O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Boshqaruvning funksional tashkiliy tuzilmasi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/84
Sana08.11.2023
Hajmi2 Mb.
#1756531
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   84
Bog'liq
Mehmonxona xo\'jaligi

Boshqaruvning funksional tashkiliy tuzilmasi. Funksional boshqarish chiziqli 
boshqaruv tizimida qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‗lgan muayyan ishlarni 
bajarishga ixtisoslashgan bo‗limlar tomonidan amalga oshiriladi.
 Mehmonxonani boshqarishning funksional tuzilmasi 
Bunda muayyan funksiyalarni bajarish mutaxassislar zimmasiga yuklanadi. 
Mehmonxonada, qoida tariqasida, bir soha mutaxassislari tarkibiy bo‗limlarga 
birlashtiriladi, masalan, marketing bo‗limi, qabul qilish va joylashtirish bo‗limi, reja 
bo‗limi va h.k. Shunday qilib, mehmonxonani boshqarishning umumiy vazifalari, o‗rta 
bo‗g‗indan boshlab, funksional mezonga ko‗ra ajratiladi. Shuning uchun ham mazkur 
tuzilma boshqaruvning funksional tuzilmasi deb ataladi. Funksional boshqarish chiziqli 
boshqarish bilan yonma-yon amal qiladi va bu ijrochilar ikki tomonga bo‗ysunishiga olib 
keladi.
Rasmdan ko‗rinadiki, boshqarishning barcha funksiyalarini bilishi va bajarishi 
lozim bo‗lgan universal menejerlar o‗rniga o‗z sohasida yuqori malakaga ega bo‗lgan va 
ma‘lum yo‗nalish (masalan, rejalashtirish va prognoz qilish) uchun javob beradigan 
mutaxassislar shtati paydo bo‗ladi. Boshqaruv apparatining bunday ixtisoslashuvi 
mehmonxona faoliyatining unumdorligini oshiradi. Chiziqli tuzilma singari, funksional 
tuzilmaning ham o‗ziga xos ijobiy tomonlari va kamchiliklari bor.
Funksional tuzilmaning ijobiy tomonlari: 
1) muayyan funksiyalarning bajarilishi uchun javob beradigan mutaxassislar yuqori 
malakaga ega bo‗ladi; 
2) pog‗ona menejerlari ayrim maxsus masalalarni hal qilishdan ozod etiladi; 
3) 
hodisalar 
va 
jarayonlar 
standartlashtiriladi, 
formallashtiriladi 
va 
dasturlashtiriladi; 
4) boshqaruv funksiyalarni bajarishdagi takrorlanishlarga va parallelizmga chek 
qo‗yiladi; 
5) keng soha mutaxassislariga bo‗lgan ehtiyoj kamayadi.
Funksional tuzilmaning kamchiliklari: 
1) funksional bo‗limlar o‗ziga topshirilgan funksiyalarni sifatli bajarishdan 
manfaatdor bo‗lib, «begona» funksiyalar uchun ham, butun korxonaning umumiy 
faoliyati uchun ham javob bermaydi; 
2) turli funksional bo‗limlar o‗rtasida muttasil aloqa o‗rnatish qiyinlashadi; 
3) haddan tashqari markazlashish holatlari vujudga keladi; 
4) qarorlar qabul qilish taomillari uzayib ketadi; 
Бош менеджер 
Б функционал ращбар: 
ташкил этиш функцияси. 
Ташкилий былим 
ва щ.к.
А функционал ращбар: 
режалаштириш функцияси. 
Режа былими
Ижрочилар 
Ижрочилар 
Ижрочилар 



29 
5) tashkiliy tuzilma o‗zgarishlarga moslashishi ancha qiyin kechadi.
Boshqarishning chiziqli-funksional tuzilmasi chiziqli tuzilmaning ham, funksional 
tuzilmaning ham kamchiliklarini ancha bartaraf etadi.
Mehmonxonani 
boshqarishning 
chiziqli-funksional 
(shtabli) 
tuzilmasi. 
Boshqarishning mazkur tuzilmasida butun hokimiyatni ma‘lum jamoani boshqaruvchi 
pog‗ona rahbari o‗z zimmasiga oladi. Muayyan masalalarni echishda va tegishli qarorlar, 
dasturlar, rejalarni tayyorlashda unga funksional bo‗limlar (boshqarmalar, xizmatlar, 
byurolar va h.k.)dan tashkil topgan maxsus apparat yordam beradi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling