O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Mehmonxona xo\'jaligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.Nizoli jarayonlarni boshqarish va ularni bartaraf etish yo„llari 6.Stress tushunchasi va stress sodir bo„lish jarayoni. Stress holatini boshqarish
11-MAVZU. MEHMONXONA XO„JALIGIDA NIZO VA STRESSNI BOSHQARISH Reja: 1.Nizo tushunchasi va uning turlari 2.Nizo jarayoni bosqichlari va uning oqibatlari 3.Mehmonxonalarda yuzaga keladigan nizolar xususiyati 4.Xodim va mijoz o„rtasidagi nizolar 5.Nizoli jarayonlarni boshqarish va ularni bartaraf etish yo„llari 6.Stress tushunchasi va stress sodir bo„lish jarayoni. Stress holatini boshqarish 1.Nizo tushunchasi va uning turlari O‗zbek tilining izohli lug‗atida nizo tushunchasi quyidagicha talqin qilinadi: "Nizo - bu o‗zaro kelishmovchilik yoki qarama-qarshilik, dushmanlik, adovat orqasida tug‗ilgan holat, munosabat; ixtilof, nifoq". Adovat, ixtilof, nifoq tufayli o‗zaro janjallar sodir bo‗ladi. Odamlar janjal haqida o‗ylaganlarida dushmanlik, qo‗rqitish, bosqinchilik, tortishuv kabi noxushliklarni nazarda tutishadi. Boshqarish jarayonida nizo - bu rahbar, ishchi va boshqa xodimlar o‗rtasida muayyan masalalarni hal qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir echimga kela olmaganligi tufayli vujudga keladigan vaziyatdir. Ishlab chiqarishdagi nizolar kishilar kayfiyatiga salbiy ta‘sir qiladi va ularning ish qobiliyatini pasaytiradi, jamoadagi "ruhiy iqlim"ni yomonlashtiradi, kadrlar qo‗nimsizligini ko‗paytiradi. Shuning uchun, bu masalalarga doimo e‘tibor berish, mehnat jamoalarini boshqarishni, kadrlar turg‗unligini ta‘minlovchi 59 shartlardan biridir. Ishlab chiqarishda nizoli vaziyatlar oldini olishning barcha imkoniyatlaridan foydalanish lozim. Nizo qanday xarakterga ega bo‗lmasin va u qay darajada katta bo‗lmasin, barcha hollarda nizoning sabablari hamda uni vujudga keltirgan holatlar diqqat bilan tahlil qilinishi lozim. Rahbar har bir aniq vaziyatning tagiga adolat va obyektivlik bilan etishi, tegishli xulosalar chiqarishi kerak. Sotsiologlar tadqiqotlarining ko‗rsatishicha, "ruhiy iqlim" yaxshi bo‗lgan hamda intizom ancha yuqori bo‗lgan joyda faqat iqtisodiy ko‗rsatkichlar yuksak emas, balki nizolar ham anchagina kam, xodimlarning o‗z mehnatidan katta qoniqish olayotgani ko‗zga tashlanib turadi. Xodimlar noroziligi yuksak talabchanlik va ishlab chiqarishning ba‘zi jihatlarini yaxshilash, bu bilan mehnat unumdorligini oshirish istagining natijasi sifatida ijobiy sabablarga ham ega bo‗lishi mumkin. Jamoa a‘zolarining prinsipialligi hamda kamchiliklar bilan murosa qilmaslik istagi jamoaning yuksak faolligi va tashabbusi tufayli yuzaga keladi. Ishlab chiqarishda nizoli vaziyatlar turli sabablarga ko‗ra vujudga kelishi mumkin. Ulardan: -mehnatni tashkil qilishdagi kamchiliklarni; -haq to‗lashning takomillashtirilmagani; -yomon mehnat sharoitlarini; -mehnat haqidagi qonunlarni buzishni; -rahbarlikning qoniqarsiz saviyasini; -o‗zaro munosabatlar madaniyatining past saviyasini va hokazolarni ko‗rsatish mumkin. Jamoa a‘zolari orasida nizolarning ko‗pchiligi quyidagi sabablar tufayli sodir bo‗ladi. Nizo sabablari 1. Resurslarni taqsimlashdagi adolatsizlik. 2. Vazifalarning — o‗zaro bog‗likligi. 3. Maqsadlardagi har xillik. 4. Erkinlik, mustaqillik va o‗z qadrini bilishdagi har xillik. 5. Manmanlik, qaysarlik. 6. Kommunikatsiya — o‗zaro aloqaning qoniqarsizligi. 3. Turizm va mehmonxona xo‗jaligi boshqaruvida nizolarning asosiy turlari. Nizolarning asosan to‗rt xili ko‗p uchrab turadi. Низо хиллари Ички шахсий низо шахслараро низо Шахс ва гурух уртасида низо Гурухлараро низо * очик низолар * конструктив низолар * ёпик низолар * деструктив низолар * объектив низолар * симметрик низолар * субъектив низолар * асимметрик низолар Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling