O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti
Korxonada rejalashtirish jarayonining sxemasi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Mehmonxona xo\'jaligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Strategik rejalashtirish va uning bosqichlari
Korxonada rejalashtirish jarayonining sxemasi
Eng ko‗p tarqalgan nazorat usuli hisobotlar tayyorlash hisoblanadi. Rejaning bajarilishi haqidagi hisobot, qoida tariqasida, har oyda yoki yilning har choragida taqdim etiladi. Bunday amaliyot mehmonxona rahbariyatiga har bir davr natijalarini baholash va qo‗yilgan vazifalar bajarilmagan faoliyat yo‗nalishlarini aniqlash imkonini beradi. 3.Strategik rejalashtirish va uning bosqichlari Rejali boshqarishning markaziy vazifasi bo‗lib, amaliy faoliyat maqsadi va unga erishish yo‗lida mavjud resurslardan samarali foydalanish hisoblanadi. Rejalashtirish funksiyasi quyidagilarni aniqlashni talab qiladi -qo‗yilgan maqsadga erishish uchun qanday harakatlarni amalga oshirish kerak; -ushbu harakatlar qachon amalga oshirilishi kerak; -ular qanday ketma-ketlik asosida amalga oshirilishi kerak; -bu harakatlarni kim amalga oshirishi kerak; -qanday vositalar orqali; -qanday resurslar bilan; -qanday ko‗rsatkich va samaradorlik bilan. Strategik rejalashtirish tizimning muhim qismi sifatida tashkiliy tizimlarni rivojlantirishning strategik maqsadiga erishishda strategiyani ishlab chiqish va buning uchun kerak bo‗ladigan resurslarni taqsimlash jarayonidir. Strategik boshqaruv jarayonining rasmiy natijasi bo‗lib strategik reja hisoblanadi. 41 Istiqbolni aniq bashorat qilish uchun strategiya zarurdir. Chunki, strategiya-bu istiqbolni tadqiq qilish, turli stsenariyalarni tahlil etish san‘ati hamda istio‗bolda raqobat kurashida afzallik beruvchi g‗oyadir. Boshqaruv strategiyasi-bu strategik maqsadni amalga oshirishga qaratilgan faoliyatdir. Shuning uchun yaxshi strategiya va strategiyani a‘lo darajada amalga oshirish - yaxshi boshqaruvning eng ishonchli belgisi. Boshqaruv strategiyasi beshta bir-biriga bog‗liq masalani hal etishga asoslanadi: 1. Mehmonxona bajarishi lozim bo‗lgan strategik ko‗ra bilishni, harakat uzoq muddatli yo‗nalishini va aniq vazifani shakllantirish. 2. Strategik ko‗ra bilish va zimmadagi vazifani aniq maqsad va topshiriqqa aylantirish. 3. Maqsadlar va vazifalarga erishish strategiyasini ishlab chiqish. 4. Qabul qilingan strategiyani malakali hamda samarali tadbiq etish va amalga oshirshi. 5. Ish natijalarini baholash, yangi yo‗nalishlarni o‗rganish va rivojlanishning uzoq muddatli yo‗nalishi, strategiya maqsadlari yoki amaldagi tajribaga asosan uni amalga oshirish usullari, o‗zgaruvchan sharoitlar, yangi yuyalar va imkoniyatlarga nisbatan to‗g‗rilovchi xatti-harakatlarni amalga oshirish. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling