O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti
Qarorlarni ishlab chiqish, qabul qilish, ijrosini ta‟minlash va nazorat qilish
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Mehmonxona xo\'jaligi
4.Qarorlarni ishlab chiqish, qabul qilish, ijrosini ta‟minlash va nazorat qilish
Qarorlar qabul qilish jarayonining mazmuni, eng avvalo,, yuzaga kelgan muammoning murakkabligiga bog‗liq bo‗ladi. Misol uchun, agar o‗rniga odam topish mumkin bo‗lgan xodim qo‗qqisdan tobi qochib qolgan bo‗lsa, bu hech qanday muammo tug‗dirmaydi, ammo mehmonxona xizmatlari bozorida marketing vaziyatining o‗zgarishi ancha murakkab muammoni vujudga keltiradi. Har qanday holatda qaror qabul qilish jarayonida menejer quyidagi savollarga javob topishi talab etiladi: Nima qilish kerak? Qanday qilish kerak? Ishni kimga topshirgan ma‘qul? Qancha vaqtda bajarish mumkin? Bu qanday natija beradi? Qarorlar qabul qilish jarayoni bosqichlarining soni masalasi bahsli masala bo‗lib, uni turli menejerlar har xil yo‗l bilan hal qiladilar. Bu rahbarning malakasiga, vaziyatga, rahbarlik uslubiga va tashkiliy madaniyatga bog‗liq bo‗ladi. Har bir menejer qaror qabul qilishning har bir uslubi va taomilining kuchli va kuchsiz tomonlarini tushunishi, vaziyatdan, shuningdek o‗z boshqarish uslubidan kelib chiqib, eng oqilona variantni tanlay olishi muhimdir. Har qanday, hatto eng sodda qarorni qabul qilish ham tegishli (moddiy, ijtimoiy va b.) xarajatlarni taqozo etadi. Shu bois, menejer birinchi navbatda qaror qabul qilish shartmi yoki maslahat, taklif bilan kifoyalanish mumkinmi degan masalani o‗zi uchun hal qilishi lozim. Boshqaruv qarori qabul qilishga nisbatan klassik yondashuv muayyan taomilga rioya qilish va quyidagi majburiy amallarni bajarishni nazarda tutadi: 1) muammoni aniqlash; 2) cheklashlarni va muqobillarni aniqlash; 3) qaror qabul qilish; 4) qarorni amalga oshirish; 5) qarorning ijro etilishini nazorat qilish. Muammoni aniqlash. Har qanday qaror zamirida hal qilishni talab etuvchi muammoli holat yotadi. Ushbu bosqichda menejerning vazifasi muammoli holatni tahlil qilish, ya‘ni «kasallik» simptomini aniqlash, ish va maqsadlarning holatini o‗rganish, qaror mezonlarini dastlabki tarzda ta‘riflashdan iborat. Xullas, muammoni aniqlash jarayoni uni topish va unga baho berishni o‗z ichiga oladi. Muammoni topish – belgilangan rejadan og‗ish holati yuzaga kelganligini tushunish. Menejer muammoning mavjudligi haqida o‗z kuzatuvlaridan, axborot tahlilidan, jamoatchilik fikridan, boshqa menejerlar va xodimlar fikridan xabar topishi mumkin. Muammoga baho berish – muammo ko‗lami va tabiatini aniqlash. Muammo ko‗lamini aniqlash deganda uning sababi va manbaini topish tushunilmaydi. Bu erda faqat muammoning og‗irlik darajasi va uni hal qilish yo‗llariga baho berish to‗g‗risida so‗z yuritilmoqda. Cheklashlar va muqobillarni aniqlash. Muammoning yuzaga kelish sabablari mehmonxona doirasidan tashqarida (tashqi muhitda) bo‗lishi mumkin. Bunday cheklashlar oqilona qarorlar qabul qilish imkoniyatini cheklaydi, shu bois ularning 113 manbai va mohiyatini aniqlash va muammoning sabablarini bartaraf etish imkonini beruvchi harakatlarni belgilash lozim. Muqobillarni qidirishdan oldin oqilona qaror qabul qilish mezonlarini aniqlab olish kerak, bu qaror qabul qilishda xatoga yo‗l qo‗ymaslik imkonini beradi. Qaror qabul qilish. Ushbu bosqichda qaror variantlari ishlab chiqiladi, ularga baho beriladi va eng yaxshi natija beruvchi muqobil tanlab olinadi, ya‘ni har bir variantning afzalliklari va kamchiliklari solishtiriladi. Menejer qaror qanday (iqtisodiy va ijtimoiy) samara beradi, xodimlar mazkur qarorni bajarishga ichdan rozi bo‗ladimi, u qanday oqibatlarga olib keladi, degan savollarga javob berishi lozim. Qarorni qabul qilish. Jarayon qaror variantini tanlash bilan yakunlanmaydi, zero, pirovard maqsadlarga erishish uchun qabul qilingan qaror amalga oshirilishi lozim. Amalga oshirish bosqichida qarorni muayyanlashtirish va ijrochilarga etkazish chora- tadbirlari ko‗riladi. Boshqaruv qarorini amalga oshirish rejasi tuzilishi, unda muammoni kim, qachon, qayerda va qaysi vositalar bilan hal qilishi lozimligi nazarda tutilishi kerak. Qarorning ijro etilishini nazorat qilish. Qaror amalga kiritilganidan keyin ham uni qabul qilish jarayoni to‗la tugallangan deb hisoblanishi mumkin emas, chunki qabul qilingan qaror rejali tarzda amalga oshirilayotgani haqida axborot olish lozim. Nazorat jarayonida rejadan og‗ish holatlari aniqlanadi va qarorni to‗la amalga oshirishga yordam beruvchi tuzatishlar kiritiladi. Nazorat yordamida boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o‗rtasida teskari aloqa o‗rnatiladi. Qarorlarning bajarilishini tashkil etish juda og‗ir vazifalardan biridir. U odamlarni, ularning imkoniyatlari va kuchini, qarorni bajarish uchun zarur vosita va usullarni bilishni taqozo etadi. Qarorlarning bajarilishini tashkil etish rahbarning boshqaruv siklini yakunlovchi o‗ziga xos faoliyatidir. Agar qarorni tayyorlash va qabul qilish bosqichida rahbar narsalar va hodisalarning ideal ifodasi bilan yuzma-yuz kelsa, qarorning bajarilishi tashkil etish jarayonida u ko‗pincha ideal holatdan jiddiy farq qiladigan real holat bilan to‗qnashadi. Narsalar va hodisalarni fikran boshqaruvchi tajribasiz rahbar ideal tasavvurlarni boshqarishning osonligiga o‗rganib qoladi va buni ongsiz tarzda real holatga ham o‗tkazadi. Bunday boshqarish natijasida u qabul qilgan qarorlarni bajarishga xodimlarning qurbi etmaydi va qarorlar amalda bajarilmay qoladi. Bu yerda rahbar o‗z faoliyatini emas, balki boshqa odamlarning mehnatini tashkil etishini nazarda tutish kerak. Qarorlarni bajarish jarayonini ham tashkil etish lozim. Ijrochilar qabul qilingan qarorga muvofiq muayyan ishlarni kim, qaerda, qachon va qanday usulda amalga oshirishi kerakligi haqida aniq axborot olishlari lozim. Qarorni amalga oshirish rejasi ishlab chiqilishi, unda qaror maqsadlariga mumkin qadar kam xarajatlar bilan erishish imkonini beruvchi chora-tadbirlar tizimi nazarda tutilishi kerak. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling