O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi universiteti


Murosaga keltirish (1951-yil iyul – 1953-yil iyul) Sulh tuzish…………….20


Download 0.56 Mb.
bet2/7
Sana13.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1353287
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KOREYA KURS ISHI

1.2 Murosaga keltirish (1951-yil iyul – 1953-yil iyul) Sulh tuzish…………….20

2-BOB BU IKKI DAVLAT ZIDDIYATNING ASL SABABLARI, AQSH VA SSSR QARAMA-QARSHILIGI…………………………………...…………...24
2.1 Bu ikki davlat ziddiyatining asl sabablari………………………………….24
2.2 AQSH va SSSR qarama-qarshiligi…………………………………………32

XULOSA………………………………………………………………………....39
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..40


KIRISH
Koreya urushi bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qo’llab-quvvatlangan Koreya respublikasi va Sovet Ittifoqining harbiy-moddiy yordami bilan Xitoy Xalq Respublikasi (XXR)tomonidan qo’llab-quvvatlangan Koreya Xalq Demokratik Respublikasi o’rtasidagi 1950-yil 25-iyundan 1953-yil 27-iyulda imzolangan sulh shartnomasigacha davom etgan urushdir. Ikkinchi Jahon urushidan keyin Koreyaning ikki qismga bo’linishi bu urushga zamin yaratdi. Koreya yarim orolini 1910-yildan Ikkinchi Jahon urushi oxirigacha Yaponiya boshqargan. Yaponiyaning taslim bo'lishidan keyin 1945-yilda Amerika ma'murlari yarim orolni 38-paralell bo’ylab ikki qismga bo’lishdi. Janubiy qism AQSh, shimoliy qism esa sovet qo’shinlari tomonidan egallab olindi. 1948-yilda Koreya yarimorolida erkin saylovlarning o’tkazilmasligi ikki tomon o’rtasidagi munosabatlarni keskinlashtirdi va shimolda kommunistik hukumat tuzildi. 38-paralell tobora ikki Koreya o’rtasidagi siyosiy chegaraga aylandi. Urushdan oldin bir necha oy davomida birlashish to’g’risida muzokaralar davom etgan bo’lsada, keskinlik kamaymadi. Shimoliy Koreya kuchlari 1950-yil 25-iyunda Janubiy Koreyaga bostirib kirganda, vaziyat ochiq urushga aylandi. Bu Sovuq Urushning birinchi muhim qurolli to’qnashuvi edi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, xususan Qo’shma Shtatlar Janubiy Koreyaga bosqinni qaytarish uchun yordamga kelishdi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining tezkor hujumi shimoliy koreyaliklarni 38-chi paralleldan o'tib, deyarli Yalu daryosiga olib chiqdi, shu paytda Xitoy Xalq Respublikasi Shimol tomonda urushga kirdi. Xitoy Birlashgan Millatlar Tashkilotining kuchlarini 38-Paraleldan orqaga surib, qarshi hujumga o'tdi. Sovet Ittifoqi Shimoliy Koreyaga va Xitoy armiyasiga moddiy yordam ko’rsatdi. Urush 1953-yilda 38-paralell yaqinidagi chegarani qayta tiklagan va ikki koreys davlati o’rtasida 4 km kenglikda demilitarizatsiyalashtirilgan zona tashkil etgan sulh bilan tugadi. Urushning kichik ko’rinishlari hozirgi kunga qadar davom etmoqda. Shimol ham, Janub ham tashqi kuchkar homiyligiga tayangan edi, bu urush oddiy mahalliy urush emasdi. Amerika Qo'shma Shtatlarida urush dastlab Prezident Garri Truman tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida o'tkazilgani uchun ,,politsiya harakati’’ sifatida tavsiflagan. Xulosa qilib aytganda, u AQShda unutilgan urush yoki noma'lum urush deb nomlangan. Urush voqealari Ikkinchi Jahon urushi va Vetnam urushi kabi oldingi va keyingi mojarolarga qaraganda ancha noaniq edi. Urush ko'p jihatdan Ikkinchi Jahon urushi va Vetnam urushi soyasi ostida qolgan. Janubiy Koreyada urush odatda ,,625’’ yoki ,,6-2-5’’ urushi deb nomlanadi va bu raqamlar urushning boshlanish sanasini (25-iyun) aks ettiradi. Shimoliy Koreyada urush rasman Vatan ozodligi urushi deb nomlanadi. Shu bilan bir qatorda ,,Choson urushi’’ deb ham nomlanadi(Shimoliy koreyaliklar Koreyani Choson deb atashadi). Xitoy Xalq Respublikasida urush AQShning tajovuziga qarshi turish va Koreyaga yordam berishiga qaratilgan urush deb nomlanadi. Ammo ,,Koreya urushi’’ hozirgi kunda eng ommalashgan atama hisoblanadi. Yaponiya 1894-1896-yillardagi Birinchi xitoy-yapon urushida Sin sulolasini mag’lubiyatga uchratgandan so’ng, Koreya imperatori Gojongni qo’lga oldi. Chunki Koreya yarimoroli Yaponiya uchun strategik jihatdan muhim o’lka edi.O’n yildan so’ng, Yaponiya 1904-1905-yillardagi rus-yapon urushida Rossiya imperiyasini mag’ubiyatga uchratgandan so’ng, 1905-yilda Koreyani o’z protektoratiga aylantirdi, 1910-yilda esa uni anneksiya qildi. Koreys milliy ozodlik harakati qatnashchilari va ziyolilari mamlakatdan qochib ketishdi va ba’zilari 1919-yilda Shanxayda Li Sin Man boshchiiligida Muvaqqat Koreya hukumati tuzishdi. Bu quvg'inda bo'lgan hukumat kam sonli davlatlar tomonidan tan olingan. 1919-1925-yillarda va undan keyingi yillarda koreys kommunistlari yaponlarga qarshi ichki va tashqi urushlarning asosiy qo'zg'atuvchisi bo'lganlar. Koreya Yaponiya hukmronligi ostida Tayvan bilan birga sanoatlashgan koloniya hisoblangan. 1937 yilda mustamlaka general-gubernatori General Jiro Minami Koreyaning 23,5 million aholisini madaniy assimilyatsiya qilishga harakat qildi, ya’ni koreys tili, adabiyoti va madaniyatini foydalanish va o'rganishni ta’qiqlab qo’ydi, ularning o'rniga yapon tili, adabiyoti va madaniyatidan majburiy foydalanishni va ularni o'rganishni talab qildi. 1939 yildan boshlab, aholiga yapon nomlaridan foydalanish talab qilindi. 1938 yilda mustamlaka hukumati mehnatga chaqiruvni yo'lga qo'ydi. Xitoyda Milliy Inqilobiy Armiya va Kommunistik Xalq Ozodlik Armiyasi koreyalik vatanparvarlar Xitoyning bir qismini ham egallab ulgurgan Yaponiya harbiylariga qarshi mustaqillik uchun kurashchilarni qutqarishni tashkil etishga yordam berdi. Li Bom Sok boshchiligidagi koreyslarning milliy tayanch kuchlari Birma yurishida jang qilishdi (1941-yil dekabr - 1945-yil avgust). Kim Ir Sen boshchiligidagi kommunistlar Koreyada va Manchuriyada yaponlarga qarshi kurashdilar. Ikkinchi Jahon urushi davrida yaponlar urush uchun Koreyaning oziq-ovqat, chorva mollari va metallaridan foydalanganlar. Koreyadagi yapon qo'shinlari 1941-yildagi 46 ming askardan 1945-yilda 300 minggacha ko'paydi.Koreya kollaboratsionist koreys politsiyasi bilan birgalikda boshqariladigan 2,6 million majburiy ishchilarni yolladi; qariyb 723,000 kishi imperiyaning dengiz orti hududlariga va metropolitan Yaponiyaga ishlashga yuborildi. 1942-yilga kelib koreyalik erkaklar Yaponiya Imperial Armiyasiga chaqiriladilar. 1945-yil yanvariga kelib, koreyslar Yaponiya ishchi kuchining 32 foizini tashkil etdi. 1945 yil avgustda AQSh Xirosima va Nagasakiga atom bombalarini tashlaganida, halok bo'lganlarning qariyb 25% koreyslar edi. Urush oxirida boshqa dunyo kuchlari Koreyada va Tayvanda Yaponiya boshqaruvini tan olmadilar. Shu bilan birga, Qohira konferensiyasida (1943-yil noyabr) Xitoy, Buyuk Britaniya va AQSh ,,Koreya erkin va mustaqil bo'lishiga qaror qildi’’. Keyinchalik Yalta konferensiyasi (1945-yil fevral) Sovet Ittifoqiga Yaponiyaga qarshi urush harakatlarida qatnashish evaziga Yevropaning neytral zonalarini va Xitoy va Manchjuriyada ustunlik huquqini berdi. Ikkinchi Jahon urushi tugashi arafasida, AQSh-Sovet kelishuviga binoan, SSSR 1945-yil 9-avgust kuni Yaponiyaga qarshi urush e'lon qildi. 10 avgustga kelib, Qizil Armiya kelishuvga binoan Koreya yarimorolining shimoliy qismini egallab oldi va 26-avgustda 38-parallelda uch haftaga yarimorolning janubiga AQSh kuchlarining kelishini kutish uchun to'xtadi. 1945 yil 10-avgustda, Yaponiyaning mag’ubiyati yaqinlashgani sayin, amerikaliklar Sovetlar AQSh tomonidan qo'llab-quvvatlangan Koreyani ishg'ol qilish to'g'risidagi qo'shma komissiya tarkibidagi qismini hurmat qilishiga shubha qildilar. Bir oy oldin, polkovnik Din Rusk va polkovnik Charlz Bonestil III Koreya yarimorolini 38-parallel bo’ylab shoshilinch ravishda (o'ttiz daqiqada) AQShning Koreyadagi okkupatsiya zonasi kamida ikkita portga ega bo'lishi kerak degan qarorga kelinganidan so'ng ikkiga bo'ldilar. Nega okkupatsiya zonasini chegaralash 38-chi parallelda joylashtirilganligini tushuntirib, Rusk, ,,garchi u Amerika tomonidan egallanishi mumkin bo’lgan hududlardan ancha shimolda joylashganiga qaramay, Sovet davlati bilan kelishmvhilik chiqishi mumkin bo’lgan taqdirda ham, biz Koreya poytaxtini amerikalik harbiyar javobgarligidagi hududda bo’lishini xohladik’’, ayniqsa, ,,Sovet qo’shinlari yetib kelishidan oldin ancha shimolroqdagi hududlarni bosib olishda qiyinchiliklar tu’g’dirayotgan AQSh qurolli kuchlarining yetishmasligi, vaqt va masofa bilan bog’liq muammolar mavjudligida’’. Sovet davlati Sharqiy Yevropadagi okkupatsiya zonlari bo’yicha kelishuvga erishilgani uchun yarimoroldagi AQSh belgilagan okkupatsio chegaralarga o’z roziligini bildirdi. Ikkinchi xitoy-yapon urushi o’z yakuniga yetgandan so’ng, kommunistlar va gomindanchilar o’rtasida fuqarolar urushi davom etdi. Manchjuriyada ustunlik uchun kurashayotgan kommunistlarni Shimoliy Koreya hukumati moddiy va harbiy tomondan qo’llab-quvvatladi. Urush davomida minglab koreyalik ko’ngillilar Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasida xizmat qildi. Shimoliy Koreya Xitoydagi kommunistlarga urushda qatnashmayotganlarga xavfsiz boshpana berish va Xitoyning boshqa hududlari bilan aloqa qilishda ham yordam berdi. 1949-yilda Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topgandan so’ng Xitoy kommunistlari Shimoliy Koreyaning g’alabaga qo’shgan hissasini sedan chiqarmadi. Minnatdorchilik tarzida, 50,000 dan 70,000 gacha bo’lgan koreyalik urush qatnashchilari qurollari bilan o’z vatanlariga qaytarib jo’natildi, ular keyinchalik Janubiy Koreyaga dastlabki bosqinda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Xitoy Janubiy Koreya bilan urush kelib chiqqan taqdirda Shimoliy Koreyani qo’llab-quvvatlashga va’da berdi. Xitoyning ko'magi koreys kommunistlari o'rtasida chuqur ajralishni keltirib chiqardi va Kim Ir Senning Kommunistik partiyadagi obro'siga keyinchalik Kim tomonidan chetlatilgan Pak Il-yu boshchiligidagi xitoy fraksiyasi e'tiroz bildirdi. 1949-yilda Xitoy Xalq Respublikasi tuzilganidan so'ng, Xitoy hukumati AQSh boshchiligidagi G'arb davlatlarini o’zining milliy xavsifligiga eng katta tahdid deb hisobladi. Xitoy rahbariyati bunga 19-asrdan boshlab Xitoyning kamsitilib kelinganligini, fuqarolar urushi davrida AQShning gomindanchilarni qo’llab-quvvatlaganini va Xitoy AQShning kommunizmga qarshi kurashida tanqidiy jang maydoniga aylanishi mumkinligini keltirdi. Qarama-qarshi chora sifatida va dunyo kommunistik harakatlarida Xitoyning obro'sini oshirish uchun, Xitoy rahbariyati davlat atrofidagi hududlarda kommunistik inqiloblarni faol qo’llab-quvvatlagan tashqi siyosat olib bordi. Potsdam konferensiyasida (1945-yil iyul-avgust) Ittifoqchilar bir ovozdan Koreyani koreyslar bilan maslahatlashmasdan, Qohira konferensiyasiga zid ravishda ajratishga qaror qilishdi. 1945-yil 8-sentabrda AQShning general-leytenanti Jon R.Xodj Yaponiyaning 38-paralleldan janubdagi yerlarda taslim bo'lishini qabul qilish uchun Inchxonga keldi. Harbiy gubernator etib tayinlangan general Xodj Koreyada Qo'shma Shtatlar armiyasining Harbiy hukumati orqali Janubiy Koreyani to'g'ridan-to'g'ri boshqardi (USAMGIK 1945–48). U yapon mustamlakachilarining asosiy ma'murlari va ularning Koreya politsiyasidagi hamkorlarining faoliyatini qayta tiklash orqali boshqaruv o'rnatdi. Harbiy hukumat qisqa vaqt mavjud bo’lgan Koreya Xalq Respublikasining muvaqqat hukumatini kommunistik ekanligiga shubha qilib, uni tan olishdan bosh tortdi. Ushbu siyosatlar Koreyaning suverenitetini bekor qilib, fuqarolar isyoni va partizanlar urushini keltirib chiqardi. 1945-yil 3-sentabrda Yaponiyaning 17-mintaqa armiyasi qo'mondoni general-leytenant Yoshio Kozuki Xodj bilan bog'lanib, Sovetlar Kesonda 38-paralleldan janubda ekanligini aytdi. Xodj Yaponiya armiyasining hisobotining to'g'riligiga ishondi.
1945-yil dekabr oyida Koreyani Moskva konferentsiyasida (1945) kelishilgan holda AQSh-SSSR Qo'shma Komissiyasi boshqargan. Koreyaliklar muzokaralardan chetlatildi. Komissiya besh yillik homiylikdan so'ng mamlakat mustaqillikka erishishiga va’da berdi. Koreyslar qo’zg’olon ko’tardilar, janubda ba’zilari norozilik bilan chiqishdi, ba’zilari qurol ko’tarishdi. Harbiy hukumat 1945-yil 8-dekabrda ularni nazoratda ushlab turish maqsadida ish tashlashni bekor qildi va 1945-yil 12-dekabrda Koreya Xalq Respublikasi inqilobiy hukumatini va Xalq qo’mitalarini qonunga xilf deb e’lon qildi.
1946-yil 23-sentabrda Pusan shahrida 8000 kishilik temir yo'lchilarning ish tashlashi boshlandi. Mamlakat bo’ylab tarqalgan tartibsizliklar ,,Kuzgi qo’zg’olon’’ nomi bilan tanilgan. 1946-yil 1-oktyabrda Degu qo'zg'olonida Koreya politsiyasi uch talabani o'ldirdi; namoyishchilar qarshi hujumga tushib, 38 politsiyachini o'ldirishdi. 3-oktabr kuni Yongchon politsiya bo'limiga 10 mingga yaqin odam hujum qildi, uch politsiyachi o'ldirildi va yana 40 kishi jarohatlandi, boshqa joylarda 20 ga yaqin yer egalari va Janubiy Koreya rasmiylarini qo'llab-quvvatlovchi amaldorlar o'ldirildi. Harbiy hukumat jangovar holat e’lon qildi.
Milliy ozodlik kurashchisi Li Sin Man yetakchiligidagi Vakillik Demokratik Kengashi (Representative Democratic Council) Koreya ustidan sovet-amerika vasiyligiga qarshi chiqdi, 35 yil davmida (1910-1945) yapon mustamlakachiligidan so’ng koreyslar boshqa istilochilarga toqat qilmasligini bildirdi. Harbiy hukumat, AQShning Koreyadagi okkupatsiya zonasida antikommunistik hukumat o’rnatish uchun 1948-yil 31-martni Birlashgan Millatlar Tashkiloti saylovini o’tkazish muddati etib belgilab, Moskvada kelishilgan 5 yillik vasiylikdan voz kechishga qaror qildi. 3-aprelda Koreyaning Yaponiya boshqaruviga qarshiligini namoyon qilish bilan boshlangan namoyish Janubiy Koreya askarlari tomonidan 60,000 fuqaro o’ldirilishiga sabab bo’lgan Jeju qirg’ini bilan tugadi. 10-mayda Janubiy Koreyada birinchi umumxalq saylovlari bo’lib o’tdi. Sovetlar bunga birinchi qarshilik ko’rsatishdi, keyin esa AQShni Moskva konferensiyasida qabul qilingan vasiylikni hurmat qilishini talab qilib, saylovlarni boykot qildi. Uch oy o’tgach, 1948-yil 25-avgustda Shimoliy Koreyada ham parlament saylovlari o’tkazildi.
Anti-kommunistik Janubiy Koreya hukumati 1948-yil 17-iyulda milliy-siyosiy konstitutsiyani e’lon qildi va 20-iyulda Amerikada tahsil olgan Li Sin Manni president etib sayladi. Saylovlar 600 kishining o’limiga olib kelgan qo’poruvchilik harakatlari bilan o’tdi. 1948-yilda 15-avgustda Koreya Respublikasi(Janubiy Koreya) tashkil topdi. Rossiyaning okkupatsiya zonasida SSSR Kim Ir Sen boshchiligida Kommunistik Shimoliy Koreya hukumatini tashkil etdi. Janubiy Koreya prezidenti kommunist va so’lchilarni siyosatdan chetlatdi. Bunga qarshi, ular hukumatga qarshi partizan urushiga tayyorgarlik ko’ra boshlashdi.
Milliy ozodlik kurashchisi sifatida, Li Sin Man ham, Kim Ir Sen ham Koreyani o’z siyosiiy tizimlari ostida birlashtirmoqchi edilar. Koreya yarimorolini nazorat qilish uchun kurashda Iosif Stalin va Mao Szedun bilan bir qatorda kurashgan shimoliy koreyaliklarni Sovet Ittifoqi ham, Xitoy ham qo’llab-quvvatladi. Ular chegaradagi doimiy otishmalarni avj oldirdilar va keyin bostirib kirishga tayyorgarlik ko’rishdi. Janubiy Koreya, cheklangan resurslar bilan, ularga teng kela olmasdi. Ushbu davrda, Sovuq Urush boshlanayotganda, AQSh hukumati barcha kommunistlar, millatidan qat'i nazar, Moskva tomonidan boshqariladi yoki to'g'ridan-to'g'ri ta'sir o'tkaziladi deb taxmin qildi. Shunday qilib, AQSh Koreyadagi fuqarolar urushini Sovet gegemonik manyovri sifatida tasvirladi.
1948-yilda Janubiy Koreyada so’l qanot askarlar hukumatning apreldagi Yosu-Sunchxon isyonidagi Jeju qirg’iniga qarshi bosh ko’tardilar. Sovetlar 1948-yilda kelishuvga ko’ra Koreyadan chiqib ketdi. AQSh qo’shinlari Janubiy Koreya armiyasini nisbatan yomon jihozlangan holatda qoldirib, 1949-yilda Koreyani tark etdi. 1949-yil 25-dekabrda Janubiy Koreya harbiy kuchlari 86-88 kishini o’ldirdilar va bu ishda kommunistik bosqinchi guruhlarni aybladilar.



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling