O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/84
Sana08.11.2023
Hajmi2 Mb.
#1756531
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   84
Bog'liq
Mehmonxona xo\'jaligi

Shaxslararo nizolar. 
Shaxslar o‗rtasidagi nizo ko‗p hollarda ularning u yoki bu masalaga bo‗lgan 
nuqtai nazarlarining mos tushmasligi, rahbarlar o‗rtasida resurslarni taqsimlash, 
xodimlar bilan rahbar o‗rtasida esa ish sharoitini qoniqarsizligi kabilar yuzasidan 
vujudga kelishi mumkin. Bir lavozimga ikki nomzod qo‗yilganda ham shu turdagi 
nizolar kelib chiqish hollari bo‗ladi. 
Shaxslar to‗qnashuvi ham shaxslararo nizo tufayli bo‗lishi mumkin. Zero, har 
xil toifa, fe‘ldagi odamlar hamma vaqt ham bir-birlarini tushunavermaydilar. 
Garchi bir ko‗rinishda bizga shundoq tuyulsada, shaxslararo nizolarning 75-80 
foizi moddiy manfaatdorlik zamirida sodir bo‗ladi. 
Shaxs bilan guruh o‗rtasidagi nizolar, odatda ayrim shaxsning u yoki bu 
narsaga nisbatan bo‗lgan fikrining yoki manfaatining guruh fikriga yoki 
manfaatiga mos tushmaslik oqibatida vujudga keladi. Aytaylik, biror oliygoh 



64 
dotsenti o‗zining asosiy ish joyidan tashqari pul topish maqsadida boshqa 2—3 
joyda, shu jumladan, firmada ishlayotgani umum kafedra manfaatiga zid keladi.
Chunki, kafedra jamoasi uning shuncha joyda ishlab asosiy ish joyidagi ishni 
qotira olmay, o‗lda-jo‗lda ishlashidan manfaatdor emas. Bunday qarama-qarshi 
holat ular o‗rtasida nizoning kelib chiqishiga sabab bo‗ladi. Xuddi shunday holat 
rahbarning biror-bir bo‗lim xodimlariga nisbatan qo‗llagan noo‗rin jazosi rahbar 
bilan guruh o‗rtasidagi to‗qnashuvga olib kelishi mumkin. Aholida shaxsning 
guruh bilan to‗qnashuvi ham alohida shaxs va guruh o‗rtasidagi kelishmovchilik 
oqibatida bo‗ladi.
Masalan, mahsulot ishlab chiqarishni ko‗paytirish yo‗llaridan biri uning 
narxini nisbatan pasaytirish yo‗lidir. Bu masalani korxona majlisida muhokama 
qilish jarayonida bir guruh xodimlar bunday yo‗l korxona zimmasiga yuklatilgan 
rejani bajarilishiga imkon berishini aytsa, boshqa bir xodim bunday yo‗l mahsulot 
sifatining pasayishiga, uning ustiga-ustak hozirgi ishlab chiqarayotgan 
mahsulotning sifati shundoq ham raqobatdosh korxonalarda ishlab chiqarilayotgan 
aynan shunday turdagi mahsulot sifatidan past ekanligiga shama qilib, bu yo‗lning 
noto‗g‗riligini isbotlamoqchi bo‗ladi. Bu erda bir guruh xodimlarning fikri alohida 
xodimning fikriga mos tushmayapti. Bunday holat ham nizo kelib chiqishi uchun 
sabab bo‗ladi. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling