O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/84
Sana08.11.2023
Hajmi2 Mb.
#1756531
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   84
Bog'liq
Mehmonxona xo\'jaligi

Nizo xillari 



60 
Mavhumligiga qarab, nizolar ochiq yoki yopiq ko‗rinishlarda bo‗lishi 
mumkin. 
Ochiq nizolar odatda qarama-qarshi tomonlarning ko‗z oldida, to‗g‗ridan-
to‗g‗ri vujudga keladi. Ular to‗qnashish sodir bo‗lgunga qadar to‗liq etilgan 
bo‗ladi. Bunday nizolar rahbariyat nazorati ostida turganligi sababli korxona 
uchun unchalik xavf tug‗dirmaydi va ularni boshqarish oson kechadi. 
Yopiq nizolar o‗ta xavflidir. Bunday nizolarni asta-sekin, belgilangan 
fursatda portlaydigan minaga o‗xshatsa bo‗ladi. Agar nizo hali "etilmagan" yoki 
ularni odamlar nigohidan yashirilsa, boshqacha qilib aytganda nizo kishilar 
"ichida" bo‗lsa, bilingki, bu nihoyat xavfli va uni boshqarish juda qiyin. 
Yopiq nizolar ko‗pincha fitna, ito, hiyla-nayrang, fisq-fasod shaklida 
rivojlanish oqibatida vujudga keladi. Ular oraga nifoq solish, buzg‗unchilikka 
qaratilgan bo‗lib, yolg‗onchiliq, uydirma, bo‗xton gaplar muholiflar uchun asosiy 
qurol vazifasini bajaradi. 
Ochiq nizolar ko‗pincha nido, chaqiriq shaklida rivojlanishi oqibatida 
vujudga keladi. Ular ochiqdan-ochiq chaqiriq, tovush chiqarish, da‘vat etishda o‗z 
ifodasini topadi. Bunda bir guruh xodimlar o‗zlariga qarama-qarshi bo‗lgan rasmiy 
yoxud norasmiy guruhlarning manfaatini o‗zining manfaati tomon burishga 
harakat qiladi. 
Xarakteriga qarab nizolar obyektiv yoki subyektiv nizolarga bo‗linadi. 
Obyektiv nizolarga korxonaning rivojlanish jarayonida yuzaga chiqadigan 
real kamchiliklar va muammolar bilan bog‗liq nizolar kiradi. Bu nizolar amaliy 
nizolar 
bo‗lib, 
ishlab 
chiqarishni 
rivojlantirish, 
rahbarlik 
uslubini 
takomillashtirish, korxonada normal "ruhiy iqlim" ni yaratish uchun xizmat qiladi. 
Subyektiv nizolarga kishilarning u yoki bu voqelikka bo‗lgan shaxsiy 
fikrlarining turlichaligi oqibatida vujudga keladigan nizolar kiradi. Bu nizolar 
tabiati bo‗yicha his-tuyg‗uga, hissiyotga berilish, qiziqqonlik oqibatida yuzaga 
chiqadi. Odatda, bunday nizolar bir-birini ruhan ko‗ra olmaydigan yoki bir-birini 
tushunmaydigan, yoxud tushunishni xohlamaydigan kishilarning qarama-qarshi 
fikrlari oqibatida vujudga keladi. 
Oqibat natijasiga qarab, nizolar konstruktiv va destruktiv nizolarga bo‗linadi. 
Konstruktiv nizolar korxonada maqsadga muvofiq o‗zgartirishlar qilinishini, 
oqibatda esa nizo chiqadigan obyekt (sabab)ni bartaraf etishni nazarda tutadi. 
Agar nizo hech qanday asosga ega bo‗lmasa, unda bu nizo destruktiv nizo deb 
yuritiladi. Bunday nizolar xodimlar o‗rtasidagi munosabatlarni barbod etadi, 
so‗ngra ishlab chiqarish jarayonini, boshqaruvchilarni izdan chiqarish payida 
bo‗ladi. 
Shuni nazarda tutish kerakki, har qanday konstruktiv nizo, agar o‗z vaqtida 
oldi olinmasa, destruktiv nizoga aylanadi, ya‘ni kishilar bir-biriga nisbatan 
nafratlarini namoyish etish, bo‗lar-bo‗lmasga tirnoq ostidan kir izlash, har bir 
so‗zdan ilgak topish, atrofdagilarning qadr-qimmatini erga urish, o‗zining fikrini 
zo‗rlab tirkash, etilgan muammolarni hal qilishdan bosh tortish harakatida 
bo‗laveradilar. 



61 
Aksariyat hollarda konstruktiv nizolarning destruktiv nizolarga aylanishi 
nizoda qatnashuvchilarning shaxsiy xislatlari bilan bog‗liq bo‗ladi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling