O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti
Mehnatni motivatsiya qilishda xorijiy tajriba
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Mehmonxona xo\'jaligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Mehmonxona majmualarida ish samaradorligini oshirishda xorij tajribasi
3.Mehnatni motivatsiya qilishda xorijiy tajriba
Turistik mehmonxonalarning nomer fondida 2 kishilik xonalarga bo‗lgan talab o‗sib bormoqda, uning umumiy nomerlari nomerlar sonining 80 - 90 % ini tashkil qiladi. Nomerning ichki tashkil etilishi hordiqning aniq shakliga ko‗ra aniqlanadi. Masalan, kurort mehmonxonalarida uxlash joyi yoki dam olish zonasining nafaqat nomerda, balki balkon, lodjiya va ayvonda ham tashkil qilinishi harakterlidir. Oilaviy horgiq mehmonxonalarida esa nomerda dazmollash, quritish moslamalari va kichiq oshxona ham bo‗lishi talab qilinadi. Turistik mehmonxonalardagi nomerlar mehmon kutish va kunduzi muloqot joyi shaklida ham bo‗ladi. Nomer kichkina bo‗lsa, mebel va yotoq o‗rnini kichraytirish mumkin bo‗lgan jihozlar egallaydi. Kurort mehmonxonalari tarkibida profilaktik davolanish va cho‗milish uchun havza (basseyn) barpo qilinadi. Oilaviy hordiq mehmonxonalarida esa bolalar cho‗milish havzalari va bolalar jihozlarining bo‗lishi talab etiladi. Xalqaro turizmni tashkil etishda turistik mehmonxonalar yoki turli me‘yordagi mehmonxonalar alohida ahamiyatga ega. Har bir mamlakatda ularning nomlanishi turlicha bo‗lishi mumkin, lekin maqsadi bir. Turistik mehmonxona - jihozlangan uy (yoki boshqa xona) bo‗lib, turistlarga marshrut dasturiga muvofiq har tomonlama (kompleks) xizmat ko‗rsatishga mo‗ljallangan (joylashtirish, yashash, ma‘lumot va maishiy xizmat, ko‗ngilli hordiq va boshqalar). U turistik majmua tarkibiga kirishi yoki alohida korxona sifatida ishlashi mumkin. Turistik mehmonxonalar, qoidaga ko‗ra, turli marshrutdagi va barcha ijtimoiy guruhlarni qabul qilishga mo‗ljallangan. 4.Mehmonxona majmualarida ish samaradorligini oshirishda xorij tajribasi Dunyodagi eng yirik otel Tailandning Pataya shahrida joylashgan ―Ambassador City Jomitien‖dir. U 5100 nomerli bo‗lib, 40 gektar atrofidagi maydonni egallaydi. 20 ta eng yirik otellarning 13 tasi Las-Vegasda joylashgan. Zamonaviy Las-Vegas alohida yirikligi bilan farqlanadi. Yaqindagina eng yirik deb hisoblangan (masalan, 1515 o‗rinli ―Caesuras Palace‖) bugun 20 ta eng yirik otellar ro‗yxatiga ham kirmay qoldi. Las-Vegas - bu hordiq sanoatining umume‘tirof etilgan (lideri) shahari sanaladi. Shaharda 50 ta kazino bo‗lib, ularning ko‗pi otel hududlarida joylashgan. Ushbu otellardagi apartamentlar o‗lchami va qulayligi jihatidan eng katta va yaxshisidir. Bunda mini-basseynlar, bir necha yirik teleekranlar, ikki va undan ortiq xonalar, holl va yotoqxonalar oshxona hamda barlar mavjud. Bunday apartamentlar binoning alohida ajratilgan tomonida joylashtirilgan va shaxsiy band qilib qo‗yilgan joy ya‘ni bron qilish xizmatiga ham ega. Ko‗pgina kazinoli otel nomerlari badavlat mijozlar uchun maxsus saqlanadi, ularning narxi 1000 AQSh dollaridan 25000 AQSh dollarigachadir. Ba‘zan kazinoga keladiganlar u yerdagi eng qimmat nomerdan ham kattaroq mablag‗ni tashlab ketadilar. Shuning uchun bunday mehmonxona xodimlarining eng asosiy vazifasi avvalo mijozning talab va istaklarini qondirishdan iborat. Demak, xorijiy mamlakatlar turizmida turistik biznes mehmonxonalar faoliyatini qo‗llab-quvvatlashga qaratilgan bo‗ladi hamda u valyuta daromadini oshirishga xizmat qiladi. Avvalo, turistik biznes Meksikaga valyuta 127 daromadining 44 % ini, Portugaliyaga 28 % ini, Avstriyaga 23 % ini va Italiyaga 41 % ini beradi. Bu holatlarni rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar misolida to‗liq ko‗rish ularda mehmonxona biznesini amalga oshirish borasida qilingan ishlarning yuqori ekanligidan dalolat beradi. Ayniqsa, AQSH, Yaponiya, Fransiya, Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklari kabi quyidagi mamlakatlar turizmi tajribasida mehmonxona biznesining samarali yo‗lga qo‗yilgan: AQSH tajribasi. Mehmonxona biznesini tashkil etishda AQSHdagi havo yo‗llari xususiy sektor bo‗lib, ularning uchtasi jahondagi eng yirik avialiniyalar hisoblanadi. Turistlarni tashish bilan shug‗ullanadigan temir yo‗llar davlatga tegishli bo‗lib, jahon mamlakatlaridagi bugungi kun yutuqlarining barchasi shular tufayli boshlangan. Yaponiya tajribasi. Yaponiyada asosan mamlakatda joylashgan mehmonxonalar mehmonxona biznesini samarali amalga oshirishga xizmat qilmoqda. Jumladan, shahar markazidagi Shinjuko shahar zali va Tokio opera shahar konsert zalining orasida joylashgan Shinjuku Astina hotel Tokio mehmonxonasi bo‗lib, unda kundalik kontinental nonushta, 24 soatlik xizmatlar, maishiy qulayliklar, mashinalarni joylash, kundalik nonushta, tushlik va kechki ovqat uchun ochiq bo‗ladigan restoranning mavjudligi kabi xususiyatlar xos hisoblanadi. Turkiya tajribasi. Turkiyada mehmonxonalar biznesining asosida dam olish, hisoblashish tizimi, xizmat ko‗rsatishning standartlari va sifati yotadi. Mamlakatda turistlar istalgan qurort shaharlarga borib dam oladilar va bu hammaga manzur keladi. Mamlakatda bir mehmonxonani bir nechta filiali mavjud va ular bir-biridan farq qiladi. Tashrif buyurgan sayyoh oldiga katta tanlash huquqi qo‗yiladi va bunda u istagan turdagi mehmonxona nomerlarini band qila oladil. Mehmonxona xizmatining narxi mehmonxona yulduzi, tanlangan nomeri va ovqatlanish tizimiga bog‗liq bo‗ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling