O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


-MAVZU. MEHMONXONA XIZMATLARINI BOSHQARISHDA


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/84
Sana08.11.2023
Hajmi2 Mb.
#1756531
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   84
Bog'liq
Mehmonxona xo\'jaligi

19-MAVZU.
MEHMONXONA XIZMATLARINI BOSHQARISHDA 
STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISH
Reja: 
1.Mehmonxona xizmatlarini standarlashtirish va sertifikatlashning ahamiyati 
2.Mehmonxona xizmatlarini standartlash jarayonlari 



114 
3.Mehmonxona xizmatlarini sertifikatsiyalash jarayonlari 
 
1.Mehmonxona xizmatlarini standarlashtirish va sertifikatlashning ahamiyati 
Standartlashtirish. Standartlashtirish – ijro etish majburiy bo‗lgan hamda ijro etish 
tavsiya etiladigan talablar, normalar, qoidalar va shartlarni ishlab chiqish va belgilashga 
yo‗naltirilgan, iste‘molchining lozim darajadagi sifatli xizmatlarni ma‘qul narxda xarid 
qilish huquqini, shuningdek mehnatning xavfsizligi va qulayligini ta‘minlovchi faoliyat.
Standartlashtirishning maqsadi – amalda mavjud, rejalashtirilgan yoki mo‗ljal 
qilingan vazifalarni hal qilish uchun muayyan sohada belgilangan qoidalar, talablar, 
normalardan keng va ko‗p karra foydalanish yo‗li bilan oqilona tartib o‗rnatilishiga 
erishish. Standartlashtirishning umumiy va tor maqsadlari farqlanadi.
Umumiy maqsadlar, eng avvalo, tushunchaning mazmunidan kelib chiqadi. 
Umumiy maqsadlarning muayyanlashtirilishi majburiy hisoblangan standartlarning 
talablari bajarilishi bilan bog‗liq. Ularga odamlar hayoti va sog‗lig‗i, atrof-muhit va mol-
mulk uchun xizmatlarning xavfsizligini, fan-texnika taraqqiyotining rivojlanish 
darajasiga muvofiq xizmatlar sifatini, barcha turdagi resurslarning tejalishini, xo‗jalik 
obyektlarining har xil (tabiiy va texnogen) ofatlar va favqulodda holatlar yuzaga 
kelishining oldini olish bilan bog‗liq xavfsizligini ta‘minlovchi normalar, talablar va 
qoidalarni ishlab chiqish kiradi.
Standartlashtirishning tor (muayyan) maqsadlari ma‘lum faoliyat sohasiga, umuman 
xizmatlar sohasiga, u yoki bu korxonaga, muayyan xizmatga va hokazolarga talluqli. 
Standartlashtirish standartlashtirish obyekti (predmeti) va standartlashtirish sohasi kabi 
tushunchalar bilan bog‗liq.
Standartlashtirish obyekti – muayyan talablar, shartlar, parametrlar, qoidalar va 
sh.k. ishlab chiqiladigan xizmat, xizmat ko‗rsatish jarayoni. Standartlashtirish umuman 
obyektga yoki uning tarkibiy qismlariga taalluqli bo‗lishi mumkin.
Standartlashtirish sohasi – standartlashtirishning o‗zaro bog‗liq obyektlari majmui. 
Masalan, mehmonxona sanoati standartlashtirish sohasi hisoblanadi, muayyan 
mehmonxona xizmatlari: mehmonlarni rasmiylashtirish va joylashtirish xizmatlari, 
nomerlarni tozalash xizmatlari, ovqatlantirish xizmatlari standartlashtirish obyektlari 
bo‗lishi mumkin.
Standartlashtirish har xil darajada amalga oshiriladi. Standartlashtirish darajasi 
standartni jahonning qaysi jug‗rofiy, iqtisodiy, siyosiy mintaqasi ishtirokchisi qabul 
qilishiga qarab farq qiladi. Standartlashtirish amalga oshirilayotgan darajaga qarab: 

xalqaro standartlashtirish – istalgan mamlakatning tegishli organlari uchun 
ochiq faoliyat; 

mintaqaviy standartlashtirish – jahonning bir jug‗rofiy, siyosiy yoki iqtisodiy 
mintaqasida joylashgan davlatlarning tegishli organlari uchun ochiq faoliyat; 

milliy standartlashtirish – bir muayyan davlatdagi standartlashtirish farqlanadi. 
O‗z navbatida, milliy standartlashtirish turli darajada: davlat, tarmoq, iqtisodiyotning 
muayyan sektori darajasida, uyushmalar, birlashmalar, korxonalar darajasida amalga 
oshirilishi mumkin.
Halqaro va mintaqaviy standartlashtirish tegishli halqaro va mintaqaviy 
mehmonxonalarga a‘zo mamlakatlarning mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.



115 
Sertifikatlashtirish – muayyan xizmat qo‗yilgan talablarga javob berishiga uchinchi 
tomon yozma kafolat berishi bilan bog‗liq taomil. Uchinchi tomon deganda xizmatlar 
ko‗rsatuvchiga (birinchi tomonga) ham, iste‘molchiga (ikkinchi tomonga) ham bog‗liq 
emas deb e‘tirof etilgan shaxs yoki organ tushuniladi.
Taomillar, qoidalar, sinovlar hamda sertifikatlashtirish jarayonining tarkibiy qismi 
hisoblangan boshqa harakatlar muayyan omillarga qarab har xil bo‗lishi mumkin. 
Mazkur omillar orasida standartlashtirish, sifat va bevosita sertifikatlashtirishga taalluqli 
qonun hujjatlari muhim o‗rin tutadi. Muvofiqlikni isbotlash muayyan sertifikatlashtirish 
tizimida amalga oshiriladi. ISO

MEK 2 qo‗llanmasiga muvofiq, bu sertifikatlashtirishni 
o‗z qoidalariga binoan amalga oshiruvchi tizimdir.
Umumiy tarzda sertifikatlashtirish tizimi quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil 
topadi:

tizimni boshqaruvchi, uning faoliyatini nazorat qiluvchi markaziy organ. U 
sertifikatlashtirishni amalga oshirish huquqini boshqa organlarga o‗tkazishi ham 
mumkin; 

sertifikatlashtirishni amalga oshirish qoidalari va tartibi; 

sertifikatlashtirishni amalga oshirishni tartibga soluvchi normativ hujjatlar; 

sertifikatlashtirish taomillari (sxemalari); 

inspeksiya nazorati tartibi. 
Xizmatlarni sertifikatlashtirish markaziy (milliy) organda akkreditatsiyadan o‗tgan 
organlar tomonidan amalga oshiriladi. Sertifikatlashtirish organi vazifalarini mustaqillik 
va kasbga layoqatlilik talablariga javob beradigan, kamida ikkita ekspert-auditorga ega 
bo‗lgan korxona va mehmonxonalar bajarishi mumkin.
Sertifikatlashtirish tizimlari milliy, mintaqaviy va halqaro miqyoslarda faoliyat 
ko‗rsatishi mumkin. Agar sertifikatlashtirish tizimi muayyan xizmatlar turining 
muvofiqligini isbotlash bilan shug‗ullansa, bu turdosh xizmatlarni sertifikatlashtirish 
tizimidir. U o‗z faoliyatida ayni bir xil xizmatlarga taalluqli standartlar, qoidalar va 
tartib-taomillarni qo‗llaydi.
Sertifikatlashtirish majburiy va ixtiyoriy xususiyatga ega bo‗lishi mumkin.
Majburiy sertifikatlashtirish qonunlar va qonun hujjatlariga muvofiq amalga 
oshiriladi va mehmondo‗stlik xizmatlari texnik reglamentlarning talablariga, 
standartlarning majburiy talablariga muvofiqligini tasdiqlashni ta‘minlaydi. Bunda 
odamlarning hayoti, sog‗lig‗i, xavfsizligini saqlashga majburiy talablar qo‗yiladi.
Majburiy sertifikatlashtirish «Iste‘molchilarning huquqlarini himoya qilish 
to‗g‗risida», «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‗g‗risida»gi qonunlar 
bilan belgilangan. Majburiy sertifikatlashtirishni amalga oshirish uchun majburiy 
sertifikatlashtirish tizimlari tashkil etiladi. Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‗lgan 
obyektlar nomenklaturasi davlat boshqaruvi darajasida belgilanadi.
Ixtiyoriy sertifikatlashtirish yuridik yoki jismoniy shaxslarning tashabbusi bilan 
arizachi va sertifikatlashtirish organi o‗rtasida tuzilgan shartnoma shartlarida amalga 
oshiriladi. Ixtiyoriy sertifikatlashtirish haqida qaror qabul qilinishi odatda xizmatlarning 
raqobatbardoshligi, xizmatlarni bozorga (ayniqsa, xorijiy bozorga) chiqarish, tanlashda 



116 
ko‗proq sertifikatlashtirilgan xizmatlarga qarab mo‗ljal oluvchi xaridorlarning talablari 
muammolari bilan bog‗liq.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling