O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus talim vazirligi urganch davlat universiteti filologiya fakulteti o‘zbek tili yo’nalishi 211-guruh talabasi Boltayeva Intizorning Hozirgi o‘zbek adabiy tili fanidan kurs ishi


Download 120.82 Kb.
bet3/5
Sana14.11.2023
Hajmi120.82 Kb.
#1772191
1   2   3   4   5
Bog'liq
KURS ISHI

2.Frazeologik paronimiya – tarkibidagi biror leksik komponent bilangina farq qiluvchi frazemalar. Bunday leksik komponentlar bir-biriga o‘xshash bo‘lishi kerak:. 1. Yetti uxlab tushiga kirmaslik – “mutlaqo o‘ylamaslik, kutmaslik”. 2.Yetti uxlab tushida ham ko‘rmaslik – “hech qachon ko‘rmaslik” kabi. Bu ikki frazemaning tarkibidagi “kirmaslik” va “ko‘rmaslik” so‘zlari talaffuzida (ma’nosida emas, albatta) o‘xshashlik bor, bunday frazemalar tilshunoslikda parafrazemalar deb nomlanadi.
Frazemalarning ma’no munosabatiga ko‘ra turlari
Frazeologik ma’no. Frazemaning voqelikka nisbat beriladigan lug‘aviy mazmuni (nimanidir anglatishi, ifodalashi) frazeologik ma’no deyiladi.Masalan, tuyaning kallasiday frazemasi ‘hajmi odatdagidan ancha katta, yirik’ ma’nosini, yurak-bag‘r(i) qon bo‘lib ketdi frazemasi ‘diltang bo‘lmoq, ziq bo‘lmoq’ ma’nosini anglatadi: Qovunga qarang. Har biri tuyaning kallasiday. Juda saralangan (Oybek). Yurak bag‘rim qon bo‘lib ketdi,.. ertadan beri yolg‘iz o‘tiribman (Oybek).
Frazeologik ma’no tarkibini semik tahlil qilish bilan ham ideografik semalar ajratiladi. Masalan, ta’b(i) xira frazemasi sifatlarining ruhiy holat bildiruvchi leksik-semantik guruhiga mansub. Bu guruh sifatlarning lug‘aviy ma’nosi tarkibida ‘kayfiyat’, ‘his-hayajonning ijobiy-salbiyligi’, ‘his-hayajonning kuchli-kuchsizligi’ kabi ideografik semalar ajratiladi. Ana shu semalar asosida yuqoridagi frazemaning ma’nosini kayfiyati biroz yomon holatda deb ta’riflash mumkin.
Frazeologik monosemiya
Frazeologik monosemiya – frazemaning semantik tarkibidagi bitta frazeologik ma’noning bo‘lishi. Chunonchi, ko‘ngliga qo‘l solmoq frazemasining tarkibida “yashirin fikr-o‘yini bilishga harakat qilmoq” ma’nosidan boshqa frazeologik ma’no yo‘q: “Rizaning yuragiga qo‘l solib ko‘rgan Muhiddin uning javobidan xursand bo‘ldi.” (R.F.). “Kechagi ishdan maqsadim u yerdagi xotinlarning ko‘ngliga qo‘l solib ko‘rish, undan keyin o‘zimga ba’zi bir ishochliroqlarini tanlab olish edi.” (S.Z.). Keltirilgan gaplarning birinchisida ko‘ngliga qo‘l solmoq frazemasining variatsiyasi – “yuragiga qo‘l solib ko‘rmoqishlatilgan, har ikki holda ham bitta frazeologik ma’no – “yashirin fikr-o‘yini bilishga harakat qilmoq” nazarda tutilgan.

Download 120.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling