O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus talim vazirligi urganch davlat universiteti filologiya fakulteti o‘zbek tili yo’nalishi 211-guruh talabasi Boltayeva Intizorning Hozirgi o‘zbek adabiy tili fanidan kurs ishi


Frazeologizmlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari


Download 120.82 Kb.
bet2/5
Sana14.11.2023
Hajmi120.82 Kb.
#1772191
1   2   3   4   5
Bog'liq
KURS ISHI

2.Frazeologizmlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari
Lisoniy birlik sifatida frazemalarga ham, xuddi leksemalarda bo‘lganidek, nomlash vazifasi va ma’lum bir ma’noni bildirish vazifasi xos. Faqat frazeologik birliklarning ayrim turlarida nomlash vazifasi yo‘q. Frazemada ikki va undan ortiq leksema o‘z leksik ma’no mustaqilligini yo‘qotgan holda bir umumiy ma’no markaziga bo‘ysunadi, frazemadan yaxlitligicha anglashiladigan ma’no uning tarkibidagi leksemalardan anglashiladigan ma’nolarning oddiy (arifmetik) yig‘indisi bo‘lmay, umumlashma, ustama ma’no, ayni vaqtda ko‘chma ma’no sifatida gavdalanadi. Masalan, jon(i)ni jabborga ber- frazemasi ‘bor kuchini safarbar qilgani holda faoliyat ko‘rsat’- ma’nosini anglatadi; bu ma’no – jon-, ber- leksemalari anglatadigan ma’nolarning oddiy yig‘indisi emas, balki ma’lum obrazga asoslanadigan umumlashma ko‘chma ma’no.
Frazemalarning shakl munosabati asosida frazeologik omonimiya va frazeologik paronimiya yuzaga keladi:
1.Frazeologik omonimiya frazemalarning ifoda planidagi (shakldagi, tuzilishdagi) tenglik hodisasidir.1. Jon bermoq – “ barhayot qilmoq”: …Odamzodga jon bergan ham, jonini oladigan ham yaratganning o‘zi (P.T.) 2. Jon bermoq – “o‘lmoq” “so‘nggi marta nafas chiqarmoq”: Semiz va hamisha yurak kasalidan qiynalib yurgan xotin arava ustida yulduz to‘la osmonga termilib jon berdi. (Sh.R.) Yana: 1. Ustidan chiqmoq – “Biror narsa qilinayotganda tepasiga borib qolmoq”: Qaynonangiz rosa sevar ekan, rais, – dedi Ro‘zi polvon hazil aralash, – ovqatning ustidan chiqdingiz (Sh.R.). 2. Ustidan chiqmoq – “Bajarmoq”: Demak, Hakimov telefonda bergan so‘zining ustidan chiqibdi. (P.Q.)
Erkin birikma bilan frazema (turg‘un birikma) o‘rtasidagi shakliy tenglik hodisasi frazeologik omonimiya emas, frazeologik omonimlik sanaladi. Demak, bunday holatlarda “Omonimiya” va “omonimlik” atamalari o‘zaro farqlanadi. Chunonchi: 1) ko‘z yummoq (erkin birikma) – “Ko‘zini yumib olmoq” ma’nosida ; 2) ko‘z yummoq (turg‘un birikma, frazema) – “ko‘ra-bila turib e’tiborsiz qoldirmoq” ma’nosida; 3) ko‘z yummoq (turg‘un birikma, frazema) – “vafot etmoq” ma’nosida. Keltirilgan misollarning birinchi va ikkinchisida erkin va turg‘un birikmalar, ikkinchi va uchinchisida esa turg‘un birikmalar (frazemalar) o‘rtasida shakliy tenglik borligini ko‘ramiz. Birinchi va ikkinchi misollardagi shakliy tenglik omonimlik sirasiga, ikkinchi va uchinchi misollardagi shakliy tenglik esa omonimiya sirasiga kiradi.

Download 120.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling