O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Mehmonxona xo\'jaligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Boshqaruv qarorlariga qo„yiladigan talablar 4.Qarorlarni ishlab chiqish, qabul qilish, ijrosini ta‟minlash va nazorat qilish 1.Boshqaruv qarorlarining ahamiyati
- Boshqaruv qaroriga
108 18-MAVZU. MEHMONXONA XO„JALIGIDA BOSHQARUV QARORLARI VA ULARNING IJROSINI TA‟MINLASH Reja: 1.Boshqaruv qarorlarining ahamiyati 2.Boshqaruv qarorlarining tasnifi 3.Boshqaruv qarorlariga qo„yiladigan talablar 4.Qarorlarni ishlab chiqish, qabul qilish, ijrosini ta‟minlash va nazorat qilish 1.Boshqaruv qarorlarining ahamiyati Boshqaruv qarori muayyan muammoni hal qilishga yo‗naltirilgan ijtimoiy hujjatdir. Qarorlar qabul qilish menejer faoliyatining asosiy va eng mas‘uliyatli turlaridan biri hisoblanadi, chunki boshqarishning samaradorligi, binobarin, mehmonxona ishining samaradorligi boshqaruv qarorlari to‗g‗ri va o‗z vaqtida qabul qilinishiga bog‗liq bo‗ladi. Qarorlar qabul qilish zaruriyati boshqarish jarayonining barcha bosqichlarida yuzaga keladi va boshqaruvchi mehnatining turli jihatlari bilan bog‗liq bo‗ladi. Garchi biz har birimiz kun davomida o‗nlab qarorlar (qaerda tushlik qilsam ekan? nima sotib olsam ekan? va h.k.) qabul qilsak-da, boshqaruv qarorlari qabul qilish kundalik shaxsiy hayotda qabul qilinuvchi qarorlardan ancha farq qiladi. Menejer uchun qarorlar qabul qilish – doimiy va mas‘uliyatli ish. Har qanday darajadagi mehmonxona rahbari o‗z faoliyatida har qadamda muayyan qarorlar qabul qilish zaruriyatiga to‗qnash keladi. Qabul qilingan qarorlar nafaqat menejerga, balki boshqa odamlarga va aksariyat hollarda butun mehmonxonaga ham tegishli bo‗lganligi uchun mazkur jarayonning tabiati va mohiyatini tushunish boshqarish sohasida muvaffaqiyatga erishishni istagan har bir odam uchun juda muhimdir. Menejer to‗g‗ri qarorlar qabul qilishga qodirligi uning muvaffaqiyatli faoliyati ko‗rsatkichlaridan biridir. Menejerlar boshqarishning to‗rt funksiyasini – rejalashtirish, tashkil etish, motivlashtirish va nazorat qilish funksiyalarini bajaradilar. Shu bois, ular har bir funksiya bo‗yicha muayyan qarorlar oqimi bilan ishlaydilar. Qarorni ishlab chiqish va qabul qilish – rahbar faoliyatidagi ijodiy jarayon. U quyidagi bosqichlarni o‗z ichiga oladi: 1) maqsadni aniqlash va qo‗yish; 2) muammoni o‗rganish; 3) qabul qilinayotgan qarorlarning oqilonalik mezonlarini tanlash, bu mezonlarni va qabul qilinuvchi qarorlarning mumkin bo‗lgan oqibatlarini asoslash; 4) qaror variantlarini ko‗rib chiqish; 5) qarorni tanlash va uzil-kesil ta‘riflash; 6) qarorni qabul qilish; 7) qarorni ijrochilarga etkazish; 8) qarorning ijrosi ustidan nazorat. Pirovardida boshqaruv qarori boshqarish faoliyatining natijasi sifatida namoyon bo‗ladi. Boshqaruv qaroriga boshqarish mehnatining asosiy turi, boshqaruv vazifalarini amalga oshirish imkonini beruvchi o‗zaro bog‗liq, muayyan maqsadga yo‗naltirilgan va mantiqan izchil boshqarish harakatlari majmui deb qaraladi. 109 Qarorni har xil belgilarga qarab tasniflash mumkin. Ammo qaror qabul qilingan sharoit hal qiluvchi ahamiyatga ega. Odatda, qarorlar aniqlik sharoitida yoki tavakkalchilik (noaniqlik) sharoitida qabul qilinadi. Aniqlik sharoitida menejer har bir qarorning natijalariga muayyan darajada ishonchi komil bo‗ladi. Tavakkalchilik (noaniqlik) sharoitida esa menejer faqat qarorning har bir varianti muvaffaqiyatini faqat taxmin qilishi mumkin. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling