O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Mehmonxona xo„jaligida kadrlarni rejalashtirishning asosiy turlari va


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/84
Sana08.11.2023
Hajmi2 Mb.
#1756531
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   84
Bog'liq
Mehmonxona xo\'jaligi

3.Mehmonxona xo„jaligida kadrlarni rejalashtirishning asosiy turlari va 
bosqichlari. 
Xodimga bo‗lgan ehtiyojni rejalashtirish kadrlarni rejalashtirish jarayonining 
boshlanich bosqichi hisoblanadi va mavjud ish o‗rinlari va rejalashtirilgan ish 
o‗rinlari to‗g‘risidagi ma‘lumotlarga, tashkiliy-texnik tadbirlar o‗tkazishga, shtat 
jadvali va bo‗sh lavozimlarni egallash rejasiga asoslanadi. Har bir aniq holatda 
xodimga bo‗lgan ehtiyojni aniqlashda tegishli bo‗linmalar rahbarlarining ishtirok 
etishi tavsiya etiladi.Xodimni jalb qilishni rejalashtirishning vazifasi ichki va tashqi 
manbalar hisobiga kelgusiga kadrlarga bo‗lgan ehtiyojni qondirishdan iboratdir.
Mehmonxonalarda xodim bilan ishlash muammolaridan biri kadrlarni jalb qilish 
paytidagi mehnatga ko‗nikishini boshqarishdir. Xodimning mehmonxona bilan 
o‗zaro hamkorligi jarayonida ularning o‗zaro moslashuvi vujudga keladi, uning 
asosini xodim tomonidan sekin-asta mehnatning yangi kasbiy va ijtimoiy-iqtisodiy 
shart-sharoitlariga kirib borishi tashkil etadi.Ko‗nikishning ikki yo‗nalishi ajratib 
ko‗rsatiladi: 
- boshlang‘ich ko‗nikish, ya‘ni kasb faoliyati tajribasiga ega bo‗lmagan yosh 
kadrlarning moslashuvi (mazkur holda gap o‘quv yurtlarining bitiruvchilari haqida 
boradi); 
- ikkilamchi ko‗nikish, ya‘ni kasb faoliyati sohasida tajribaga ega bo‗lgan 
xodimlarning moslashuvi (odatda bular faoliyat obyektini o‗zgartiruvchilar yoki 
masalan, rahbar lavozimiga o‗tganda kasbiy rolini o‗zgartirganlar). 
Mehnat bozori faoliyat ko‗rsatayotgan sharoitda ikkilamchi ko‗nikishning 
ahamiyati ortadi. Bunda yosh xodimning birlamchi ko‗nikishiga katta e‘tibor 



56 
berayotgan xorijiy firmalarning ish tajribasini diqqat bilan o‗rganish zarur. 
Xodimning mazkur toifasi mehmonxonalar ma‘muriyati tomonidan alohida 
g‘amxo‗rlik ko‗rsatishga muhtoj bo‗ladilar. 
Xodimni ozod qilish yoki qisqartirishni rejalashtirish kadrlarni rejalashtirishda 
muhim ahamiyatga egadir. Ishlab chiqarish yoki boshqarishning ixchamlashuvi 
natijasida ishchi kuchining ortiqchaligi vujudga keladi. Xodimni ozod qilishni 
rejalashtirish tashqi mehnat bozoriga malakali kadrlarni berib yuborish va mazkur 
xodimlar uchun ijtimoiy qiyinchiliklar vujudga keltirishga barham berish imkonini 
tudiradi.Xodimni boshqarish sohasidagi mazkur faoliyat keyingi vaqtlargacha 
amalda vatanimiz mehmonxonalarida rivojlanmadi. 
Ishdan bo‗shayotgan xodim ishlarini rejalashtirish bo‗shash turlarini 
tasniflashga asoslanadi. Tasniflash mezoni sifatida xodimning mehmonxonadan o‗z 
ixtiyori bilan ketish darajasi hisoblanadi: 
-xodim tashabbusi, ya‘ni o‗z ixtiyori bilan; 
-ish beruvchi yoki ma‘muriyatning tashabbusi bilan; 
-pensiyaga chiqishi munosabati bilan. 
Mehmonxonadan ketish singari voqeaning muhimligi tufayli bo‗shovchi 
xodimlar bilan ishlashda xodimni boshqarish xizmatlarining asosiy vazifasi mana 
shu boshqa ishlab chiqarish, ijtimoiy, shaxsiy vaziyatga o‗tishni iloji boricha 
yumshatishdan iboratdir. Bular ayniqsa bo‗shashlarning keyingi ikki turiga 
taalluqlidir. 
Pensiyaga chiqish oqibatida mehmonxonadan ketish bo‗shashlarning avvalgi 
turlaridan farq qiladigan bir qator xususiyatlari bilan ajralib turadi. Birinchidan
pensiyaga chiqish oldindan ko‗zda tutilgan va vaqt jihatidan yetarli darajada aniqlik 
bilan rejalashtirilgan bo‗lishi mumkin. Ikkinchidan, bu voqea shaxsiy sohada jiddiy 
o‗zgarishlar bilan bog‘liqdir. Uchinchidan, kishining turmush tarzida muhim 
o‗zgarishning sodir bo‗lishi uning atrofidagilar uchun yaqqol ko‗zga tashlanib turadi. 
Nihoyat, pensiyaga ketishni baholashda insonga xos bo‗lgan ikki tomonlama fikr 
yuritish, o‗z-o‗zi bilan muayyan ixtilofga borish xosdir. Mehmonxonalarning yoshi 
ulg‘ayib qolgan xodimlarga munosabati (shuningdek, tegishli davlat siyosati ham) 
boshqaruv madaniyati darajasi va iqtisodiy tizim ma‘naviylik darajasining mezoni 
hisoblanadi. 
Kadrlardan foydalanishni rejalashtirish shtatdagi lavozimlarni to‗ldirish rejasini 
tuzib chiqish vositasida amalga oshiriladi. Ish o‗rnini belgilashda malaka belgilarini 
hisobga olish bilan bir qatorda insonga to‗g‘ri keladigan ruhiy va fiziologik 
yumushlarni (nagruzkalarni) va bu sohada da‘vogarning imkoniyatlarini ham hisobga 
olish zarur.Xodimdan foydalanishni rejalashtirish vaqtida ularga shunday talablar 
qo‗yiladiki, toki xodim kasb kasalligiga uchramasin, erta nogiron bo‗lib qolmasin, 
ishlab chiqarishda shikastlanmasin. Insonga munosib bo‗lgan mehnat sharoitlarini 
ta‘minlab berish kerak. Kadrlardan foydalanishni rejalashtirishda yoshlar, xotin-
qizlar, keksa xodimlar, jismoniy va ruhiy imkoniyatlari cheklangan shaxslarning 
bandligi masalalariga e‘tibor berish talab qilinadi. Xodimning bu toifalaridan 
ularning malakasi va imkoniyatlariga muvofiq foydalanish ayniqsa muhimdir. Ana 



57 
shu maqsadda mehmonxonada tegishli ish o‗rinlarini zaxira tarzida saqlab turish 
zarur. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling