1.Mehmonxona xo„jaligida boshqaruvning tashkiliy tuzilmasining ahamiyati
Mehmonxonalar nafaqat iqtisodiy faoliyat korxonalarining muhim turi, balki
boshqarish maqsadlari va vazifalari bo‗limlar va muayyan xodimlar o‗rtasida
taqsimlanishi bilan tavsiflanuvchi murakkab tashkiliy tuzilma hamdir. Boshqarishning
tashkiliy tuzilmasi deganda bir-biriga bo‗ysunadigan tarzda joylashgan, boshqaruvchi va
boshqariluvchi tizimlar o‗rtasidagi aloqani ta‘minlovchi boshqaruv bo‗g‗inlarining
majmui tushuniladi.
Boshqarishning tashkiliy tuzilmasi mehmonxona muayyan kichiq tizimlarining
tarkibi, o‗zaro nisbati, joylashishi va o‗zaro aloqalaridan tarkib topadi. Bunday tuzilmani
tashkil etish eng avvalo, mehmonxonaning muayyan bo‗limlari o‗rtasida huquqlar va
javobgarlikni taqsimlashni nazarda tutadi. Mehmonxonani boshqarish tuzilmasida
quyidagi tarkibiy qismlar farqlanadi: boshqaruv bo‗g‗inlari (bo‗limlar), boshqaruv
darajalari (pog‗onalari) va boshqaruv aloqalari – gorizontal va vertikal aloqalar.
Boshqaruv bo‗g‗inlariga mehmonxonaning tarkibiy bo‗limlari, shuningdek, tegishli
boshqaruv funksiyalarini yoki ularning bir qismini bajaruvchi muayyan mutaxassislar
(masalan,
bir
nechta
tarkibiy
bo‗limlar faoliyatini tartibga soluvchi va
muvofiqlashtiruvchi menejerlar) kiradi. Boshqaruv bo‗g‗inini tashkil etish zamirida
boshqaruv muayyan funksiyasining bo‗lim tomonidan bajarilishi yotadi. Bo‗limlar
o‗rtasida o‗rnatiladigan aloqalar gorizontal xususiyatga ega bo‗ladi.
Boshqaruv darajasi deganda mehmonxonani boshqarish tizimida muayyan
pog‗onani egallaydigan boshqaruv bo‗g‗inlari majmui tushuniladi. Boshqaruv
pog‗onalari o‗rtasida vertikal aloqalar o‗rnatiladi va ular bir-biriga bo‗ysunadi:
boshqaruvning nisbatan yuqori pog‗onasi menejerlari muayyanlashtirilib, quyi
bo‗g‗inlarga tushiriladigan qarorlar qabul qiladi.
2.Tashkiliy tuzilma turlari
Mehmondo‗stlik sanoatini boshqarish amaliyotida tashkiliy tuzilmalarning quyidagi
turlari ayniqsa keng tarqalgan:
chiziqli (pog‗onali) tashkiliy tuzilma;
funksional tashkiliy tuzilma;
chiziqli-funksional tashkiliy tuzilma.
Do'stlaringiz bilan baham: |