O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Mehmonxona xizmatlarini standartlash jarayonlari


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/84
Sana08.11.2023
Hajmi2 Mb.
#1756531
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   84
Bog'liq
Mehmonxona xo\'jaligi

2.Mehmonxona xizmatlarini standartlash jarayonlari 
Standartlashtirish jarayonida standartlashtirish obyektiga doir normalar, qoidalar, 
talablar, shartlar ishlab chiqiladi va normativ hujjat tarzida rasmiylashtiriladi. Normativ 
hujjatlarning turlari Standartlashtirish halqaro mehmonxonai (ISO) tomonidan tuzilgan 
ISO

MEK 2 qo‗llanmasida tavsiya etilgan. Bular standartlar, texnik shartlar, qoidalar 
to‗plamlari, reglamentlardir.
Standart – muayyan kelishuvga ko‗ra ishlab chiqilgan, e‘tirof etilgan organ 
tomonidan tasdiqlangan, ma‘lum sohada oqilona tartib o‗rnatishga yo‗naltirilgan 
normativ hujjat. Standartda faoliyatning har xil turlari yoki ularning natijalariga doir 
umumiy yoki ko‗p karra qo‗llaniladigan umumiy prinsiplar, qoidalar, shartlar 
belgilanadi. Standart fan, texnika va amaliy tajribaning umumlashtirilgan natijalariga 
asoslanishi, jamiyat uchun mumkin qadar ko‗proq foyda keltirishga yo‗naltirilishi lozim.
ISO

MEK 

qo‗llanmasi standartlashtirish bo‗yicha halqaro tajribani 
umumlashtirib, standartlarning qo‗llash mumkin bo‗lgan quyidagi turlarini tavsiya etadi: 

asosiy standart keng amal qilish sohasiga ega bo‗ladi yoki ma‘lum soha uchun 
umumiy qoidalarni o‗zida jamlaydi. Asosiy standart bevosita standart sifatida qo‗llanishi 
yoki boshqa standartlarga asos bo‗lib xizmat qilishi mumkin; 

terminologik standart, qoida tariqasida, muayyan ta‘rif, ayrim hollarda esa – 
izoh, illyustratsiya va h.k. beriladigan atamalarga nisbatan amal qiladi. Misol uchun, 
quyidagi atamalar standartlashtirilishi mumkin: mehmonxona xizmati, umumiy 
ovqatlanish xizmati, mehmonxona, restoran, kafe, bar va h.k.; 

sinov uslublari standarti har xil sinovlar va ular bilan bog‗liq harakatlar 
uslubikasi, qoidalari, taomillarini belgilaydi; 

xizmat, jarayon, mahsulot standarti xizmat, jarayon, mahsulotning o‗z 
maqsadiga muvofiqligini ta‘minlash uchun ular qanoatlantirishi lozim bo‗lgan talablarni 
belgilaydi; 

muvofiqlik standarti mahsulot yoki tizimlarning ular qo‗shiladigan joylardagi 
muvofiqligi bilan bog‗liq talablarni belgilaydi; 

ochiq ifodalarga ega bo‗lgan, standartni identifikatsiya qilmaydigan standart 
xizmat yoki jarayonni muayyanlashtirish uchun miqdorlar yoki boshqa ko‗rsatkichlar 
ko‗rsatilishi lozim bo‗lgan tafsilotlar ro‗yxatidan tashkil topadi. Qoida tariqasida, 
bunday ma‘lumotlar ishlab chiqaruvchi yoki iste‘molchi tomonidan shartnoma 
munosabatlarida muayyanlashtiriladi.
Texnik shartlar hujjati xizmat (mahsulot, jarayon) qanoatlantirishi lozim bo‗lgan 
texnik talablarni belgilaydi. Texnik shartlar hujjatida, zarur holda, mazkur talablarga 
rioya qilingan-qilinmaganligini aniqlash tartib-taomillari ko‗rsatilishi lozim.
Qoidalar to‗plami – loyihalash, tayyorlash, xizmat ko‗rsatish, foydalanish texnik 
qoidalari yoki tartib-taomillarini tavsiya etuvchi hujjat. 
Reglament – majburiy huquqiy normalar ifodalangan va hokimiyat organi 
tomonidan qabul qilingan hujjat.



117 
Inson faoliyatining barcha sohalarida halqaro savdo va halqaro hamkorlikning 
rivojlanishi obyektiv tarzda milliy standartlarni muvofiqlashtirish (uyg‗unlashtirish), 
xalqaro standartlar ishlab chiqish va ularni amalda keng qo‗llashni taqozo etdi. Sifatni 
boshqarish sohasidagi jahon tajribasi 1987 yil martda qabul qilingan va 1994 yilda 
yangilangan ISO 9000-9004 halqaro standartlar paketida jamlangan. ISO 9000 
standartlari o‗z klassik variantida sanoat uchun ishlab chiqilgan edi.
Biroq, ularda bayon etilgan sifat tizimlari falsafasi universaldir. Shu bois, hozirda 
turli faoliyat sohasidagi korxonalar va mehmonxonalar bu metodologiyadan faol 
foydalanmoqdalar. SHuni qayd etish kerakki, chet elda minglab mehmonxonalar va 
restoranlar o‗z sifat tizimlarini milliy va halqaro sertifikatlashtirish tizimlarida 
ro‗yxatdan o‗tkazadilar. Bu ularga raqobat kurashida muayyan ustunliklar beradi. ISO 
9004-2 «Sifatni umumiy boshqarish va sifat tizimi elementlari. 2-qism. Xizmatlar 
bo‗yicha rahbar ko‗rsatmalar» halqaro standartining qabul qilinishini xizmatlar sifatini 
boshqarish sohasida jahon tajribasi erishgan yutuq deb hisoblash mumkin.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling