O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Boshqaruv nazariyasi tushunchasi va mohiyati


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/84
Sana08.11.2023
Hajmi2 Mb.
#1756531
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
Bog'liq
Mehmonxona xo\'jaligi

3.Boshqaruv nazariyasi tushunchasi va mohiyati 
Ma‘lumki, bugungi kunda mehmonxona sohasining klassik boshqaruv tizimi 
hayotimizga kirib kelayotgan yangi informatsion texnologiyalar va ―nou-xau‖lar ta‘sir 
ko‗rsatmoqda va joriy qilingan markazlashgan rezervatsiya tizimlariga bog‗liq ravishda 
shakllanmoqda.
Mehmonxona faoliyati bilan shug‗ullanuvchi xodimlarning malakasini oshirish
ularga yangi informatsion texnologiyalarni o‗rgatish, shuningdek chipta sotish, normativ 
hujjatlar bilan ishlash madaniyatini oshirish dolzarb vazifa sifatida alohida tadqiqot olib 
borishni taqozo etadi.
Mazkur kursda mehmonxona xo‗jaliligining o‗rni hamda mehmonxona 
industriyasini rivojlantirish va boshqarishning muhim xususiyatlari bayon etiladi. Shu 
bilan birga, O‗zbekiston Respublikasida mehmonxona servisini boshqarishning 
zamonaviy usullari va ular samaradorligini oshirish imkoniyatlari ko‗rsatib berilgan. 
Ayniqsa, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mehmonxona xo‗jaligi 
korxonalari menejmentining yo‗nalishlari: turistlarni joylashtirish masalalari, mehnat 
jarayonlari 
boshqarish, 
tashkiliy-boshqaruv 
tuzilmani 
takomillashtirish, 
avtomatlashtirilgan boshqaruv axborot tizimlarini shakllantirish, shuningdek, biznesning 
samarali boshqaruv hisobini yuritish siyosatiga alohida e‘tibor qaratiladi.
4.Boshqaruv nazariyasining maqsadi va funksiyalari 
Mehmonxona industriyasining o‗ziga xos xususiyatlariga muvofiq boshqaruv 
siyosati belgilanadi: 
- asosiy mehmonxonalar xaftaning har kunida va kechayu-kunduz ishlaydi




- narxlar belgilab qo‗yilgan va yuqori, taklif ham qayd qilingan, ammo talabga 
bog‗liq holda ular mavsumiy o‗zgarib turadi; 
- bu industriya ham ishlab chiqarish va ham xizmat ko‗rsatish; 
- barcha xizmatlar bevosita mijozlarga qaratilgan, ammo taqdim etilgan mahsulot 
sezilarli yoki sezilarsiz tabiatga ega
- ko‗pgina jarayonlar uyg‗unlashgan, ulardan aksariyati ayni vaqtda bajariladi; 
- ko‗pincha juda ziq vaqt va yuqori daraja muvofiqlashuv (koordinatsiya) talab 
qilinadi; 
- menejerlardan asosan boshqaruv sohasida mahorat va yuqori professionallik talab 
qilinadi; 
- oliy toifali bo‗lishni talab qiladigan mehnatdan tashqari, oliy toifali bo‗lishni talab 
qilmaydigan mehnatlar mavjud; 
- aksariyat mehnatga kam ish xaqi to‗lanadi; 
- xodimlarni ishdan tashqari vaqtda ishlashga majbur qiladi; 
- ayol kishilar va yoshlarni soatbay mehnat xissalari katta; 
- aksariyat xodimlar o‗zga mamlakatdandir; 
- xodimlar qo‗nimsizligi katta. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling