O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Ilmiylik tamoyili. Majmuaviylik va tizimlilik tamoyili


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/84
Sana08.11.2023
Hajmi2 Mb.
#1756531
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   84
Bog'liq
Mehmonxona xo\'jaligi

3.Ilmiylik tamoyili. Majmuaviylik va tizimlilik tamoyili 
Boshqaruvning ilmiylik tamoyili avvalo jamiyat rivojlanishining obyektiv 
qonunlari va fan-texnika yutuqlaridan xabardor bo‗lishni talab qiladi. Uning yordami 
bilan xizmat ko‗rsatish va boshqaruvning zaruriy mutanosibligi ta‘minlanadi, 
boshqaruv qarorlaridagi xatolar kamaytiriladi hamda sifat va miqdor yutuqlariga 
erishish bajariladi.
Darhaqiqat, mehmonxonalarda ilmiylik tamoyili xizmat ko‗rsatish masalalarini 
hal qilishda iqtisodiy-matematik usullardan keng foydalanish, boshqaruvning 
maqsadli-dasturiy usullarini amalga kiritish, zamonaviy hisoblash texnikasi va 
boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlaridan foydalanishni ko‗zda tutadi. 
Tizimlilik va komplekslilik tamoyili mustaqil ahamiyatga ega bo‗lib, u 
boshqarilayotgan tizimning vertikal va gorizontal yo‗nalishlari bo‗yicha barcha 
xususiyatlarini qamrab olishni ko‗zda tutadi. Tizimlilik va komplekslilik tamoyili 



24 
mehonxonalarda boshqaruv usullarining tarqoqlikdagi tamoyillariga hamda bir 
daqiqalik foyda va ehtiros tufayli yuzaga keluvchi qarorlarga qarshi qo‗yiladi. U 
xizmat ko‗rsatishning bir maromda amalga oshirilishini ta‘minlashga xizmat qiladi 
va ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoit yaratadi. 
4.Markazlashgan demokratik tamoyil 
Yakka boshqaruv va kollegiallik mehmonxonani boshqarishning muhim 
tamoyillaridan biri bo‗lib, bu mehmonxona rahbarining o‗z vakolati doirasidagi 
masalalarni hal qilishda qonun tomonidan berilgan huquqlarga asosan bir o‗zi qaror 
qabul qilishi hamda mehmonxona faoliyati uchun shaxsan javobgarligini anglatadi. 
Bundan tashqari, yakka boshqaruv xodim buyruqlarni faqat bitta bevosita rahbardan 
olishini anglatadi. 
Kollegiallik tamoyili mehmonxona jamoasi bilan bog‗liq bo‗lgan qarorlarni 
qabul qilishdagi faol ishtiroki orqali ifodalanadi. Bu mehmonxonalarda 
boshqaruvning iroda bilan bog‗liq bo‗lgan usullarida kollegiallik yakka boshqaruv 
qarama-qarshilikni anglatadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida ushbu tamoyilning 
imkoniyatlari sezilarli ravishda kengaytirildi. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling