O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Nizo jarayoni bosqichlari va uning oqibatlari


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/84
Sana08.11.2023
Hajmi2 Mb.
#1756531
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   84
Bog'liq
Mehmonxona xo\'jaligi

2.Nizo jarayoni bosqichlari va uning oqibatlari 
Nizoning kelib chiqishi va to‗qnashishning sodir bo‗lishi bir butun jarayon 
bo‗lib, bu jarayon quyidagi -bosqichlarni o‗z ichiga oladi. 
Низоли вазият 
Низо сабалари 
Низонинг кенгайиб кетиши 
Вазиятни сезиш 
Низо келиб чикади 
Низони бошкариш 
Функционал окибатлар 
Низо келиб чикмайди 
Nizoning kelib chiqish va to„qnashish jarayoni modeli 
Bu jarayonning birinchi bosqichida nizo chiqishi uchun vaziyat tug‗iladi, 
ya‘ni tomonlar manfaatlarining qarama-qarshiligi obyektiv ravishda namoyon 
bo‗ladi. Ammo ochiqdan-ochiq to‗qnashuv sodir bo‗lmaydi. Bunday holat har 
ikkala tomon tashabbusi bilan yoki "merosdan" qolgan nizoning ta‘siri ostida 
vujudga kelishi mumkin. 
Nizoli vaziyatning obyektiv ravishda vujudga kelishiga bevosita qarama-
qarshi turuvchi tomonlarning o‗zlari yoki ularning muholiflari sababchi bo‗lishi 
mumkin. Ular turlicha daraja (rang)ga ega bo‗lgan tomonlardir. Masalan: 
• darajali muholiflar — bu shaxslar; 
• darajali muholiflar — bu guruhlar; 
• darajali muholiflar — bu mehmonxonalar; 
• darajali muholiflar — bu dialog chog‗ida o‗z-o‗zidan qaror qabul qiluvchi 
shaxslardir. Nizoning rivojlanishida va sodir bo‗lishida ularning ta‘siri deyarli 
bo‗lmaydi. 
Nizoli vaziyatning boshqa bir unsuri — bu ayni shu vaziyatni keltirib 
chiqaruvchi obyektdir. Ko‗pincha shu obyektni "bo‗lisha olmaslik" yoki uni 
"bo‗lishdagi" adolatsizlik sababli nizoli vaziyat vujudga keladi. Natijada 
ziddiyatga boruvchi tomonlar o‗zlarining manfaatlari yo‗lida hal qiluvchi 
mavqeini egallashga urinadilar. Nizoli vaziyatning tashqi unsurlari ham mavjud. 
Bular quyidagilardir: 
• haddan tashqari hissiyotga berilish; 
• fikrini aniq izhor eta olmaslik; 
• bir-birini tushunishini xohlamaslik; 
• asosga ega bo‗lmagan noshukurlik va hokazo. 
Nizo sabablari (2-bosqich) va uning kengayish ehtimoli (3-bosqich)ni o‗z 
vaqtida sezish, (4-bosqich) nizoning yuzaga chiqmaslikka olib keladi. Agar 
jarayonga e‘tiborsizlik bilan qaraladigan bo‗lsa, u holda nizoning kelib chiqishi 



62 
tabiiy (5-bosqich). Endi uni boshqarish (6-bosqich) zaruriyati tug‗iladi. 
Boshqarishning samaradorligiga qarab, nizoning oqibatlari funksional va 
difunksional ko‗rinishlarida bo‗lishi mumkin (7-bosqich).
Nizoning ettita funksional oqibati ma‘lum. Bu oqibatlar nizoni 
boshqarishning ijobiy samara berganligini ifodalaydi. Masalan, birinchi oqibat: 
• nizoni hal qilishda har ikkala tomon uchun ma‘qul qaror qabul qilinishida 
namoyon bo‗ladi. Qarama-qarshi tomonlar nizo echimiga teng manfaat nuqtai 
nazaridan yondoshilganidan mamnun qoladilar. Bunday oqibat o‗z navbatida nizo 
echimi bo‗yicha qabul qilinadigan qaror to‗siqlarini, ya‘ni qarama-qarshi 
tomonlarning bir-biriga bo‗lgan: 
• adovatni; 
• xusumatni; 
• dushmanlikni; 
• adolatsizlik kabi g‗arazli to‗siqlarni yumshatishga yoki butunlay 
yo‗qotishga imkon beradi. 
Funksional oqibatning boshqa ko‗rinishida qarama-qarshi tomonlarning 
ko‗proq hamkorlik qilishga, hattoki kelgusida ham o‗rtada nizo chiqarmaslikka 
bo‗lgan moyilliklari namoyon bo‗ladi. Funksional oqibat qarama-qarshi 
tomonlarning o‗zaro sir saqlashlari, go‗yo "aytiladigan fikr ular manfaatlariga zid 
keladi", degan gumon bilan atayin aytilmay qolgan fikrlarda ham o‗z aksini topishi 
mumkin. Aslini olganda, bunday oqibat ham qaror qabul qilish sifatini oshirishga 
undaydi, chunki bunday holat qarshi tomonning yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan 
nizo sabablari va obyektlarini yanada chuqurroq tahlil qilishga, unga "tashxis" 
qo‗yishga undaydi. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling