4.Boshqarishning muvofiqlashtirish funksiyasi
Xodimlarga bo‗lgan talabni rejalashtirish – bu mehmonxonaning kadrlarga bo‗lgan
talabini aniqlashdir. Mehmonxonaning xodimlarga bo‗lgan talabi vaqt o‗tishi bilan bir
qator ichki va tashqi omillar ta‘siri ostida o‗zgaradi. Bunday o‗zgarishlar hamma vaqt
ham tur mahsulotga bo‗lgan talabning oshganligi yoki bo‗lmasam saqlanib qolganligini
anglatmaydi.
Korxonaning mehnat resurslarga bo‗lgan ehtiyojini xizmatlarga bo‗lgan talab va
mehnat unumdorligi bilan aniqlanadi. Xodimlar soni firmaning o‗z oldiga qo‗ygan
miqdor va sifat bilan bog‗liq vazifalarni makon va zamonda amalga oshirish maqsadida
aniqlanadi.
Boshqaruv nazariyasi va amaliyotida xodimga bo‗lgan talabni aniqlashning bir
necha usullari qo‗llaniladi. Turizm menejmentida iqtisodiy o‗lchov usuli va
tendensiyalarni loyihalash usullarining ahamiyati katta. Iqtisodiy o‗lchov usuli bo‗yicha
ishchi kuchiga bo‗lgan ehtiyoj kelajakdagi biror yilga ko‗zlanayotgan talab darajasidan
kelib chiqib aniqlanadi. Tendensiyalarni loyihalash usuli esa o‗tgan yillardagi ishchi
kuchiga bo‗lgan talab va uning tarkibiy strukturasini o‗zgarish tendensiyalari
o‗rganiladi. Bu va boshqa usullar (me‘yoriy usul, ekstropolyasiya usuli tajriba usuli va
boshqalardir) maxsus kurslarda o‗rganilgan.
Xodimga bo‗lgan talabni aniqlash faqat kerakli ishchilar sonini aniqlovchi miqdoriy
usullar bilan cheklanib qolmaydi. Bu jarayon anchagina keng qamrovli jarayon bo‗lib,
tizimli xarakterga ega.
5-MAVZU.
MEHMONXONA XO„JALIGIDA BOSHQARUV
TAMOYILLARI
Reja:
1.Mehmonxona xo„jaligida boshqaruv tamoyillari
2.Boshqaruv tamoyillari klassifikatsiyasi
3.Ilmiylik tamoyili. Majmuaviylik va tizimlilik tamoyili
4.Markazlashgan demokratik tamoyil
5.Tarmoqli va hududiy boshqaruv birligi tamoyili
Do'stlaringiz bilan baham: |