O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti
Chiziqli boshqaruv strukturasi. Funksional boshqaruv strukturasi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Mehmonxona xo\'jaligi
3.Chiziqli boshqaruv strukturasi. Funksional boshqaruv strukturasi
Boshqaruvning chiziqli (pog‗onali) tashkiliy tuzilmasi. Mehmonxonada chiziqli (pog‗onali) aloqalar pog‗ona menejeri, ya‘ni mehmonxona (qoida tariqasida, kichiq mehmonxona) yoki uning tarkibiy bo‗limlari (yirik mehmonxonada) faoliyati uchun to‗la 27 javob beruvchi shaxs qabul qilgan boshqaruv qarorlari va tarqatgan axborotning harakatini aks ettiradi. Bu boshqaruvning eng sodda tashkiliy tuzilmalaridan biridir. U har bir tarkibiy bo‗lim barcha vakolatlarga ega bo‗lgan, barcha boshqaruv funksiyalarini bajaradigan rahbar tomonidan boshqarilishi bilan tavsiflanadi. Korxona rahbari A pog‗ona rahbari B pog‗ona rahbari Ijrochilar ijrochilar Mehmonxonani boshqarishning chiziqli tuzilmasi Rasmdan ko‗rinadiki, chiziqli boshqarishda har bir bo‗g‗in va har bir xodim bitta rahbarga ega bo‗ladi. Boshqarishning barcha komandalari ana shu shaxs orqali bitta kanal bo‗ylab o‗tadi. Bu holda boshqaruv bo‗g‗inlari o‗zlari boshqaruvchi obyektlar faoliyatining barcha natijalari uchun javob beradilar. Bunda har bir obyektga alohida rahbar tayinlanadi va ularning har biri barcha turdagi ishlarni bajaradi va mazkur obyektni boshqarish bilan bog‗liq qarorlar qabul qiladi. Boshqaruvning chiziqli tuzilmasida qarorlar «yuqoridan pastga» zanjir bo‗ylab uzatilgani, boshqaruv quyi bo‗g‗inining rahbari nisbatan yuqori bo‗g‗in rahbariga bo‗ysungani uchun muayyan mehmonxona rahbarlarining o‗ziga xos ierarxiyasi shakllanadi. Ayni holda yakkaboshchilik prinsipi amal qiladi. Uning mohiyati shundan iboratki, barcha xodimlar faqat bitta rahbarning buyruqlarini bajaradi. Yuqori boshqaruv organi ijrochilarning bevosita boshlig‗ini chetlab o‗tib, ularga ko‗rsatma berish huquqiga ega bo‗lmaydi. Boshqaruvning chiziqli tuzilmasi mantiqan izchilroq va shaklan aniqroq bo‗lsa-da, uncha moslashuvchan emas. Mazkur tuzilma oddiy barqaror masalalarni echishga mo‗ljallanganligi sababli uning doirasida kompleks masalalarni echish ancha qiyin kechadi. Chiziqli tashkiliy tuzilmaning o‗ziga xos ijobiy tomonlari va kamchiliklari bor. Boshqaruv chiziqli tashkiliy tuzilmasining ijobiy tomonlari: 1) farmoyishlarning birligi va aniqligi; 2) ijrochilar harakatlarining muvofiqlashtirilganligi; 3) boshqarishning soddaligi (aloqa kanali bitta); 4) javobgarlik aniq belgilab qo‗yilishi; 5) vazifalar tezkor hal etilishi; 6) o‗z bo‗limi faoliyatining pirovard natijalari uchun rahbar shaxsan javob berishi. Boshqaruv chiziqli tashkiliy tuzilmasining kamchiliklari: 1) rahbarga katta talablar qo‗yiladi; u boshqaruvning barcha funksiyalari bo‗yicha samarali rahbarlikni ta‘minlash uchun har tomonlama puxta tayyorlangan bo‗lishi kerak; 2) qarorlarni rejalashtirish va tayyorlash bo‗limi mavjud emas; 3) axborot, qo‗l ostidagi xodimlar, yuqori rahbarlar bilan haddan tashqari ko‗p; 4) bunday boshqaruv sharoitida buyruqbozlik va rasmiyatchilik paydo bo‗lishi xavfi kuchli. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling