O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


A.Maslouning ehtiyojlar piramidasi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/84
Sana08.11.2023
Hajmi2 Mb.
#1756531
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   84
Bog'liq
Mehmonxona xo\'jaligi

6.A.Maslouning ehtiyojlar piramidasi 
Amerikalik ruhshunos Abraham Maslou XX sarning 40-yillarida o‗zining ehtiyojlar 
ustunligi nazariyasini yaratib, kishilar o‗z motivlari jarayonida ehtiyoj va qiziqishning 5 
turiga tayanadilar deydi. Uning ehtiyojlar ierarxiyasi qo‗yidagi ko‗rinishga ega. 
Узлигини 
исботлаш 
Хурматга эхтиёж 
Эътикод ва кишилар билан 
алокадорликка эхтиёж 
Хавфсизликка булган эхтиёж 
Физиологик эхтиёжлар 
Иккиламчи эхтиёжлар 
Бирламчи
эхтиёжлар 
эхтиёжлар 
Motivatsiya bosqichlari (A. Maslou bo„yicha) 
Birinchi o‗rindagi ehtiyojlar — bu bazis ehtiyojlar, ya‘ni, yashashni ta‘minlash 
uchun zarur bo‗lgan ehtiyojlar. A.Maslouning fikricha, inson, eng avvalo ana shu bazis 
ehtiyojlarini qondirish uchun ishlaydi. Bazis ehtiyojlar, ya‘ni oziq-ovqatga, kiyim-
kechakka, uy-joyga, uyquga bo‗lgan ehtiyoj qondirilsa, boshqa darajadagi ehtiyojlar ham 
asta-sekin ahamiyat kasb etib boradi. 
Masalan, xavfsizlikka, ya‘ni tinchlik, tartib, himoyaga bo‗lgan ehtiyoj ham 
birlamchi bosqichdagi ehtiyojning yangi darajasidagi zaruriyatdir. Biron ijtimoiy 
guruhda bo‗lish, boshqa kishilar bilan aloqaga kirishish ehtiyoji ierarxiyaning uchinchi 
bo‗g‗iniga kiradi. Bu guruhdagi ehtiyojlarni sotsial ehtiyojlar deb ham yuritiladi. 



103 
Hurmatga bo‗lgan ehtiyoj ehtiyojlar piramidasining to‗rtinchi bo‗g‗inini tashkil 
kiladi. Bu ehtiyojlar kishining boshqalar tomonidan tan olinishiga bo‗lgan ehtiyoj, ya‘ni 
mavqe, nufuz, shon-shuhrat, muvaffaqiyat, diqqat-e‘tibor. O‗zligini isbotlash ehtiyoji
ya‘ni Maslou ierarxiyasidagi eng yuqori daraja yashirin imkoniyatlarning haqiqatga 
aylanishi, nimaga erishish mumkin bo‗lsa, shunga erishish. Bu ehtiyojlar shaxsning 
o‗sishida o‗z aksini topadi. 
Birlamchi ehtiyojlar qondirilgach, boshqa zaruriyatlar kishilarni yuqori darajadagi 
ehtiyojlarga qarab harakat qilishga majbur qiladi. Xo‗sh, bu ehtiyojlarni qondirish uchun 
rahbar qanday usul va yondashuvlarni qo‗llashi kerak.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling