O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti
• Bo‗lim boshlig‗i oqsochlarga xonalarni umumiy tozalashni yoki kosmetik yig‗ishtirishni buyuradi. •
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Mehmonxona xo\'jaligi
• Bo‗lim boshlig‗i oqsochlarga xonalarni umumiy tozalashni yoki kosmetik
yig‗ishtirishni buyuradi. • .Oqsochlar tozalash vositalarini, ya‘ni sovun, hojatxona qog‗ozi, hamda to‗shak va vanna oqlarini maxsus aravalarda olib yuradilar. Shuningdek, shu aravalarda kir o‗rin oqlari va axlat uchun maxsus idish ham bo‗ladi. Oqsochlar xonalarga kirish uchun universal kalitdan foydalanadilar. Agar mehmonga qo‗shimcha karovat yoki raskaladushka (yig‗ma karovat) kerak bo‗lsa, qavatlar xizmati bo‗limiga murojaat qilishlari mumkin. Shuningdek, ular sochni quritish va dazmol qilish kabi xizmatlarni ham Taom va ichimliklar bo‗limi. Ko‗pgina mehmonxonalarda taom va ichimlar bo‗limi bo‗ladi. Bu bo‗lim oshxona, oziq-ovqatlar omborxonasi, tamaddi qilish zallari, barlar va kokteyl barlarini o‗z ichiga oladi. Agar mehmonxonaning oshxonasi katta obro‗-e‘tiborga ega bo‗lsa, bu mehmonxona ishini yanada rivojlantirishi mumkinMehmonxona restoranlari alohida kishilarga yoki guruhlarga xizmat ko‗rsatishi mumkin. OSHXONA 105 Oziq-ovqatlar va idish-tavoqlar omborxonasi tamaddi qilish zallari barlar Taom va ichimliklar bo‗limi xizmatchilari. Taom va ichimliklar bo‗limi boshlig‗i shu bo‗lim menejeri hisoblanadi. Oshxona nazoratchisi - bu bosh oshpaz hisoblanadi. U mutaxassis bosh oshpazlar, oshpazlar va oshxona yordamchilariga mas‘ul. Oshpazlar asosan taom tayyorlash bilan shug‗ullanadilar. Bosh oshpazlar ularni nazorat qiladilar Ofitsiantlar mijozlarga taom tortadilar. Ular buyurtmani qabul qiladilar va taomlarni stolga olib keladilarIdish-tovoq yig‗uvchi stollarni tozalaydi, suvlarni quyib beradi va shirin kulchalar olib keladi. Barmen bar oldida mijozlarga spirtli ichimliklarni aralashtish va quyib berish bilan shug‗ullanadi. Oshxona yordamchilari, sabzavotlarni yuvadilar, archadilar va to‗g‗raydilar, go‗shtlarni yuvib, to‗g‗raydilar. Taom va ichimliklar bo‗limida idish-tovoqlar bo‗limi bor. U yerda idish-tovoqlar, chinni va shisha idishlar, stol oqlari, taomlarni isitish vositalari bor. Omborxona boshlig‗i idish-tovoqlar bo‗limi uchun mas‘ul. Shuningdek, bo‗limlarga taom va ichimliklarni tarqatish ham uning vazifasiga kiradi. Vino bilan ta‘minlovchi xizmachi mijozlar menyudan taom tanlaganlaridan so‗ng, vinolar taklif etadi va tortadi. Xavfsizlik xizmati bo‗limi. Mehmon mehmonxonada yashaganda, kimdir uni himoya qilishini kutadi. Mehmonxona havfsizlik xizmati bo‗limi mehmonlarni o‗g‗rilik, qo‗poruvchilik, yong‗in yoki suv toshqinidan himoya qilishlari kerak. Bu bo‗limni havfsizlik xizmati boshlig‗i boshqaradi. Mehmonlar o‗z qimmatbaho buyumlarini individual seyflarda saqlashlari mumkin. Xavfsizlik bo‗limi xizmati shu narsalar uchun javobgar Umumiy ovqatlanish bo'limi. Umumiy ovqatlanish bo‗limi boshlig‗i shu bo‗lim menejeri hisoblanadi. Umumiy ovqatlanish xizmati taom va ichimliklar xizmatidan alohida faoliyat yuritadi. U turli xil vazifalarni bajaradi. Umumiy ovqatlanish mehmonxonachisi restorandan turli xizmatlar ko‗rsatadi. Restoran kichik guruh mehmonlarga xizmat ko‗rsatadi. Mehmonxonachi kechalar, banketlar, katta miqdordagi taomlar bilan ta‘minlaydi. U katta miqdordagi taom va ichimliklar bilan ta‘minlash bilan shug‗ullanadi. Banket xizmati. Banket - bu bir guruh mehmonlar uchun o‗tkaziladigan rasmiy tushlik hisoblanadi. Mehmonxona va restoranlar shu kabi xizmatlarni taklif etadilar va o‗tkazadilar. Ko‗pgina restoranlar banketlar o‗tkazish uchun barcha qulayliklarga ega. Ular banketlar uchun mo‗ljallangan maxsus zallarda jamoa va shaxsiy kechalarni o‗tkazib beradilar. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling