O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti
-MAVZU. “MEHMONXONA XO„JALIGINI BOSHQARISH” FANINING
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Mehmonxona xo\'jaligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Fanning boshqa fanlar bilan bog„liqligi 1.“Mehmonxona xo„jaligini boshqarish” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
1-MAVZU.
“MEHMONXONA XO„JALIGINI BOSHQARISH” FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI Reja: 1.“Mehmonxona xo„jaligini boshqarish” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari 2.Boshqaruvning asosiy tushunchalari va ularning mohiyati 3.Fanning boshqa fanlar bilan bog„liqligi 1.“Mehmonxona xo„jaligini boshqarish” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari Mamlakatimizda mehmonxona xo‗jaligi sohasiga mustaqillikning dastlabki vaqtlaridanoq asosiy davlat siyosati darajasida qaraldi. Soha rivoji uchun barcha zarur tashkiliy-huquqiy mexanizm vujudga keltirilib, muhim meyoriy hujjatlar qabul qilindi va bu ish hozirda ham davom etmoqda. Mamlakatimizda mehmonxona xo‗jaligining ravnaqi, uni yangi pog‗onalarga ko‗tarish, yurtimizni jahon turizm markazlaridan biriga aylantirish uchun avvalo huqukiy zamin yaratish lozim edi. Shu bois, O‗zbekiston Respublikasi Oliy majlisining mazkur yo‗nalishga taalluqli qonun va kodekslari, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining turizmga oid qator Farmonlari ishlab chiqilib hayotga tadbiq etildi. G‗arb davlatlarida mehmonxona xo‗jaligini boshqarish bo‗yicha ko‗p yillik tajriba yig‗ilgan. Chunki, mehmonxona sanoati korxonalari faoliyatida xorij tajribasini o‗rganish shubhasiz, mehmonlarga xizmat ko‗rsatish sifatini yaxshilashda katta rol o‗ynaydi. Xizmatchilar mehmonlar tomonidan zamonaviy xizmat darajasiga qanday talab qo‗yilishi haqida tasavvurga ega bo‗lmasa, ulardan mijozlarga yuqori darajada xizmat ko‗rsatishlarini talab qilish murakkab. Ammo, O‗zbekistondagi mehmonxona sanoati o‗ziga xos sharoitlarda faoliyat ko‗rsatayotganligini etiborga olish kerak. Bugungi kunda bizga jahon talablariga javob beruvchi mehmonxona xo‗jaligi sanoatini rivojlantirishning milliy modelini yaratish bo‗yicha takliflar kiritilgan. ―Mehmonxona xo‗jaligini boshqarish‖ fanini o‗qitishdan asosiy maqsad - hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‗tish sharoitlarida mehmonxona xizmati sohasida eng yaxshi boshqaruv qarorlarini qabul qilish, boshqaruvni takomillashtirish zaruriyati bilan bog‗liq. Bunda mehmonxona xizmatlari sifatiga ta‘sir ko‗rsatuvchi iqtisodiy omillar samaradorligini oshirishga yo‗naltirilgan. Mehmonxona sohasi rahbarlarining doimiy ravishda xizmat ko‗rsatish sifatini boshqarishni yaxshilash, uni kengaytirishga e‘tiborni qaratish va binolarni rekonstruksiya qilish asosiy vazifa bo‗lib qolishi kerak. Yangi texnologiyalarni kiritish ham muhim ahamiyatga ega bo‗ladi. Mehmonxona xo‗jaligini boshqarish kursining vazifasi turizm industriyasini boshqarish modeli hamda rivojlangan davlatlar tajribasini hisobga olgan holda mehmonxona xo‗jaligi sohasidagi muvaffaqiyatlarni tahliliy ravishda talabalarga tushuntirishdan iborat. Menejment predmeti xo‗jalik yuritishning barcha darajalarida boshqarishning qonunlari (qonuniyatlari), tamoyillari va munosabatlarini o‗rganishdan iborat. 6 Boshqaruv munosabatlari ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarining ajralmas qismi bo‗lib, turli iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, mehnat, psixologik va boshqa ko‗rinishlarda bo‗ladi. Boshqaruv munosabatlari boshqaruv qo‗l ostidagi xodimlar o‗rtasidagi aloqa va o‗zaro ta‘sirning murakkab majmuasini ifodalaydi. Demak, menejment bu eng avvalo kishilarni boshqarish. Mehmonxona xo‗jaligini boshqarishda bevosita boshqaruv obyekti mehnat jamoalari va alohida xodimlardan iborat. Faqat ularning mehnat faoliyati vositasida ishlab chiqarishning moddiy unsurlari, ya‘ni mehnat qurollari va predmetlariga ta‘sir etiladi. Fanining o‗qilishidan maqsad – turizm sohasi jadal rivojloanayotgan sharoitda uning tarkibiy qismi hisoblangan mehmonxonalarda boshqaruvni samarali tashkil etish orqali ularning faoliyati samaradorligini oshirishga erishish. Fanning vazifasi – boshqaruvning mohiyati, ahamiyati uning mehmonxona xo‗jaliklarini rivojlantirishdagi o‗rni, boshqaruv samaradorligi, boshqaruv usullari, tamoyillari, boshqaruv qarorlari, menejer va rahbar uslublari, kadrlarni rejalashtirish va ularni boshqarish jarayonlari, nizo va stress hamda ularning oqibatlari va ularning oldini olish yo‗llari kabi bir qancha masalalar to‗g‗risida talabalarda tasavvur hosil qilishdir. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling