  biologik  rolini 
tushuntirish. Nevroz holatini yoritish.
 
Pedagogik vazifalar 
O‘quv faoliyati natijalari 

  Interfaol 
metodlarni 
qo‘llagan 
holda 
o‘quv 
jarayonini tashkil etish; 

  Shartsiz  reflekslar.  
Instinktlar. 
Shartli 
reflektor 
faoliyati 
qonuniyatlarini o’rgatish;  

  Bola 
oliy 
nerv 
faoliyatining  shakllanishi. 
Tafakkur 
va 
nutq 
emosiyalarining  biologik 
roli.  Nevroz  holati  haqida 
ma’lumot berish;  

  Bosh 
miya 
turli 
jarayonlarni 
boshqarish 
organi sifatida o‘rgatish. 

  Shartsiz  reflekslar.    Instinktlar.  Shartli 
reflektor faoliyati qonuniyatlarini o’rganadi;  

  Bola 
oliy 
nerv 
faoliyatining 
shakllanishi. 
Tafakkur 
va 
nutq 
emosiyalarining  biologik  roli.  Nevroz  holati 
haqida ma’lumotga ega bo’ladi;  

  Bosh  miya  turli  jarayonlarni  boshqarish 
organi sifatida o‘rganib chiqadi. 
O‘qitish usullari 
Axborotli ma’ruza, “Aqliy hujum” va “Klaster” usuli 
O‘qitish vositalari 
Darslik, ma’ruza matni, kompyuter slaydlari, doska 
O‘qitish shakllari 
Jamoada ishlash 
O‘qitish shart-sharoiti 
Texnik vositalar bilan ta’minlangan o‘quv xonasi 
Monitoring va baholash Og‘zaki 
nazorat, savol-javob  
 
 
 
 
 
13 – MAVZU: 
 
ORQA MIYANING REFLEKTOR FUNKSIYASI 

139 
 
1.2. Orqa miyaning reflektor funksiyasi mavzusining texnologik xaritasi  
 
Ish bosqichlari 
 
O’qituvchi faoliyatining mazmuni 
Tinglovchi 
faoliyatining 
mazmuni 
I-bosqich. 
Mavzuga 
kirish. 
(10 minut) 
1.1. Talabalarni  mavzuning nomlanishi
maqsadi va kutiladigan natijalar  
bilan tanishtiradi 
Tinglaydilar 
 
Download 5.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling