O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti
Boshqaruv qarorlariga qo„yiladigan talablar
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Mehmonxona xo\'jaligi
3.Boshqaruv qarorlariga qo„yiladigan talablar
Oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilish omillariga quyidagilar kiradi: qarorlar qabul qilishda ierarxiyaga rioya qilish; funksiyalararo guruhlardan foydalanish; to‗g‗ridan-to‗g‗ri gorizontal aloqalardan foydalanish; rahbarlikni markazlashtirish. Qarorlar qabul qilishda ierarxiya - qarorlar qabul qilish vakolatini boshqaruvning zarur axborot ko‗proq bo‗lgan va qabul qilingan qarorni amalga oshirishda bevosita ishtirok etadigan darajasiga o‗tkazish. Bu holda turdosh darajalarning xodimlari qabul qilingan qarorning ijrochilari hisoblanadi. Funksiyalararo maqsadli guruhlardan foydalanish. Mazkur guruhlarning a‘zolari mehmonxonaning turli bo‗limlari va darajalaridan tanlab olinadi. To‗g‗ridan-to‗g‗ri (bevosita) gorizontal aloqalardan foydalanish. Bu holda (ayniqsa, qaror qabul qilishning dastlabki bosqichida) axborot yig‗ish va unga ishlov berish yuqori rahbariyatga murojaat etmasdan amalga oshiriladi. Mazkur yondashuv qarorlarni nisbatan qisqa muddatda qabul qilish va ularning bajarilishi uchun javobgarlikni oshirish imkonini beradi. Rahbarlikni markazlashtirish. Qaror qabul qilish jarayoni bir (umumiy) rahbarning qo‗lida jamlanadi. Bu holda qarorlar qabul qilishda ierarxiya vujudga keladi, ya‘ni har bir quyi rahbar o‗z muammolarini eng yuqori darajadagi rahbar bilan emas, balki o‗zining bevosita rahbari bilan birga hal qiladi (qarorlar qabul qiladi). Qabul qilingan qaror hal qilinayotgan muammo va mehmonxona maqsadlaridan kelib chiqadigan talablarga javob berishi, ya‘ni: oqilona; tejamli; asoslangan; real; o‗z vaqtida qabul qilingan bo‗lishi lozim. Qarorlarning oqilonaligini ta‘minlashda qabul qilingan qarorlarni ijrochilarga etkazish uslublari alohida rol o‗ynaydi. Qarorlarni ijrochilarga etkazish odatda gruppaviy va individual topshiriqlarni ajratish va ijrochilarni tanlashdan boshlanadi. Natijada, har bir xodim o‗zining bevosita xizmat majburiyatlariga qarab muayyan topshiriq oladi. Ijrochilarga topshiriqlar bera olish qabul qilingan qarorning samaradorligini ta‘minlashning bosh manbaidir. Shu munosabat bilan qarorlar bajarilmasligining to‗rt asosiy sababi farqlanadi: qarorni menejer etarli darajada aniq ta‘riflamagan; 111 qaror aniq ta‘riflangan, biroq ijrochi uni yaxshi tushunmagan; qaror aniq ta‘riflangan va ijrochi uni yaxshi tushungan, biroq u mazkur qarorni bajarish uchun zarur shart-sharoit va vositalarga ega bo‗lmagan; qaror aniq ta‘riflangan, ijrochi uni yaxshi tushungan va bajarish uchun barcha zarur vositalarga ega bo‗lgan, biroq u qarorning menejer taklif qilgan variantiga ichdan rozi bo‗lmagan. Ayni holda ijrochi mazkur muammoni hal qilishning o‗z, uning nazarida yanada oqilona yechimiga ega bo‗lishi mumkin. Ijrochilarga topshiriqlar berish ishining asosiy mazmuni ongda boshqaruv qarorini bajarish bo‗yicha bo‗lg‗usi faoliyatning muayyan obrazi (texnologiyasi)ni gavdalantirishdan iborat. Ijrochi topshiriqni olganidan va uni idrok etganidan keyin unda mazkur ish haqida dastlabki tasavvur paydo bo‗ladi. Shundan so‗ng, g‗oya (topshiriq modeli) aniqlanadi, ichki va tashqi muhitning amaldagi va obyektiv sharoitlariga moslashtirish yo‗li bilan boyitiladi. Shu asosda qarorni bajarish texnologiyasi (ijrochining menejer topshirig‗ini bajarish bo‗yicha faoliyatining ideal modeli) ishlab chiqiladi. Ijrochi faoliyatining modeli menejerning dastlabki g‗oyasiga muvofiq bo‗lishi uchun unga (modelga) bir qancha talablar qo‗yiladi: modelning mukammaligi; dastlabki g‗oyaning modelda aks etish darajasi; stressga chidamliligi va mustahkamligi; modelning moslashuvchanligi; muvofiqlashtirilganligi; motivlashtirilganligi. Qaror modelining mukammalligi uning, bir tomondan, rahbar g‗oyasiga, uning qaroriga va qo‗ygan vazifalariga, ikkinchi tomondan esa – ijrochilik faoliyatining mazmuni, tuzilishi va shartlariga muvofiqligini tavsiflaydi. Ijrochiga ishga kirishishdan oldin bo‗lg‗usi faoliyatning barcha jihatlarini tasavvur qilish imkonini beruvchi model mukammal modelning ideal variantidir. Dastlabki g‗oyaning modelda aks etish darajasi operativ modelni unda bo‗lg‗usi faoliyatning butun dinamikasi mujassamlashganligi nuqtai nazaridan tavsiflaydi. Modelning stressga chidamliligi va mustahkamligi ijrochining o‗z ongida shakllangan harakatlar rejasini har qanday murakkab sharoitda aniq bajarishga qodirligini nazarda tutadi. Modelning moslashuvchanligi - bu mezon bir qarashda yuqorida keltirilgan mezonlarga zid tuyuladi. Bu modelning barqarorligi (turg‗unligi) va moslashuvchanligining oqilona nisbatini tanlashni taqozo etadi. Qaror modelining muvofiqlashtirilganligi shu bilan bog‗liqki, ijrochi ko‗pincha ishning o‗z bosqichini yolg‗iz bajaradi, shu bois uning harakatlari vazifalar, vaqt va joyga ko‗ra boshqa ijrochilarning vazifalari bilan muvofiqlashtirilishi lozim. Qaror modelini motivlashtirish. Ma‘lumki, qarorni tushunish va uning ideal modelini o‗zlashtirish ijrochilarning bor imkoniyatlari lozim darajada safarbar etilishini doim ham ta‘minlayvermaydi, shu bois ularning faoliyatini motivlashtirish talab etiladi. Topshiriqlarni bajarishda ijrochilarni faollik ko‗rsatishga da‘vat etuvchi motivlarga ta‘sir 112 ko‗rsatish rahbariyat tomonidan qabul qilingan qarorlarni bajarishga mehnat jamoasini safarbar etishning bosh mazmunidir. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling