O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti
Yevropa mamlakatlarida mehmonxona majmualarini boshqarish
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Mehmonxona xo\'jaligi
2.Yevropa mamlakatlarida mehmonxona majmualarini boshqarish
Rasmiy va hordiq chiqarishga mo‗ljallangan mehmonxonalar mijozlarga xizmat ko‗rsatishda butunlay aniq va o‗ziga xos harakterli talablari borligi, shuningdek, ma‘lum xususiyatlari va tuzilishi bilan farqlanadi. Rasmiy mehmonxonalarga odatda quyidagi talablar qo‗yiladi: ma‘muriy binolar va shahar markaziga yaqin bo‗lgan joyda, lekin dam olish uchun ko‗kalamzorlashtirilmagan va sport maydonlari bo‗lishi shart emasligi; nomer fondida bir kishilik xonalarning mavjudligi, xonaning kunduzi ishlashga qulayligi va kichik yig‗ilishlar o‗tkazishga imkoniyati borligi; nomerda ―ish zona‖sining tashkil etilganligi, uni tashqi muhitdan ajratish. Bunday mehmonxonalarda yashaydiganlar jamoat xonalari tashkil qilishni ham talab qilishlari mumkin. Birinchidan, yig‗ilish, ko‗rgazma va shunga o‗xshash tadbirlarni o‗tkazishga joy bo‗lishi kerak. Ikkinchidan, majlislar zali yoki ko‗cha tomondan qo‗shimcha kirish joyi bo‗lgan ko‗p maqsadli xonalar bo‗lishi (yig‗ilish, banket va boshqa tadbirlar o‗tkazish uchun) lozim. Uchinchidan, mehmonxonada telegraf, telefaks, nusxa ko‗chirish va ko‗paytirish apparatlari, shuningdek, moliyaviy ta‘minot xizmatlari ishlashi kerak. Hordiq chiqarishga mo‗ljallangan mehmonlarga qo‗yiladigan talablar rasmiy mehmonxona tizimidan quyidagi tomonlari bilan farqlanadi: shovqinli shahar markazlaridan uzoqdagi ko‗kalamzorlashtirilgan hududlarda joylashganligi; horgiq chiqarish va sport bilan shug`ullunish joylarining mavjudligi. Jahon amaliyotida bir tunash joyining o‗lchami 150 - 250 kv. m.ni tashkil etadi. Yevropa mamlakatlari tajribalari. Shveysariyada alohida ommaviylikka ega Yevropaning eng yuqorida turuvchi oteli tog‗larda 3452 m. balandlikda joylashgan va u yil bo‗yi ishlaydi. Otelning tiklanishidan keyin 1955 yilda Fridrix Shiller o‗limining 150 yilligini nishonlashga Shvesariyadan kelgan ajoyib yozuvchi Tomas Mann o‗z ismini alfavit kitobchasiga yozgan birinchi kishi bo‗ldi. Shuningdek, Germaniyada qadimgi otellar va restoranlar soni juda ko‗pni tashkil etadi. Asosan, Veymar shahridagi ―Elefant‖ otelini aytib o‗tish lozim, chunki u 1521 yilda tashkil qilingan. Unda hamma zamon va halqlarning ko‗plab mashhur kishilari to‗xtagan, yozuvchilar esa o‗zining qahramonlari Veymarda va albatta shu otelda istiqomat qilishlarini yozganlar. Yevropa mamlakatlarida boy xaridorlar orasida dam olishni Fransiya, Ispaniya, Italiya, Angliyadagi aristokrat saroylarida o‗tkazish moda tusiga kirdi. Saroy egalari odatdagidek juda yuqori titulli shaxslar, lekin daromadlarni ko‗paytirishga muhtojlar, mehmonlarga ―mulk illyuziyasi‖ni sotishadi. Turistik biznesning bu turi ochiq holda reklama qilinadi hamda qasr ijaraga berilayotgani haqida maxsus kanallar orqali bilib olishadi. Shu bilan birga, 1533 yilda Parijda ochilgan ―Turdargent‖ restorani eng birinchi restoran hisoblanadi. Ikki asr davomida, u nafaqat Parijda, balki butun Fransiyada ajoyib mehmonxona bo‗lib kelgan. O‗shanda u Bael ko‗chasidagi 24 soat ishlaydigan taverniyani boshqarar edi. 125 Keyingisi, Yevropaning Bazele shahrida joylashgan ―Drei Konige am Rein‖ oteli eng qadimiy otel hisoblanadi. O‗sha davr ma‘lumotlarida birinchi mijozlar uning ostonasini 1026 yilda bosib o‗tganligi aks ettirilgan. Bugungi kunda Norvegiyaning Longerbaen orolida joylashgan ―Qutbiy‖ oteli eng shimoliy mehmonxona hisoblanadi. Arxipelag bir nechta orollardan tashkil topgan va haqli ravishda Yevropaning eng shimoliy nuqtasi hisoblanadi, uning 60% abadiy muzliklar bilan qoplangan va unda servisning barcha yuqori me‘yorlari to‗la tadbiq etilgan. Norvegiyaning Tromse shahrida joylashgan otel ham ajoyibotlardan mahrum etilmagan. Yo‗lak oldida lapland milliy libosi, ya‘ni ko‗k, ustida koptok kabi katta qizil pomponli qalpoq kiygan shveysar kutib oladi. Shu yerning o‗zida u ham milliy libosni kiygan ayol laplandka sanaladi. Zero, shveysarlar libosi aniq chet el turistlari uchun mo‗ljallangan bo‗lsa, ma‘lum bir kafiyatni paydo qilmoqda. Otel mijozi shu zahotiyoq nooddiy bo‗lgan muhitga kirishib ketadi va atrofdagi narsalarga boshqacha nazar orqali alohida qiziqish bilan qaray boshlaydi. Mehmonxonalarning ichida birinchi bo‗lib, Germaniyaning Berlin shahridagi ―Artemiziya‖ mehmonxonasi faqat ayollarni joylashtirishni boshlagan edi. Oz muddatdan keyin bunday kategoriyadagi istiqomatchilarga xizmat ko‗rsatishga gamburglik ―Xansetin‖ oteli ham qo‗shildi. Bu mehmonxonalarning xizmat ko‗rsatuvchi hodimlari qat‘iy ravishda ayollardan tashkil topgan. Intererda, dizaynda mashhur ayol rassom- bezatuvchilarning eng yaxshi erishgan yutuqlaridan foydalanilgan. Bizning kunlargacha dastlabki ko‗ranishida saqlanib qolgan turar joylardan eng qadimiysi Buyuk Britaniyaning Sen-Albans qishlog‗idagi turar hovlisi hisoblanadi. Tarixdagi 795 yildagi hodisalarining yozuvli xronologiyasi uni o‗sha davrda ham borligini tasdiqlaydi va ―Olishayotgan xo‗roz oldida‖ deb nomlangan. Shu bilan birga, Avstriyada mehmonxonalarni boshqarish sayyohlikni qabul qilish bo‗yicha dunyoda tan olingan modellardan biri hisoblanadi. Shuning uchun, mamlakatning tog‗li qismlarining o‗zida 20 000 tadan ortiq mehmonxonalar mavjud. Eng arzon joylashish vositalariga Avstriyada 100 tadan kam bo‗lmagan ―Youth hotells‖ kiradi. Bu qimmat bo‗lmagan yoshlarga mos yotoqxonalarda hohlovchilar tunab qolishlari mumkin, lekin bu yerda alohida qulayliklar mavjud emas. Avstriya mehmonxonalari 5 ta yulduzli tizim buyicha baholanadi, lekin kishlok joylarida ―turkumdan tashqari mehmonxonalar‖ ham mavjud. Ular bir, ikki, uch qavatli uylardan iborat bo‗lib, ko‗pincha fermer oilalari tomonidan ochilgan bo‗ladi. Ayniqsa, Avstriyadagi 3 va 5 yulduzli mehmonxonalar bir biridan uncha fark kilmaydi. Bu klassdagi ko‗p mehmonxonalarda basseyn, sauna, restoran, bufet va solyariy mavjud. O‗xshashlik Avstriyada tarqalgan mehmonxona intererini ―romantik uslub‖da bezatish bilan chuqurlanadi. Bu uslubda zamonaviy texnika qadimiy turkumi anjomlari bilan uyg‗unlashib ketadi. Ba‘zan, uch yulduzli mehmonxonadagi uskunalar to‗rt yulduzli mehmonxonadan yaxshirok bo‗lishi mumkin. Fransiya tajribasi. Bu mamlakatda turizmning zamonaviy rivojlanish bosqichi oilaviy, hunarmandchilik va yarim hunarmandchilik, ishlab chiqarish ko‗rinishidagi katta miqdordagi kichik korxonalarning mavjudligi bilan tavsiflanadi unda turizm sohasidagi 126 bozor operatsiyalarini amalga oshiradigan firmalar orasida miqdoriy jihatdan kichiq tadbirkorlik subyektlari ustuvorlik qiladi. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling