O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Mehmonxona xo\'jaligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Mehmonxona boshqaruvida samaradorlikka erishish
20-MAVZU. MEHMONXONA XO„JALIGINI BOSHQARISH SAMARADORLIGI Reja: 1.Mehmonxona boshqaruvida samaradorlikka erishish 2.Boshqaruvning samaradorlik ko„rsatkichlari 3.Boshqaruv samaradorligiga ta‟sir etuvchi omillar 4.Boshqaruv samaradorligini oshirish yo„llari 1.Mehmonxona boshqaruvida samaradorlikka erishish Turizm va mehmonxona faoliyati – bu barcha davlatlarning ijtimoiy, madaniy, ma‘rifiy, iqtisodiy sohalariga hamda ularning halqaro iqtisodiy munosabatlariga bevosita ta‘sir qiladigan faoliyat turidir. Mehmonxona industriyasining jamiyatga va turizmni rivojlantirishga ta‘siri kuchayib borayotgani bois uning samaradorligini tadqiq etish zarurati vujudga keladi. Mehmonxona industriyasida menejmentning samarasiga to‗g‗ri baho berish mehmonxonalarning hozirgi holati va rivojlanish tamoyiliga faol ta‘sir qilish, ularning hajmini belgilab berish, boshqarilmaydigan hodisalar va jarayonlarni kuzatish, mehmonxonalar va ularning tarkibiy bo‗linmalarini rivojlantirishni farazlash va rejalashtirish imkonini beradi. 119 Ammo shuni nazarda tutish kerakki, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridan samaradorlikni aniqlashning ma‘lum usullarini ko‗r-ko‗rona ko‗chirishning ma‘nosi yo‗q. Mehmonxonalarning o‗ziga xosligiga asoslanib, uning samaradorligini aniqlash uchun nimalarni hisoblash zarurligini aniq bilib olish lozim. Chunki mehmonxona industriyasining samarasi yo mehmonxonaga keluvchi turistlar soni bilan, yoki o‗ziga xos mahsulot ishlab chiqaruvchi turizm tijorat bo‗linmalari faoliyatining hajmi bilan aniqlanadi. Mehmonxona industriyasi faoliyatining keng doiradagi turlarini o‗z ichiga oladi va uni faqat dam olish bilan bog‗liq hodisa sifatidagi an‘anaviy tasiy tasavvur doirasidan chetga chiqadi, shu sababli uning samarasiga ancha sodda va kam mehnat talab qiladigan sanoat uchun xos bo‗lgan takliflar nuqtai nazaridan emas, balki iste‘molchining alohida turining talablari nuqtai nazaridan qaramoq lozim. Boshqa tarmoqlarda tijorat korxonalari tovar ishlab chiqarish va xizmat bilan shug‗ullanadi. Lekin, mehmonxona industriyasini faqat tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqarishdan iborat deb bo‗lmaydi, chunki faoliyatning bu turi ishlab chiqariladigan tovar (xizmat)ning qandayligiga qarab emas, ko‗proq turizm mahsuloti iste‘molchilarining xususiyatlari va miqdoriga qarab aniqlanadi. Demak mehmonxona industriyasining samarasi uning har qanday mahsulotining pirovard iste‘molchisiga bog‗liq, bu ko‗p darajada iste‘molchining qandayligiga va kamroq darajada mahsulot turiga bog‗liq. Mehmonxona mahsulotining iste‘molchisi samaradorlikning mahim elementi ekanligini aniqlab, uning puli mehmonxona tovariga yoki xizmatiga almashtirilishini ko‗zda tutamiz, bu esa «mehmonxona xarajatlari»ga olib keladi. Har qanday xarajat tarmoq faoliyatining samarasiga bevosita ta‘sir qiladi. Shu sababli, turizm xarajatlariga tegishli ma‘lumotlar mehmonxona xo‗jaligini boshqarish asosiga qo‗yilgan eng muhim jihat hisoblanadi. Undan mehmonxona industriyasining milliy iqtisodiyot va mehmonxona industiyasining turli sektorlariga ta‘sirini kuzatish va baholash uchun foydalaniladi. Menejment samarasi inson faoliyatining turli sohalarini qamraydi. Ishni samarali yuritish, natijali, unumli ishlashni bildiradi. Samaradorlik maqsadga qarata ta‘sir qilishga o‗xshashdir. Shuning uchun, u boshqaruv tusida bo‗lib, qo‗yilgan maqsadlarga erishish darajasini aks ettiradi. Demak, samaradorlikni natija va maqsadning yoki natija va uni olishga xarajatning nisbati deb qarash kerak. Mehmonxona xo‗jaligini boshqarish ham ana shunga asoslangan. «Mehmonxona industriyasi» tushunchasi birlashtiradigan barcha kichik tizimlarning samarali ishlashi to‗g‗risida bormoqdaki, bozor iqtisodiyotida boshqaruvchi tizim uning samarali ishlashini ta‘minlaydi. Shuning uchun ham, turizmda menejmentning samaradorligi deganda bu tarmoqdagi har bir tashkiliy-xo‗jalik bo‗g‗inning muvaffaqiyatli ishlashi va rivojlanishini ta‘minlaydigan boshqaruvni tushunmoq kerak. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling