O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/84
Sana08.11.2023
Hajmi2 Mb.
#1756531
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   84
Bog'liq
Mehmonxona xo\'jaligi

 



108 
18-MAVZU.
MEHMONXONA XO„JALIGIDA BOSHQARUV QARORLARI 
VA ULARNING IJROSINI TA‟MINLASH 
Reja: 
1.Boshqaruv qarorlarining ahamiyati 
2.Boshqaruv qarorlarining tasnifi 
3.Boshqaruv qarorlariga qo„yiladigan talablar 
4.Qarorlarni ishlab chiqish, qabul qilish, ijrosini ta‟minlash va nazorat qilish 
1.Boshqaruv qarorlarining ahamiyati 
Boshqaruv qarori muayyan muammoni hal qilishga yo‗naltirilgan ijtimoiy hujjatdir. 
Qarorlar qabul qilish menejer faoliyatining asosiy va eng mas‘uliyatli turlaridan biri 
hisoblanadi, chunki boshqarishning samaradorligi, binobarin, mehmonxona ishining 
samaradorligi boshqaruv qarorlari to‗g‗ri va o‗z vaqtida qabul qilinishiga bog‗liq 
bo‗ladi.
Qarorlar qabul qilish zaruriyati boshqarish jarayonining barcha bosqichlarida 
yuzaga keladi va boshqaruvchi mehnatining turli jihatlari bilan bog‗liq bo‗ladi. Garchi 
biz har birimiz kun davomida o‗nlab qarorlar (qaerda tushlik qilsam ekan? nima sotib 
olsam ekan? va h.k.) qabul qilsak-da, boshqaruv qarorlari qabul qilish kundalik shaxsiy 
hayotda qabul qilinuvchi qarorlardan ancha farq qiladi.
Menejer uchun qarorlar qabul qilish – doimiy va mas‘uliyatli ish. Har qanday 
darajadagi mehmonxona rahbari o‗z faoliyatida har qadamda muayyan qarorlar qabul 
qilish zaruriyatiga to‗qnash keladi. Qabul qilingan qarorlar nafaqat menejerga, balki 
boshqa odamlarga va aksariyat hollarda butun mehmonxonaga ham tegishli bo‗lganligi 
uchun mazkur jarayonning tabiati va mohiyatini tushunish boshqarish sohasida 
muvaffaqiyatga erishishni istagan har bir odam uchun juda muhimdir.
Menejer to‗g‗ri qarorlar qabul qilishga qodirligi uning muvaffaqiyatli faoliyati 
ko‗rsatkichlaridan biridir. Menejerlar boshqarishning to‗rt funksiyasini – rejalashtirish, 
tashkil etish, motivlashtirish va nazorat qilish funksiyalarini bajaradilar. Shu bois, ular 
har bir funksiya bo‗yicha muayyan qarorlar oqimi bilan ishlaydilar. Qarorni ishlab 
chiqish va qabul qilish – rahbar faoliyatidagi ijodiy jarayon. U quyidagi bosqichlarni o‗z 
ichiga oladi: 
1) maqsadni aniqlash va qo‗yish; 
2) muammoni o‗rganish; 
3) qabul qilinayotgan qarorlarning oqilonalik mezonlarini tanlash, bu mezonlarni va 
qabul qilinuvchi qarorlarning mumkin bo‗lgan oqibatlarini asoslash; 
4) qaror variantlarini ko‗rib chiqish; 
5) qarorni tanlash va uzil-kesil ta‘riflash; 
6) qarorni qabul qilish; 
7) qarorni ijrochilarga etkazish; 
8) qarorning ijrosi ustidan nazorat. 
Pirovardida boshqaruv qarori boshqarish faoliyatining natijasi sifatida namoyon 
bo‗ladi. Boshqaruv qaroriga boshqarish mehnatining asosiy turi, boshqaruv vazifalarini 
amalga oshirish imkonini beruvchi o‗zaro bog‗liq, muayyan maqsadga yo‗naltirilgan va 
mantiqan izchil boshqarish harakatlari majmui deb qaraladi.



109 
Qarorni har xil belgilarga qarab tasniflash mumkin. Ammo qaror qabul qilingan 
sharoit hal qiluvchi ahamiyatga ega. Odatda, qarorlar aniqlik sharoitida yoki 
tavakkalchilik (noaniqlik) sharoitida qabul qilinadi.
Aniqlik sharoitida menejer har bir qarorning natijalariga muayyan darajada ishonchi 
komil bo‗ladi. Tavakkalchilik (noaniqlik) sharoitida esa menejer faqat qarorning har bir 
varianti muvaffaqiyatini faqat taxmin qilishi mumkin.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling