O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti
Boshqaruvning samaradorlik ko„rsatkichlari
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Mehmonxona xo\'jaligi
2.Boshqaruvning samaradorlik ko„rsatkichlari
Turizmning muhim unsuri (elementi) – mehmonxona industriyasining iqtisodiy boshqaruv sohasiga boshqaradigan ta‘sir o‗tkazishning mohiyati mehmonxona faoliyatining xarajatlarini eng kam miqdorga keltirishdan iborat. Oldin kelishib olganimizdek, xarajatlarni aniqlash turizmda iste‘molni aniqlash bilan uzviy bog‗liq. 120 Shuning uchun, turizmda iste‘mol turistlarning talablarini qondirish uchun zarur tovarlar va xizmatlar qiymati sifatida aniqlanadi. Demak, mehmonxona xarajatlari turistning safarga tayyorgarligi, safari va mo‗ljallangan joyda bo‗lishi vaqtidagi iste‘mol xarajatlarining umumiy miqdori sifatida aniqlanadi. Ta‘til paytida qilinadigan sayohatda xarajatlar miqdorini aniq belgilash uchun quyidagilarni aniqlaymiz: Sayohat oralig‗i. Bu, odam ma‘lum vaqt ichida o‗rtacha necha marta safar qilishini ko‗rsatadi. Sayohat intensivligi. bu ko‗rsatkichni aniqlash chog‗ida alohida odam emas, balki mintaqaning barcha aholisi e‘tiborga olinadi. Sayohatlar intensivligi halq xo‗jaligida band bo‗lgan odamlarning qanday qismi yil davomida sayohatga chiqqanini ko‗rsatadi. Bu sayoxat qiluvchilarning mintaqa aholisi soniga foizda ifodalangan nisbatidir: Safarlarning o‗rtacha davomiyligi. Bu tunab chiqishning umumiy miqdorini safar soniga taqsimlash yo‗li bilan hisoblanadi. Mehmonxona xarajatlarining xilma-xil turlarini uch guruhga ajratish mumkin: - safarni tayyorlash va amalga oshirish uchun zarur dastlabki xarajatlar; - sayohat chog‗ida va sayohat joylariga borganda bo‗ladigan xarajatlar; - sayohatchilar jo‗nab ketgan mamlakatda ular xorijiy mamlakatdan qaytgandan so‗ng bo‗ladigan xarajatlar (masalan, fotoplyonkalarni yoritish, sayohat chog‗ida shikastlangan avtomobillarni ta‘mirlash xarajatlari va boshqalar). Ko‗rinib turibdiki, turist xarajatlari juda ko‗p tovarlar va xizmatlardan, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlardan tortib, qarindoshlar va yaqinlariga sovg‗a sotib olish xarajatlaridan iborat bo‗ladi. Turistik sayohat uchun xarajatlar miqdorini belgilash uchun biz quyidagilarni aniqlaymiz: -safarlar tezligi. Bu ko‗rsatkich kishi ma‘lum vaqt davomida o‗rtacha necha marta safarga chiqishini ko‗rsatadi: SS ST= ---------, bunda ST - safarlar tezligi; V SS - safarlar soni; V - vaqt. -safarlar jadalligi. Bu ko‗rsatkich aholining qaysi qismi yil davomida turistik xizmatdan foydalanganligini ko‗rsatadi. TS SJ = ------------ , bunda SJ - safarlar jadalligi; AS TS - turistlar soni; AC - aholi soni. Turistik xarajatlarning barcha bo‗limlarini iqtisodiy tahlil qilish turizm samaradorligini aniqlashning eng muhim turlaridan biri hisoblanadi. Turnzmni iqtisodiy boshqarish amaliyotida xarajatlarning 7 asosiy bo‗limi mavjud: -kompleks safarlar; -turistlarni joylashtirish; -oziq-ovqat va ichimliklar; -transport; 121 -dam olish, madaniy va sport faoliyati turlari; -do‗konlarga borish; -boshqa xarajatlar. Boshqaruv samaradorligini aniqlashda birlashgan ko‗rsatkich qo‗llaniladi. GxL K = ------- FxE bunda: K - boshqaruv samaradorligi koeffitsienti; G - har bir boshqaruv xodimiga to‗g‗ri keluvchi boshqaruv xarajatlari. L - xizmatchilarning umumiy sonida boshqaruv xodimlari ulushi. F – mablag‗ (fond) bilan ta‘minlanganlik; E – mablag‗lar (fondlar)ning foydali ish koeffitsienti. Turizm bozoridagi kuchli raqobat firmalarning ichki samaradorligini oshirish usullarini izlanishga majbur qiladi. Turistik xizmatchilarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligi xizmatchilarni samarali boshqarish orqali ta‘minlanadi. BX K =------- * 100%, X bunda: KQ - kadrlarning qo‗nimsizlik koeffitsienti. BX - ishdan bo‗shagan xizmatchilar soni. X - xizmatchilarning o‗rtacha ro‗yhat soni. Firmaning mehnat bozoridagi mavqeini baholovchi ko‗rsatkichlar sifatida quyidagilardan foydalanish mumkin: - xizmatchilarning o‗z korxonalaridan mamnunlik darajasi; -har bir xizmatchi boshiga to‗g‗ri keladigan kadrlar bo‗yida tadbirlar uchun o‗rtacha xarajatlar; -kadrlar bilan ta‘minlanganlik darajasi; -mehnat jadalligi (samaradorligi). Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling