O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Mehmonxona bo„limlarida boshqaruvni tashkil etish zarurati va


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/84
Sana08.11.2023
Hajmi2 Mb.
#1756531
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   84
Bog'liq
Mehmonxona xo\'jaligi

3.Mehmonxona bo„limlarida boshqaruvni tashkil etish zarurati va 
jarayonlari 
Mehmonxona – bu uzluksiz xizmat ko‗rsatuvchi mehmonxona bo‗lganligi 
sababli unga yuqori darajali sanitariya-gigiyenik talablar qo‗yilgan. 
Mehmonxona qaysi kategoriyaga tegishli bo‗lishidan qatiy nazar hamma vaqt 
toza saqlanishi (unga tegishli territoriya ham) zarur. Bu mehmonona xodimlaridan 
territoriyani, nomerlarni, ma‘muriy-xo‗jalik inshootlarini toza tutshida har kunli katta 



106 
tozalik ishlarini olib borishni talab etadi. Shuning uchun, mehmonxona xo‗jaligida 
tozalikni ta‘minlash maqsadida tozalik va obodonlashtirish ishlarini qanday tashkil 
etish va o‗tkazish kerakligini bilish muhimdir.
Barcha sanitariya-epidemiologiya me‘yorlariga rioya qilgan holda yuqori 
darajali tez tozalash amalga oshirish uchun mehmonxonada: 
- yuqori malakali professional tayyorgarlikka ega xodimlar; 
- zamonaviy tozalash materiallari va invetarlar; 
- zamonaviy tozalash mashina va mexanizmlariga ega bo‗lishi kerak. 
Tozalash ishlarini olib borish jarayonida vaqtni to‗g‗ri taqsimlash juda 
muhimdir. Bu yerda tez va xizmat ko‗rsatuvchi xodimlar tomonidan ko‗p kuch 
sarflanib bajarilishi shart. Tozalash ishlarini olib borish jarayonida bir nechta muhim 
prinsiplar mavjud: 
- qavat xodimi mehmonning ―ko‗ziga kamroq ko‗rinishi‖; 
- tozalash 
invertantlari 
va 
asboblari 
umumiy 
foydalanish 
joylariga 
qoldirilmasligi; 
- tozalash ishlari vaqtida farroshlar, xona bekasilar shaxsiy ishlariga 
chalg‗imasliklari kerak. 
Ushbu prinsiplarni bajarilishi mazkur mehmonxonada madaniyat darajasini 
belgilovchi mezondir.
Tozalash ishlarini quyidagi kategoriyalarini ajratish mumkin: 
- mehmonxonaga tegishli territoriyani tozalash; 
- markaziy kirish joyi va vestibyulni tozalash; 
- umumiy foydalanish joylarini tozalash(zina, koridor, holl, ma‘muriy va 
qo‗shimcha inshootlar); 
- nomer fondini tozalash (xona va sanuzel). 
Barcha tozalash ishlarini nomer fondiga xizmat ko‗rsatish bo‗limi ishchilari 
amalga oshiradi. Har xil kategoriya ishchilarini bir-biri bilan almashtirish zarur 
bo‗lganda, rahbar buyrug‗i asosida amalga oshirish mumkin. Nomer fondiga xizmat 
ko‗rsatish bo‗limining direktor o‗rinbosari mehmonxonadagi xizmat ko‗rsatuvchi 
xodimlar ishini tashkillashtirishtiradi.
Tozalash ishlarining olib borish uchun quyidagi xodimlar kategoriyasi mavjud: 
- xona bekasi-nomerlarni yig‗ishtirib, tozalaydi; 
- farroshlar- koridor, holl, zina, vestibyulni tozalaydi; 
- ishlab chiqarish bo‗limi, ustaxona va texnik xizmatlar inshootlarini tozalovchi 
farroshlar.
Mehmonxonada olib boriladigan barcha tozalash ishlari turi va mazmuniga 
qarab farqlash mumkin: 
- ichki inshootlar va umumiy foydalanish joylarini tozalash;
- umumiy sanuzellarni tozalash; 
- nomerlarni tozalash. 
Nomerlarni (joylashish xonalari) tozalashning quyidagi ko‗rinishlari mavjud: 
- mehmon ketganidan keyin tozalash; 
- har kunlik joriy tozalash; 
- umumiy(tubdan) tozalash; 



107 
- bron qilingan nomerni tozalash; 
- ekspress-tozalash; 
Tozalash ishlarini to‗g‗ri tashkillashtirish, xonani va undagi predmetlarni 
maksimal tozalash uchun minimum kuch va vaqt sarflashga erishish maqsadida
quyidagi ketma-ketlikni bajarish zarur: 
Ko‗p xonali nomerni tozalashdagi ketma-ketlik: 
- yotoqxona; 
- mehmonxona; 
- oshxona; 
- kabinet; 
- yo‗lak (prixojka); 
- sanuzel. 
Amalga oshiriladigan tozalash ishlari turlarining ketma-ketligi: 
- bron qilingan nomerlar; 
- har kunlik joriy tozalash ; 
- mehmon ketganidan keyin tozalash; 
- ekspress- tozalash. 
Tozalash ishlarini olib borish jarayonida xonadagi biror bir predmetni etiborsiz 
qoldirmaslik maqsadida soat millariga qarab yoki soat millariga qarshi tozalashni 
olib borish qilish tavsiya etiladi. 
Nomerni joylashish uchun tayyorlash departament va har xil bo‗limlar 
xizmatini to‗g‗ri tashkil etishni talab qiluvchi masuliyatli bosqichdir. Mehmonlarni 
aniq va o‗z vaqtida joylashtirish va xizmat ko‗rsatish uchun xodimlarning 
professional tayyorgarligi va malakasi yuqori darajada bo‗lishi kerak. 
Mehmonlarni kutib olish va joylashtirish texnologiyasi quyidagi tadbirlarni 
ko‗zda tutadi:
1. 
Kutib olish (qabul qilish) xizmatida barcha kategoriyadagi nomerlar 
fondi ahvoli, mehmonlarning pasport malumoti, buxgalteriya malumotlari (mehmon 
bilan hisob-kitob) haqida ma‘lumotlar bazasi joylashgan kompyuterning mavjudligi. 
Navbatchi administrator kompyuterda malumotlarni kiritadi. 
2. 
Har bir qavatda to‗ldiriladigan axborot qog‗ozlarining (informatsionniy 
list-shaxmatka) mavjudligi. Ushbu hujjat qavat bo‗yicha navbatchi tomonidan 
rasmiylashtiriladi. Shaxmatkaga qavatda joylashganlar haqida barcha axborotlar 
ko‗rsatiladi (umumiy band xonalar soni, har bir xonada yashovchilar soni, kelish va 
ketish vaqti, bron qilingan nomerlar soni). 
3. 
Mehmonxonada nomer fondi va umumiy foydalanish inshootlarini 
tozalash tadbirlarini o‗tkazish, katta xona bekasi nomerni joylashishga tayyorlash, 
mehmonlarning qavatda joylashishi va gornichni tomonidan bajarilgan tozalash 
ishlari sifatini nazorat qiladi. 
4. 
Mehmonxonaning injener-texnik xizmatiga kelib tushgan tamirlash va 
nosozliklarni bartaraf etish arizalarini rasmiylashtirish. 
5. 
Malum bir tozalash ishlarini olib borish (mehmon ketganidan keyin, 
bron qilingan nomerni). 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling