O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus talim vazirligi urganch davlat universiteti filologiya fakulteti o‘zbek tili yo’nalishi 211-guruh talabasi Boltayeva Intizorning Hozirgi o‘zbek adabiy tili fanidan kurs ishi
Download 120.82 Kb.
|
KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Frazeologik antonimiya Frazeologik antonimiya
- 2.1. Frazeologik iboralarning ayrim stilistik xususiyatlari
Frazeologik polisemiya
Frazeologik polisemiya – frazemaning semantik tarkibida ikki yoki undan ortiq frazeologik ma’noning bo‘lishi. Masalan: boshi(m) aylandi frazemasining semantik tarkibida ikkita frazeologik ma’no bor: 1) “Behud bo‘lmoq” ma’nosi: “stol yoniga kelguncha uning boshi aylanib ketdi. “Muncha darmonsiz bo‘lmasam”, – o‘yladi u”. (S.Z.); 2) “Esankiramoq” ma’nosi: “…muloyim qarab qo‘yishlarini, …jilmayib gapirishlarini sezardim, buning hammasidan boshim aylanardi”. (O.Yo.) Leksemalarda bo‘lganidek, frazemalarda ham polisemiya hodisasi ma’no ko‘chish qonuniyatlariga asoslanadi. Frazeologik antonimiya Frazeologik antonimiya – ikki frazemaning o‘zaro zid ma’no ifodalashidir: oshig‘i olchi va ishi o‘ngidan kelmaslik; boshi ko‘kka yetmoq va fig‘oni falakka chiqmoq kabi. Antonimiya hodisasi ikki frazema o‘rtasidagina emas, leksema bilan frazema o‘rtasida ham yuzaga kelishi mumkin: xursand (leksema), siyoh (frazema), landavur (leksema), yulduzni benarvon uradigan (frazema) kabi. Bular lug‘aviy antonimlarning leksik-frazeologik turi sanaladi. Demak, lug‘aviy birliklar o‘zaro zid ma’no anglatishiga ko‘ra leksik antonimlar (so‘z bilan so‘z o‘rtasida), frazeologik antonimlar (frazema bilan frazem o‘rtasida) va leksik-frazeologik antonimlar (so‘z bilan frazema o‘rtasida) kabi mikrosistemalarni hosil qilishlari mumkin. 2.1. Frazeologik iboralarning ayrim stilistik xususiyatlari O‘zbek tilida mavjud frazeologik iboralarning barchasi o‘zbek xalqining hamma vakillari (butun sheva vakillari, hamma kasb egalari) uchun ham tushunarli bo‘la oladi, deyish qiyin. Shunday frazeologik iboralar borki, ularni shu tilning hamma vakillari tushunadi. Ayrim iboralarni esa, bir yo ikki sheva vakili biladi. Ba’zi frazeologik iboralar esa hayotning ma’lum bir sohasida qo‘llanadi va uni shu sohada ishlovchi mutaxassis biladi va hokazo. Mana shu xususiyatlarga ko‘ra, frazeologik iboralarni stilistik (qo‘llanish) jihatdan quyidagicha klassifikatsiya qilish mumkin: Keng iste’moldagi frazeologik iboralar: Ko‘z ochib yumguncha, oyni etak bilan yopib bo‘lmas, arpasini xom o‘rgan, ko‘rpangga qarab oyoq uzat, jig‘i-biyroni chiqdi, kapalagi uchdi, qo‘li egri, yuzi shuvit bo‘lmoq kabilar. Shevalarga xos frazeologik iboralar: Bog‘dan kelsa, tog‘dan keladi (Toshkent shevasida, adabiy tilda qo‘llanadi). Ashtdan kelsa, dashtdan keladi (Farg‘ona). Men nima deyman, ko‘zim nima deydi (Qo‘qon). Osmonla tushmadi yera uzilib (Xorazm). Kasb-hunarga xos frazeologik iboralar. Bunday iboralarning o‘zi quyidagi ko‘rinishlarga ega: dehqonchilik sohasidan olingan frazeologik iboralar: olma pish, og‘zimga tush; shohida yursa, bargida yur; arpasini xom o‘ribdi; o‘roqda yo‘q, mashoqda yo‘q, xirmonda hozir kabilar; oshpazlik sohasidan olingan frazeologik iboralar: tayyor oshga bakovul; oshga pashsha tushdi; qoshiq bo‘lma; qozonda bo‘lsa, cho‘michga chiqar kabilar; tikuvchilik sohasidan olingan frazeologik iboralar: Astar-avrasini ag‘dardi, ipidan ignasigacha, to‘nini teskari kiydi, do‘ppi boshiga tor keldi kabilar; to‘quvchilik sohasidan olingan frazeologik iboralar: bo‘zchining mokisiday; bo‘zchi belboqqa yolchimas; dolu dastgohingni ko‘tar kabilar; duradgorlik sohasidan olingan frazeologik iboralar: ildiziga bolta urdi, tesha tegmagan, har bir usta teshani o‘z tomoniga urar kabilar; meditsina sohasidan olingan frazeologik iboralar: kasalini yashirsa, isitmasi oshkor qilar; sog‘ tishni sug‘urib oldi; ishtahasi karnay, ishtahasi ochildi; ortiqcha bosh og‘riq kabilar; maktab-maorif sohasidan olingan frazeologik iboralar: alifni kaltak deydi; qornini yorsang, alif chiqmaydi; ikki yorti bir butun; ikki o‘n besh-bir o‘ttiz; “a” desam, “b” deydi kabilar. Temirchilik sohasidan olingan frazeologik iboralar: temirni qizig‘ida bos; misi chiqdi kabilar. Yuqorida keltirilgan turlardan ham boshqa frazeologik iboralarning stilistik jihatdan xillari bor. Download 120.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling