O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/84
Sana08.11.2023
Hajmi2 Mb.
#1756531
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   84
Bog'liq
Mehmonxona xo\'jaligi

2.Boshqaruv qarorlarining tasnifi 
Boshqaruv qarorlarini tasniflashning boshqa mezonlari ham mavjud: 

qaror natijalarining amal qilish muddatiga qarab: uzoq, o‗rta va qisqa muddatli 
qarorlar; 

qabul qilishning takroriyligiga qarab: bir martalik (tasodifiy) va takrorlanuvchi 
qarorlar; 

qamrov darajasiga qarab: umumiy (barcha xodimlarga tegishli) va maxsus 
(muayyan sohaga tegishli) qarorlar; 

tayyorlash shakliga qarab: yakkaboshchilik qarorlari, gruppaviy va jamoaviy 
qarorlar; 

murakkablik darajasiga qarab: sodda va murakkab qarorlar; 

tartibga solish xususiyatiga qarab: konturli, strukturalashtirilgan va algoritmik 
qarorlar. Konturli qarorlar qo‗l ostidagi xodimlarning ish sxemasini taxminiy belgilaydi 
va qarorlarni amalga oshirish usullari va uslublari tanlashda ularga erkinlik beradi. 
Strukturalashtirilgan qarorlar qo‗l ostidagi xodimlarning qat‘iy tartibga solingan 
harakatlarini nazarda tutadi. Ular faqat ikkinchi darajali masalalarni hal qilishda 
tashabbus ko‗rsatishlari mumkin bo‗ladi. Algoritmik qarorlar qo‗l ostidagi xodimlar 
faoliyatini o‗ta qat‘iy tartibga soladi va ular tomonidan tashabbus ko‗rsatilishini deyarli 
istisno etadi.
M.Meskon, M.Albert va F.Xedouri taklif qilgan boshqaruv qarorlari tasnifi ham 
diqqatga sazovordir. Ular tashkiliy, intuitiv va oqilona qarorlarni ajratadilar. Tashkiliy 
qaror deganda rahbar o‗zi egallagan lavozim bilan belgilangan majburiyatlarni bajarish 
uchun tanlashi lozim bo‗lgan qaror tushuniladi. Tashkiliy qarorning maqsadi - 
mehmonxona oldiga qo‗yilgan vazifalar sari harakat. 
Tashkiliy 
qarorlar 
dasturlashtirilgan 
va 
dasturlashtirilmagan 
bo‗ladi. 
Dasturlashtirilgan qarorda muqobil variantlar soni cheklangan bo‗lib, mehmonxona 
belgilagan yo‗nalishlar doirasida ulardan eng ma‘qulini tanlash talab etiladi. 
Dasturlashtirilmagan qarorlar yangi vaziyatlarda qabul qilinadi. Ular ichdan 
strukturalashtirilmagan yoki noma‘lum omillar bilan bog‗liq bo‗ladi. Mehmonxona 
maqsadini tanlash, mahsulotni yaxshilash, tuzilmani takomillashtirish bilan bog‗liq 
qarorlar shular jumlasidandir.
Mohiyat e‘tibori bilan, tashkiliy qarorlar qabul qilish jarayoni mehmonxonani 
boshqarish jarayoni bilan chambarchas bog‗liq.
Intuitiv qarorlarni menejer intuitiv tarzda qabul qiladi. Bunday qarorlar qabul 
qilishga odatda boshqaruv tajribasi katta menejerlar moyildirlar.
Mehmonxona kompleksiga tatbiqan boshqaruv qarorlarini tasniflashning quyidagi 
mezonlarini qayd etish mumkin: 



110 
1) 
strukturalashtirilganlik 
darajasiga 
qarab 
(dasturlashtirilgan 
va 
dasturlashtirilmagan qarorlar);
2) mazmuniga qarab (yuridik, iqtisodiy, texnik va b.); 
3) qaror qabul qilishda ishtirok etuvchi shaxslar soniga qarab (gruppaviy va 
individual); 
4) boshqarish darajasiga qarab (oliy, o‗rta, quyi); 
5) maqsadlar miqdoriga qarab (bir maqsadli va ko‗p maqsadli). 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling