O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Boshqaruvning samaradorlik ko„rsatkichlari


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/84
Sana08.11.2023
Hajmi2 Mb.
#1756531
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   84
Bog'liq
Mehmonxona xo\'jaligi

2.Boshqaruvning samaradorlik ko„rsatkichlari 
Turizmning muhim unsuri (elementi) – mehmonxona industriyasining iqtisodiy 
boshqaruv sohasiga boshqaradigan ta‘sir o‗tkazishning mohiyati mehmonxona 
faoliyatining xarajatlarini eng kam miqdorga keltirishdan iborat. Oldin kelishib 
olganimizdek, xarajatlarni aniqlash turizmda iste‘molni aniqlash bilan uzviy bog‗liq. 



120 
Shuning uchun, turizmda iste‘mol turistlarning talablarini qondirish uchun zarur tovarlar 
va xizmatlar qiymati sifatida aniqlanadi.
Demak, mehmonxona xarajatlari turistning safarga tayyorgarligi, safari va 
mo‗ljallangan joyda bo‗lishi vaqtidagi iste‘mol xarajatlarining umumiy miqdori sifatida 
aniqlanadi.
Ta‘til paytida qilinadigan sayohatda xarajatlar miqdorini aniq belgilash uchun 
quyidagilarni aniqlaymiz: 
Sayohat oralig‗i. Bu, odam ma‘lum vaqt ichida o‗rtacha necha marta safar qilishini 
ko‗rsatadi.
Sayohat intensivligi. bu ko‗rsatkichni aniqlash chog‗ida alohida odam emas, balki 
mintaqaning barcha aholisi e‘tiborga olinadi. Sayohatlar intensivligi halq xo‗jaligida 
band bo‗lgan odamlarning qanday qismi yil davomida sayohatga chiqqanini ko‗rsatadi. 
Bu sayoxat qiluvchilarning mintaqa aholisi soniga foizda ifodalangan nisbatidir: 
Safarlarning o‗rtacha davomiyligi. Bu tunab chiqishning umumiy miqdorini safar 
soniga taqsimlash yo‗li bilan hisoblanadi. 
Mehmonxona xarajatlarining xilma-xil turlarini uch guruhga ajratish mumkin: 
- safarni tayyorlash va amalga oshirish uchun zarur dastlabki xarajatlar; 
- sayohat chog‗ida va sayohat joylariga borganda bo‗ladigan xarajatlar; 
- sayohatchilar jo‗nab ketgan mamlakatda ular xorijiy mamlakatdan qaytgandan 
so‗ng bo‗ladigan xarajatlar (masalan, fotoplyonkalarni yoritish, sayohat chog‗ida 
shikastlangan avtomobillarni ta‘mirlash xarajatlari va boshqalar). 
Ko‗rinib turibdiki, turist xarajatlari juda ko‗p tovarlar va xizmatlardan, uzoq 
muddat foydalaniladigan tovarlardan tortib, qarindoshlar va yaqinlariga sovg‗a sotib 
olish xarajatlaridan iborat bo‗ladi. 
Turistik sayohat uchun xarajatlar miqdorini belgilash uchun biz quyidagilarni 
aniqlaymiz: 
-safarlar tezligi. Bu ko‗rsatkich kishi ma‘lum vaqt davomida o‗rtacha necha marta 
safarga chiqishini ko‗rsatadi: 
SS 
ST= ---------, bunda ST - safarlar tezligi; 
V SS - safarlar soni; V - vaqt. 
-safarlar jadalligi. Bu ko‗rsatkich aholining qaysi qismi yil davomida turistik 
xizmatdan foydalanganligini ko‗rsatadi. 
TS 
SJ = ------------ , bunda SJ - safarlar jadalligi; 
AS TS - turistlar soni
AC - aholi soni. 
Turistik xarajatlarning barcha bo‗limlarini iqtisodiy tahlil qilish turizm 
samaradorligini aniqlashning eng muhim turlaridan biri hisoblanadi. Turnzmni iqtisodiy 
boshqarish amaliyotida xarajatlarning 7 asosiy bo‗limi mavjud: 
-kompleks safarlar; 
-turistlarni joylashtirish; 
-oziq-ovqat va ichimliklar; 
-transport; 



121 
-dam olish, madaniy va sport faoliyati turlari
-do‗konlarga borish; 
-boshqa xarajatlar. 
Boshqaruv samaradorligini aniqlashda birlashgan ko‗rsatkich qo‗llaniladi. 
GxL 
K = ------- 
FxE 
bunda: K - boshqaruv samaradorligi koeffitsienti; 
G - har bir boshqaruv xodimiga to‗g‗ri keluvchi boshqaruv xarajatlari. 
L - xizmatchilarning umumiy sonida boshqaruv xodimlari ulushi. 
F – mablag‗ (fond) bilan ta‘minlanganlik; 
E – mablag‗lar (fondlar)ning foydali ish koeffitsienti. 
Turizm bozoridagi kuchli raqobat firmalarning ichki samaradorligini oshirish 
usullarini izlanishga majbur qiladi. Turistik xizmatchilarning mehnat bozoridagi 
raqobatbardoshligi xizmatchilarni samarali boshqarish orqali ta‘minlanadi.
BX 
K =------- * 100%, 

bunda:
KQ - kadrlarning qo‗nimsizlik koeffitsienti. 
BX - ishdan bo‗shagan xizmatchilar soni. 
X - xizmatchilarning o‗rtacha ro‗yhat soni. 
Firmaning mehnat bozoridagi mavqeini baholovchi ko‗rsatkichlar sifatida 
quyidagilardan foydalanish mumkin: 
- xizmatchilarning o‗z korxonalaridan mamnunlik darajasi; 
-har bir xizmatchi boshiga to‗g‗ri keladigan kadrlar bo‗yida tadbirlar uchun 
o‗rtacha xarajatlar; 
-kadrlar bilan ta‘minlanganlik darajasi; 
-mehnat jadalligi (samaradorligi). 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling