O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti
Mehmonxona xizmatlarini standartlash jarayonlari
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Mehmonxona xo\'jaligi
2.Mehmonxona xizmatlarini standartlash jarayonlari
Standartlashtirish jarayonida standartlashtirish obyektiga doir normalar, qoidalar, talablar, shartlar ishlab chiqiladi va normativ hujjat tarzida rasmiylashtiriladi. Normativ hujjatlarning turlari Standartlashtirish halqaro mehmonxonai (ISO) tomonidan tuzilgan ISO MEK 2 qo‗llanmasida tavsiya etilgan. Bular standartlar, texnik shartlar, qoidalar to‗plamlari, reglamentlardir. Standart – muayyan kelishuvga ko‗ra ishlab chiqilgan, e‘tirof etilgan organ tomonidan tasdiqlangan, ma‘lum sohada oqilona tartib o‗rnatishga yo‗naltirilgan normativ hujjat. Standartda faoliyatning har xil turlari yoki ularning natijalariga doir umumiy yoki ko‗p karra qo‗llaniladigan umumiy prinsiplar, qoidalar, shartlar belgilanadi. Standart fan, texnika va amaliy tajribaning umumlashtirilgan natijalariga asoslanishi, jamiyat uchun mumkin qadar ko‗proq foyda keltirishga yo‗naltirilishi lozim. ISO MEK 2 qo‗llanmasi standartlashtirish bo‗yicha halqaro tajribani umumlashtirib, standartlarning qo‗llash mumkin bo‗lgan quyidagi turlarini tavsiya etadi: asosiy standart keng amal qilish sohasiga ega bo‗ladi yoki ma‘lum soha uchun umumiy qoidalarni o‗zida jamlaydi. Asosiy standart bevosita standart sifatida qo‗llanishi yoki boshqa standartlarga asos bo‗lib xizmat qilishi mumkin; terminologik standart, qoida tariqasida, muayyan ta‘rif, ayrim hollarda esa – izoh, illyustratsiya va h.k. beriladigan atamalarga nisbatan amal qiladi. Misol uchun, quyidagi atamalar standartlashtirilishi mumkin: mehmonxona xizmati, umumiy ovqatlanish xizmati, mehmonxona, restoran, kafe, bar va h.k.; sinov uslublari standarti har xil sinovlar va ular bilan bog‗liq harakatlar uslubikasi, qoidalari, taomillarini belgilaydi; xizmat, jarayon, mahsulot standarti xizmat, jarayon, mahsulotning o‗z maqsadiga muvofiqligini ta‘minlash uchun ular qanoatlantirishi lozim bo‗lgan talablarni belgilaydi; muvofiqlik standarti mahsulot yoki tizimlarning ular qo‗shiladigan joylardagi muvofiqligi bilan bog‗liq talablarni belgilaydi; ochiq ifodalarga ega bo‗lgan, standartni identifikatsiya qilmaydigan standart xizmat yoki jarayonni muayyanlashtirish uchun miqdorlar yoki boshqa ko‗rsatkichlar ko‗rsatilishi lozim bo‗lgan tafsilotlar ro‗yxatidan tashkil topadi. Qoida tariqasida, bunday ma‘lumotlar ishlab chiqaruvchi yoki iste‘molchi tomonidan shartnoma munosabatlarida muayyanlashtiriladi. Texnik shartlar hujjati xizmat (mahsulot, jarayon) qanoatlantirishi lozim bo‗lgan texnik talablarni belgilaydi. Texnik shartlar hujjatida, zarur holda, mazkur talablarga rioya qilingan-qilinmaganligini aniqlash tartib-taomillari ko‗rsatilishi lozim. Qoidalar to‗plami – loyihalash, tayyorlash, xizmat ko‗rsatish, foydalanish texnik qoidalari yoki tartib-taomillarini tavsiya etuvchi hujjat. Reglament – majburiy huquqiy normalar ifodalangan va hokimiyat organi tomonidan qabul qilingan hujjat. 117 Inson faoliyatining barcha sohalarida halqaro savdo va halqaro hamkorlikning rivojlanishi obyektiv tarzda milliy standartlarni muvofiqlashtirish (uyg‗unlashtirish), xalqaro standartlar ishlab chiqish va ularni amalda keng qo‗llashni taqozo etdi. Sifatni boshqarish sohasidagi jahon tajribasi 1987 yil martda qabul qilingan va 1994 yilda yangilangan ISO 9000-9004 halqaro standartlar paketida jamlangan. ISO 9000 standartlari o‗z klassik variantida sanoat uchun ishlab chiqilgan edi. Biroq, ularda bayon etilgan sifat tizimlari falsafasi universaldir. Shu bois, hozirda turli faoliyat sohasidagi korxonalar va mehmonxonalar bu metodologiyadan faol foydalanmoqdalar. SHuni qayd etish kerakki, chet elda minglab mehmonxonalar va restoranlar o‗z sifat tizimlarini milliy va halqaro sertifikatlashtirish tizimlarida ro‗yxatdan o‗tkazadilar. Bu ularga raqobat kurashida muayyan ustunliklar beradi. ISO 9004-2 «Sifatni umumiy boshqarish va sifat tizimi elementlari. 2-qism. Xizmatlar bo‗yicha rahbar ko‗rsatmalar» halqaro standartining qabul qilinishini xizmatlar sifatini boshqarish sohasida jahon tajribasi erishgan yutuq deb hisoblash mumkin. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling