O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Mehmonxona xo\'jaligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Mehmonxona bo„limlari tarkibi
- 2.Mehmonxona bo„limlarining funksional vazifalari
17-MAVZU. MEHMONXONA BO„LIMLARI VA ULARNING FAOLIYATINI TASHKIL ETISH Reja: 1.Mehmonxona bo„limlari tarkibi 2.Mehmonxona bo„limlarining funksional vazifalari 3.Mehmonxona bo„limlarida boshqaruvni tashkil etish zarurati va jarayonlari 1.Mehmonxona bo„limlari tarkibi MEHMONXONA XIZMATI VA BO‘LIMLARI -Mehmonxona menejeri -Qabul qilish bo‘limi -Belboylar xizmati bo‗limi -Qavatlar xizmati bo‗limi -Taom va ichimliklar bo‗limi -Oshxona -Oziq-ovqatlar va idish-tavoqlar omborxonasi tamaddi qilish zallari barlar taom va ichimliklar bo‗limi xizmatchilari -Xavfsizlik xizmati bo‗limi -Umumiy ovqatlanish bo'limi 2.Mehmonxona bo„limlarining funksional vazifalari Mehmonxona menejeri. Mehmonxona menejeri mehmonxona boshlig‗i hisoblanadi. Uni bosh menejer yoki boshqaruvchi direktor deb ham atash mumkinU Mehmonxon a aksioner (owner) Mexmonxona prezidenti Bosh menejer 104 alohida bir mehmonxonani boshqarishi yoki bir necha mehmonxonada ishlashi mumkin. Kichik mehmonxonalarda menejer mehmonxona egasi bo‗lishi mumkin . U mehmonlarning muammolari va shikoyatlarini hal qilishda yordam berishi kerak. Mehmonxonalar boshqaruvining turli o‗rinlari bo‗lishi mumkin: menejer yordamchisi, mehmonxonada yashovchi menejer va tungi menejer. Menejer yordamchisi menejer joyida yo‗qligida mehmonxonani boshqarishda menejerga yordam beradi. Mehmonxonada yashovchi menejer ham mehmonxonani boshqaradi, ham o‗sha yerda yashab, faoliyat yuritadigan shaxs hisoblanadi.Tungi menejer faqat tungi navbatchilik uchun javobgar. Qabul qilish bo‘limi. Buyurtma qabul qilish bo‗limi telefon orqali xonalarni band qilish bilan shug‗ullanadi. Qabul qilish peshtaxtasi xonalarni sotish, mehmonlarni ro‗yxatdan o‗tkazish, kalitlar xizmati, xat-xabarlar xizmati va mehmonlar hisob-kitobi bilan shug‗ullanadi. Belboylar xizmati bo‗limi. Mehmon ro‗yxatdan o‗tib bo‗lgandan so‗ng, uni xonaga kuzatib qo‗yishlarini xohlaydi. Shu bilan birga, ular yuklarini tashib berishlarini ham kutadilar. Ko‗pincha mehmonlar ularning ba‘zi topshiriqlarini bajarishlarini xohlaydilar. Bu xizmatlarning barini belboylar xizmati bo‗limi ko‗rsatadi. Belboylar xizmati bo‗limini shu bo‗lim boshqaruvchisi boshqaradi. U qabul qilish bo‗limidan keyingi peshtaxta oldida turadi. U belboylarni boshqaradi. Xonalar bo‗yicha xizmatchi xona raqami va kalitini bellboyga beradi. U mehmonni uning xonasiga kuzatib qo‗yadi. Belboy mehmonni avval lift va so‗ngra qavatga kuzatib qo‗yadi. U yerda bellboy mehmonga xonasini ko‗rsatadi. Avval u chiroqni qayerdan yoqilishini ko‗rsatib berishi kerak. Qavatlar xizmati bo‗limi. Mehmon mehmonxonada yashaganda, uning xonasini kimdir tozalab berishini xohlaydi. Oqsochlar va qavatlar xizmati bo‗limi bu vazifani bajaradi. Qavatlar va oqsochlar xizmati bo‗limini shu bo‗lim boshqaruvchisi boshqaradi. Oqsochlar mehmon kelishidan oldin xonalarni tayyorlab qo‗yadilar. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling