O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/84
Sana08.11.2023
Hajmi2 Mb.
#1756531
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84
Bog'liq
Mehmonxona xo\'jaligi

TAJRIBADAN FOYDALANISH 
Reja: 
1.Xodimlarni boshqarishda xorijiy tajribasidan foydalanish zarurati 
2.Yevropa mamlakatlarida mehmonxona majmualarini boshqarish 
3.Mehnatni motivatsiya qilishda xorijiy tajriba 
4.Mehmonxona majmualarida ish samaradorligini oshirishda xorij tajribasi 
1.Xodimlarni boshqarishda xorijiy tajribasidan foydalanish zarurati 
Turizm bozoridagi qattiq raqobat firmalarning ichki samaradorligini oshirish 
usullarini izlashni taqozo etadi. Xodimlarni samarali boshqarishning ilmiy asoslanmagan 
nazariyasi bo‗lmasa, bu yo‗nalishda biror harakat qilish qiyin. Xodimlarni samarali 
boshqarish rahbar yoki mutaxassis tomonidan ishlarni bajarishning sifat va miqdor 
darajasini oshirishga qaratilgan bo‗lib, pirovard natijada mehnat bozorida turizm 
korxonasining 
raqobatbardoshligini 
ta‘minlaydi. Bu holatda raqobatbardoshlik 
xodimlarga beriladigan va biror firmani shunga o‗xshash korxonadan ijobiy farqlaydigan 
shart-sharoitlarni bildiradi.
Boshqaruv xodimlarining soni loyihalashtirilgan tarkib va ish hajmidan kelib chiqib, 
tahliliy asoslanishi yoki xodimlar soni normativlar va boshqaruv normalari bo‗yicha 
oshirib belgilanishi mumkin. Bunda xodimlarning ma‘lum yoshdagi guruhi eng yuqori 
unumdorlikni ta‘minlashini va shu sababli firmaning mehnat salohiyati ma‘lum darajada 
xodimlarning umumiy sonida shunday guruhning salmog‗i qanchaligiga bog‗liqki, bu 
faktni unutmaslik kerak. Shu hisoblarga asoslanib, korxona yuksak mehnat unumini 
ta‘minlaydigan xodimlar uchun qanchalik jozibali ekani haqida gapirish mumkin. Shuni 
hisobga olib, xodimlarning zarur sonining aniqlanishi boshqaruv mehnati samaradorligiga 
bevosita ta‘sir qiladi, aslida bu boshqaruv vazifalarini amalga oshirish bo‗yicha mehnat 
resurslarini inventarlash, ratsionallashtirish va reglamentlashdan iborat. Bundan xodimlar 
menejmenti borasida firma faoliyati samaradorligiga qyidagilar asosida erishiladi, deyish 
mumkin. 
- xodimlarni ularning professional, ma‘naviy va jismoniy yaroqligiga qarab tanlash 
bilan; 
- korxona shtatidagi korxona maqsadiga erishishidan manfaatdor xodimlarni saqlab 
qolish bilan; 
- mehnatga haq to‗lash va rag‗batlantirishning hammaga maqbul usullari va mehnat 
jamoasining har bir a‘zosini ijtimoiy muhofazasiga doir ahamiyatli tadbirlar bilan; 
- xodimlarni boshqarishga jalb etish bilan. Bunda: vazifalarning ayrim jihatlari emas, 
balki vazifaning to‗la hajmi hamda ularni bajarish uchun mas‘uliyat har bir xodimga 
etkazilishi lozim. Ma‘lum vaqt ichida ravshan bayon qilingan reja tuzilgach, ishlab 
chiqilgan vazifalar xodimlar orasida ularning ish qobiliyati va salohiyatiga qarab 
taqsimlanadi 



124 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling