O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti
Boshqarishning nazorat funksiyasi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Mehmonxona xo\'jaligi
3.Boshqarishning nazorat funksiyasi
Mehmonxona faoliyati davlatdagi qonunchilik, ijrochilik organlari orqali amalga oshiriladi, ya‘ni nazorat qilinadi. Boshqarish nazorati boshqaruv faoliyatining muhim vazifasidir. Uning mohiyati shundaki, nazorat xavfli holat paydo bo‗lishi mumkin bo‗lgan muammolarni oldindan aniqlash, echimlarini topish, ular o‗ta jiddiy bo‗lib ketmasliklari uchun zarur va yana faoliyatni muvaffaqiyatli rag‗batlantirish uchun ham qo‗llanishlari mumkin. Nazoratning asosiy ma‘nosi - mehmonxona faoliyatining haqiqiy natijalari haqida ma‘lumotlarni yig‘ish, ishlov berish, tahlil qilish, ularni rejadagi ko‗rsatkichlar bilan solishtirish, og‗ishlarni aniqlash, bu og‗ishlarning sabablarini tahlil qilish, qo‗yilgan maqsadlarga erishish uchun tadbirlar ishlab chiqish kabilardan iborat. Nazorat uch bosqichda o‗tkaziladi: nazorat oldi, joriy va yakuniy (xulosaviy). Ularni o‗tkazish tartibida uch tadbir bor: ishlangan standartlar va mezonlar, ular bilan muayyan natijalar, harakatlarga zarur o‗zgartirishlar qabul qilishni solishtirib ko‗rish. Nazorat - mehmonxona o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishini ta‘minlovchi jarayon. Boshqaruv nazoratining 3 qirrasi mavjud. Ular quyidagilardan: -standartlar o‘rnatilishi, ma‘lum vaqt oraligida bajarilishi kerak bo‘lgan maqsadlarni yaqqol aniqlashdan iborat; -erishilgan natijani baholash va kutilgan natija bilan solishtirish; -to‘g‘rilash va aniqlik kiritiladigan jarayon, 4 ta qaror qabul qilish va aloqa (kommunikatsiya, axborat almashinuv)ni talab etadi. To‘gri karor kabul kilish uchun mutanosib (adekvat) axborot kerak. Uni olish uchun ishonchli kommunikatsiya zarur bo‘ladi. 20 Biz biror-bir mehmonxonani ishlab turibdi deganimizda, unda ishlaydigan odamlar ma‘lum bir faoliyat bilan shug‗ullanishayotganligini nazarda tutamiz. Ko‗pchilik odamlar o‗z faoliyatlarini bir kunini (oylarni, yillarni, va boshqalarni) rejalashtirib olishadi. Keyin o‗sha rejalarini bajarish uchun kerakli resurslarni tashkil etadilar. Vaqt o‗tishi bilan bajargan ishlarini va ilgari oldiga qo‗ygan maqsad va vazifalar bilan solishtiradilar. Demak, biror oddiy ishni bajarish uchun ham oqibatda qanday natija kutilayotganligi, ishni qanday tashkil qilish, ishni bajarilishiga qiziqtirish va nazorat qilish kerak bo‗ladi. Bularning barchasi boshqaruv funksiyalari bo‗lib, rejalashtirish funksiyalari bilan uzviy bog‗langan bo‗ladi. Masalan, nazorat funksiyasining bajarilishi to‗g‗risida olingan axborot menejerga uning rejalari (rejalashtirish funksiyasi) qanday amalga oshirilayotganligi haqida ham ma‘lumot beradi. Ayni paytda nazorat motivatsiyani hisobga olgan va tashkillashtirilgan (motivatsiya va tashkil etish funksiyalari) bo‗lishi kerak. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling