O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Motivlashtirish vositasida boshqarish usuli


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/84
Sana08.11.2023
Hajmi2 Mb.
#1756531
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   84
Bog'liq
Mehmonxona xo\'jaligi

Motivlashtirish vositasida boshqarish usuli. 
Bu erda, 1 — rahbar bo‗ysunuvchilarga ehtiyoj va qiziqishlarni chetlab ta‘sir 
ko‗rsatadi (bu erda qarorlarning bajarilishi hech kimni qiziqtirmaydi); 2 — qo‗l 



98 
ostidagilarga faqat rahbarning ehtiyoji va qiziqishini inobatga olingan holda ta‘sir 
o‗gkaziladi (bu yerda qarorlarning bajarilishi faqat rahbarning manfaatini ko‗zlaydi); 3 
— boshqarish o‗zaro ta‘sir ostida amalga oshiriladi. Bu yerda qarorning bajarilishiga har 
ikkala tomon manfaatdor; 4 — ta‘sir qilish faqat bo‗ysunuvchilarning ehtiyoji va 
qiziqishiga asoslanadi. 
1,2 va 4 yondoshuvlar rahbar bilan xodimlar o‗rtasida qarshi harakatga olib keladi. 
Natijada rahbar va jamoa, rahbar va ayrim xodimlar ehtiyojlari o‗rtasida 
nomuvofiqlikning paydo bo‗lishiga sabab bo‗ladi. Shu sababli, rahbar motivlashtirishni 
faqat ehtiyoj va qiziqishlar yordamida amalga oshirishi lozim. 
Motivatsiya –bu firma maqsadi shuningdek shaxsiy maqsadlarga erishishda, mehnat 
samaradorligini oshirish uchun ishchilarning faolligiga qaratilgan menejer ishidir. 
Quyidagi savolni ko‗rib chiqishda menejment bu muammoni ikki aspektga bo‗ladi: 
sayohat motivatsiyasi, mehnat aloqalari motivatsiyasi. 
Sayohat motivatsiyasi. Sayohat maqsadi to‗g‗risidagi axborot birinchi navbatda 
turistlik bozorlarni to‗g‗ri tartiblarga ajratish va maqsadli bozorlarni aniqlash qaysikim 
turistlar oqimi va mashrutlarini boshqarish modellarini ishlab chiqish asosida amalga 
oshiriladi. Shu bilan birga har bir guruh a‘zosi o‗zining, guruhdan tashqari sayohat 
motivatsiyasi bo‗ladi.
Shuningdek, menejment uchun sayohat, sayohat sabablarini qanday qilib 
tizimlashtirish kerak degan savolga javob topish juda muhim. Bu savolga javob uchun 
quyidagi misolni ko‗rib o‗tamiz. Masalan, Janob Sh. arxitektor bo‗lib ishlaydi. U 
Barselonada bo‗lib o‗tadigan konferensiyada ishtirok etish uchun taklifnoma oldi. Janob 
Sh.Ispaniyaga borish uchun turli xil sabablari bor.
Bir tomondan, uni konferensiyaga qiziqtiradi, boshqa tomondan u ishonadiki 
Barselonada mart boshida issiq bo‗ladi va u quyoshdan bahra olish mumkin. Bundan 
tashqari yig‗ilishdan so‗ng bo‗sh vaqtlarida shahar bilan tanishish va muzeylarga borish 
mumkin. Bir so‗z bilan aytganda janob Sh.ni qanday motiv majbur qildi, qaror qabul 
qilishga va sayohatga borishga? Ushbu misoldan motivni ajratib ko‗rsatish mumkin 
emas.
Vaziyat shu bilan qiyinlashadiki, sayohatga chiqish sabablari eng avvalo uning 
ongida joylashadi, birinchi rejada esa bir nechta sabablar shakllanadi. Aynan shuning 
uchun sayohat motivatsiyasi haqida gapirish kerak. Shu bilan bog‗liq holda sayohat 
motivatsiyasining 5 ta asosiy guruhini ajratib ko‗rsatish mumkin. 
Jismoniy motivatsiya. Jismoniy motivatsiyasi dam olish, da‘volanish va sportga 
ajratiladi. Agar sayohatning asosiy sababi jismoniy kuchni tiklash bo‗lsa, birinchi 
o‗rinda dam olish turadi. Agar sog‗liqni tiklash kerak bo‗lsa, hal qiluvchi omil bo‗lib 
da‘volanish hisoblanadi. Agar sayohat davomida birinchi navbatda tananing harakat 
qilishi va chiniqish bo‗lsa, bunday holatda muhim jismoniy motivatsiya bo‗lib sport 
hisoblanadi. 
Ruhiy motivatsiya. Muhim ruhiy sayohat motivatsiyasi bo‗lib, har doimgi ruhiy 
charchoqliklardan ketish xohishi va vaziyatni o‗zgartirish hamda dam olish uchun biror 
bir yangiliklarni ko‗rishdir. Ruhiy motivatsiyaga, shuningdek taassurotni yangilash ham 
kiradi. Bu ikkala motivatsiya, jismoniy va ruhiy-zamonaviy turizm to‗g‗risida qanday 
qiziqish uyg‗otsa, menejment samaradorligida ham shunday bo‗ladi. 



99 
Madaniy motivatsiya. Ko‗p odamlar sayohat davomida o‗zlariga kerakli ijtimoiy 
aloqalarni izlaydi. Ular boshqa sayohatchilar bilan aloqa qilishga, ahillashadi yoki 
mahalliy aholi bilan tanishishni xoxlaydi. Bu guruh motivatsiyasining asosiy ma‘nosini 
do‗stlar, yangi tanishlar va qarindoshlarni ziyorat qilishni tashkil qiladi. 
Shaharlararo motivatsiya. Ma‘no jihatidan jismoniy va ruhiy motivatsiyadan keyin 
shaharlararo motivatsiya turadi. Bu guruh motivatsiyasiga boshqa mamlakatlar bilan 
tanishish, ularning odatlari, urf-odatlari va tillari bilan tanishish kiradi. Bu 
motivatsiyasiga ega kishilar o‗z shaxsini rivojlantirish maqsadida sayohat qiladilar. 
Bundan tashqari bunday sayohatchilarning maqsadi boshqalarni qoyil qoldirish.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling