O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Turli maktablar asosida boshqaruv tamoyili


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/84
Sana08.11.2023
Hajmi2 Mb.
#1756531
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   84
Bog'liq
Mehmonxona xo\'jaligi

6.Turli maktablar asosida boshqaruv tamoyili 



21 
 
1.Mehmonxona xo„jaligida boshqaruv tamoyillari 
Menejer boshqaruv faoliyatini amalga oshiradi va boshqaruv vazifalarini hal 
qiladi. Natijada, u mehnat jamoasi a‘zosi sifatida u jamoaning boshqa a‘zolariga 
ta‘sir ko‗rsatish orqali mehnat natijalariga erishadi. Shuning uchun ham
mehmonxonada barcha menejerlar ham bir xil vazifani bajarmaydilar. Bu eng avvalo, 
boshqaruv darajasining vazifalari va funksiyalari bilan bog‗liq bo‗ladi. 
Bugungi kunda mehmonxona va restoran xo‗jaligidagi menejmentning hozirgi 
nazariyasi va amaliyoti menejerga qo‗yiladigan quyidagi talablarni ishlab chiqdi 
hamda ularga boshqaruvga yordam beradigan tamoyil sifatida qaraladi: 
-bilimlilik; 
-muayyan shaxsiy fazilatlarga egalik; 
-axloq qoidalariga rioya qilish
-ko‗nikmalar va mehmonxonachilik qobiliyati. 
Eng avvalo, mehmonxonalarda ish muomalasi axloqi qoidalariga rioya qilish 
menejerning ish prinsipiga aylanishi lozim. Bu yerda ish muomalasi axloqining 
qoidalari quyidagi belgilangan tamoyillardan iborat bo‗ladi: 
-daromadni oshirishga atrof-muhitni ifloslantirish yoki vayron qilish hisobiga 
erishilmasligi kerak; 
-raqobat kurashida faqat yo‗l qo‗yilgan usullarni qo‗llash, ya‘ni bozor o‗yini 
qoidalariga rioya qilish lozim; 
-moddiy ne‘matlarni odilona taqsimlash; 
-ishda va hayotda axloq qoidalariga rioya qilishda shaxsiy o‗rnak ko‗rsatish; 
-intizomlilik va axloqiy etuklik.
Avvalo, tamoyillar birinchi marta amerikalik muhandis F.Teylor, fransiyalik 
yirik tadbirkor A.Fayol va amerikalik menejment bilimdoni G.Emerson tomonidan 
ishlab chiqilgan. Ushbu tamoyillar asosida mehmonxonalarni boshqarishni tashkil 
qilish tizimi yaratilgan. 
Hozirgi paytda mehmonxonalarda bozor iqtisodiyotiga mos bo‗lgan quyidagi 
tamoyillar guruhi qo‗llanilmoqda:
-oliy maqsadga qarab intilish;
-mehnat taqsimoti;
-vakolat va javobgarlik;
-ishda yaxshi sharoit yaratib berish;
-intizom;
-ishlab chiqarishni takomillashtirish;
-xodimlarga adolatli munosabat va aqli raso bo‗lmoq;
-yakka boshqarish;
-tez, ishonchli, to‗la, aniq va doimiy hisob;
-yo‗nalishning birligi;
-ijtimoiy manfaatning shaxsiy manfaatdan yuqori bo‗lishi;
-xodimlarni rag‗batlantirish;
-operatsiyalarni normalash;
-markazlashtirish;



22 
-tartib;
-haqiqat;
-puxta bilimli maslahat berish;
-xodimlar ish joyini barqarorligi;
-tashabbus;
-mehmonxonaga sadoqat;
-yozma standart;
-kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‗yish. 
-samaradorlik. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling