O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/84
Sana08.11.2023
Hajmi2 Mb.
#1756531
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   84
Bog'liq
Mehmonxona xo\'jaligi

 
20-MAVZU.
MEHMONXONA XO„JALIGINI BOSHQARISH 
SAMARADORLIGI 
Reja: 
1.Mehmonxona boshqaruvida samaradorlikka erishish
2.Boshqaruvning samaradorlik ko„rsatkichlari 
3.Boshqaruv samaradorligiga ta‟sir etuvchi omillar 
4.Boshqaruv samaradorligini oshirish yo„llari 
1.Mehmonxona boshqaruvida samaradorlikka erishish 
Turizm va mehmonxona faoliyati – bu barcha davlatlarning ijtimoiy, madaniy, 
ma‘rifiy, iqtisodiy sohalariga hamda ularning halqaro iqtisodiy munosabatlariga bevosita 
ta‘sir qiladigan faoliyat turidir. 
Mehmonxona industriyasining jamiyatga va turizmni rivojlantirishga ta‘siri 
kuchayib borayotgani bois uning samaradorligini tadqiq etish zarurati vujudga keladi. 
Mehmonxona 
industriyasida 
menejmentning 
samarasiga 
to‗g‗ri baho berish 
mehmonxonalarning hozirgi holati va rivojlanish tamoyiliga faol ta‘sir qilish, ularning 
hajmini belgilab berish, boshqarilmaydigan hodisalar va jarayonlarni kuzatish
mehmonxonalar va ularning tarkibiy bo‗linmalarini rivojlantirishni farazlash va 
rejalashtirish imkonini beradi.



119 
Ammo shuni nazarda tutish kerakki, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridan 
samaradorlikni aniqlashning ma‘lum usullarini ko‗r-ko‗rona ko‗chirishning ma‘nosi 
yo‗q. Mehmonxonalarning o‗ziga xosligiga asoslanib, uning samaradorligini aniqlash 
uchun nimalarni hisoblash zarurligini aniq bilib olish lozim. Chunki mehmonxona 
industriyasining samarasi yo mehmonxonaga keluvchi turistlar soni bilan, yoki o‗ziga 
xos mahsulot ishlab chiqaruvchi turizm tijorat bo‗linmalari faoliyatining hajmi bilan 
aniqlanadi. 
Mehmonxona industriyasi faoliyatining keng doiradagi turlarini o‗z ichiga oladi va 
uni faqat dam olish bilan bog‗liq hodisa sifatidagi an‘anaviy tasiy tasavvur doirasidan 
chetga chiqadi, shu sababli uning samarasiga ancha sodda va kam mehnat talab qiladigan 
sanoat uchun xos bo‗lgan takliflar nuqtai nazaridan emas, balki iste‘molchining alohida 
turining talablari nuqtai nazaridan qaramoq lozim. 
Boshqa tarmoqlarda tijorat korxonalari tovar ishlab chiqarish va xizmat bilan 
shug‗ullanadi. Lekin, mehmonxona industriyasini faqat tovarlar (xizmatlar) ishlab 
chiqarishdan iborat deb bo‗lmaydi, chunki faoliyatning bu turi ishlab chiqariladigan 
tovar 
(xizmat)ning 
qandayligiga 
qarab 
emas, 
ko‗proq turizm mahsuloti 
iste‘molchilarining xususiyatlari va miqdoriga qarab aniqlanadi. Demak mehmonxona 
industriyasining samarasi uning har qanday mahsulotining pirovard iste‘molchisiga 
bog‗liq, bu ko‗p darajada iste‘molchining qandayligiga va kamroq darajada mahsulot 
turiga bog‗liq. 
Mehmonxona mahsulotining iste‘molchisi samaradorlikning mahim elementi 
ekanligini aniqlab, uning puli mehmonxona tovariga yoki xizmatiga almashtirilishini 
ko‗zda tutamiz, bu esa «mehmonxona xarajatlari»ga olib keladi. Har qanday xarajat 
tarmoq faoliyatining samarasiga bevosita ta‘sir qiladi. Shu sababli, turizm xarajatlariga 
tegishli ma‘lumotlar mehmonxona xo‗jaligini boshqarish asosiga qo‗yilgan eng muhim 
jihat hisoblanadi. Undan mehmonxona industriyasining milliy iqtisodiyot va 
mehmonxona industiyasining turli sektorlariga ta‘sirini kuzatish va baholash uchun 
foydalaniladi. 
Menejment samarasi inson faoliyatining turli sohalarini qamraydi. Ishni samarali 
yuritish, natijali, unumli ishlashni bildiradi. Samaradorlik maqsadga qarata ta‘sir qilishga 
o‗xshashdir. Shuning uchun, u boshqaruv tusida bo‗lib, qo‗yilgan maqsadlarga erishish 
darajasini aks ettiradi. Demak, samaradorlikni natija va maqsadning yoki natija va uni 
olishga xarajatning nisbati deb qarash kerak.
Mehmonxona xo‗jaligini boshqarish ham ana shunga asoslangan. «Mehmonxona 
industriyasi» tushunchasi birlashtiradigan barcha kichik tizimlarning samarali ishlashi 
to‗g‗risida bormoqdaki, bozor iqtisodiyotida boshqaruvchi tizim uning samarali 
ishlashini ta‘minlaydi. Shuning uchun ham, turizmda menejmentning samaradorligi 
deganda bu tarmoqdagi har bir tashkiliy-xo‗jalik bo‗g‗inning muvaffaqiyatli ishlashi va 
rivojlanishini ta‘minlaydigan boshqaruvni tushunmoq kerak.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling