O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus talim vazirligi urganch davlat universiteti filologiya fakulteti o‘zbek tili yo’nalishi 211-guruh talabasi Boltayeva Intizorning Hozirgi o‘zbek adabiy tili fanidan kurs ishi
Frazeologik iboralarning etimologiyasi
Download 120.82 Kb.
|
KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Iboralar doirasida sinonimiya
2.2. Frazeologik iboralarning etimologiyasi
Har bir tilda, jumladan hozirgi o‘zbek tilida o‘z frazeologik iboralari bilan bir qatorda boshqa tillardan olingan frazeologik iboralar ham uchraydi. Lekin frazeologik iboralarning asosini o‘sha tilning o‘z frazeologik iboralari tashkil etadi, boshqa tillardan olingan frazeologik iboralar ozchilikni tashkil qiladi. Hozirgi davrda o‘zbek tilida qo‘llanayotgan frazeologik iboralarning etimologik tomondan, asosan uch xilini ko‘ramiz. Asl o‘zbekcha frazeologik iboralar. Tojik tilidan olingan frazeologik iboralar. Rus tilidan olingan frazeologik iboralar. O‘zbek xalqining o‘z ijodi orqali maydonga keltirilgan, ko‘p zamonlar mahsuli bo‘lgan tilimizdagi ko‘pgina iboralar asl o‘zbekcha iboralar sanaladi: bosh qotirdi, ko‘z-quloq bo‘ldi, kapalagi uchdi, yuragi qinidan chiqib ketdi, to‘nini teskari kiydi, qizim, senga aytaman, kelinim, sen eshit kabilar. Qardosh tojik xalqi tilidan kirgan, o‘zlashib ketgan iboralar: Misollar: Ba jonu dil, dili siyoh bo‘ldi, dardi bedavo, obro‘sini to‘kdi, sukut – alomati rizo, sadqai sar kabilar. Rus tilidan o‘zbek jonli (so‘zlashuv) tiliga bevosita o‘tgan frazeologik iboralar bilan bir qatorda, aynan tarjima qilish (kalka) yo‘li bilan ham o‘zbek adabiy tiliga kirgan, o‘zlashib ketgan iboralar bor: a) o‘zbek tiliga bevosita kirgan ruscha frazeologik iboralar: buksirga oldi, simofor ochiq, tormoz berdi kabilar; b) o‘zbek tiliga rus tilidan kalkalashtirilgan frazeologik iboralar: boshi berk ko‘chaga kirdi (зашел в тупик), yuz so‘m puling bo‘lmasin, yuzta do‘sting bo‘lsin (не имей сто рублей, а имей сто друзей), hech bo‘lmagandan ko‘ra, kech bo‘lgani yaxshiroq (лучше поздно, чем никогда) kabilar. 3.Iboralar doirasida sinonimiya Frazeologik sinonimiya bir necha bitta frazeologik ma’no atrofida birlashishidir. Masalan: 1) pixini yorgan – “ayyor”, 2) ilonning yog‘ini yalagan – “ayyor” kabi. Yana: 1) yer bilan osmoncha – “juda katta farq”, 2) ot bilan tuyacha – “juda katta farq” kabi. Leksik sinonimiyada bo‘lganidek, frazeologik sinonimiyada ham sinonimik qatorlar yuzaga keladi: birinchi misoldagi pixini yorgan va ilonning yog‘ini yalagan frazemalari “ayyor” ma’nosi bilan bitta sinonimik qatorni; ikkinchi misoldagi yer bilan osmoncha va ot bilan tuyacha frazemalari esa “juda katta farq” ma’nosi bilan bir sinonimik qatorni hosil qilmoqda. Frazeologik sinonimlarda uslubiy bo‘yoq, odatda, bo‘rtib turadi. Aslida, frazeologik birliklar (frazemalar) xuddi shu maqsadda – voqelikni nomlashda uni o‘tkir baholab berish uchun, shu voqelikka ijobiy yoki salbiy munosabat ifodalash uchun yaratiladi, shuning uchun ular nutqning ta’sirchan, obrazli bo‘lishini ta’minlovchi muhim uslubiy vosita sanaladi. Misollar: 1. Bunga Botirning achchig‘i keldi, buni Bo‘ston sezdi. 2. Keyingi nasihatomuz gapi qonini qaynatib yubordi. Frazeologik sinonimiya hodisasi ko‘proq har bir tilning o‘z frazemalari doirasida uchraydi: Qilidan quyrug‘igacha. – Ipidan ignasigacha; Quvonchi olamga sig‘maydi. – Sevinchi ichiga sig‘maydi kabi. Boshqa tildan frazema o‘zlashtirish juda passiv bo‘lganligidan, o‘zlashma iboralarning frazeologik sinonimiya doirasiga tortilishi juda kam uchraydi. Frazeologik sinonimiya hodisasini frazeologik variatsiyadan farqlash kerak: frazeologik sinonimiyada bir necha frazema bir ma’no atrofida birlashadi, demak, bitta sinonimik qatorni hosil qiladi; frazeologik variatsiyada esa bitta sinonimik qator hosil qilmaydi. Masalan: 1) ko‘zini yummoq; 2) bandalikni bajo keltirmoq; 3) jon bermoq. Bu uch frazema bitta ma’noni – “vafot etmoq”ni bildiradi, shunga ko‘ra bitta sinonimik qatorga birlashadi. Qo‘lini bigiz qilmoq va barmog‘ini bigiz qilmoq qo‘shilmalari esa ikkita frazema emas: ular bitta frazemaning ikkita ko‘rinishi, xolos. Bu frazema tarkibidagi “qo‘l” va “barmoq” so‘zlari o‘rtasida sinekdoxa yo‘li bilan ma’no ko‘chishi (butun va qism munosabati) bor, bu hol “qo‘l” so‘zi o‘rnida “barmoq” so‘zining qo‘llanishiga yo‘l ochgan, ammo bir frazema o‘rnida butunlay boshqa frazema yuzaga kelmagan, shunga ko‘ra ular bitta frazemaning ichki ko‘rinishlari – variatsiyalari sanaladi. Demak, variatsiyalar bir obrazga asoslanadi. Yana misollar: Kiprik qoqmaslik. – Mijja qoqmaslik (bir frazemaning ikki variant, chunki “kiprik” va “mijja” so‘zlarida bitta obraz mujassam). Frazeologik sinonimiya masalasi ko‘plab tadqiqotchilarning diqqatini o‘ziga jalb etgan. Tilshunoslar iboralarda sinonimiyani belgilashning turli mezonlarini taklif etmoqdalar. Masalan, A.I.Molotkov frazeologik sinonimlarning o‘ziga xos 4 xususiyatini ajratib ko‘rsatgan edi: ma’nolarning bir xilligi, o‘xshashligi; tarkibida bir xil komponentlarning bo‘lmasligi; leksik-grammatik xarakteri tomondan o‘xshashligi; komponentlarning o‘zaro bir-biri bilan almashtirish imkoniyati yo‘qligi9 Frazeologik sinonimlar faqat ma’no nozikliklariga ko‘ra emas, balki uslubiy bo‘yog‘i, qo‘llanish doirasiga ko‘ra ham o‘zaro farqlanadi. Frazeologik sinonimlar bilan variantlar o‘rtasida ko‘pgina umumiy tomonlar bor, shuning uchun ham ular ko‘pincha lug‘atlarda, darslik va qo‘llanmalarda aralashtiriladi. Masalan, yuqorida ko‘rilgan “og‘zining tanobi qochmoq” iborasining “og‘zining bog‘ichi qochmoq” variant mavjud. Bu variant “Izohli lug‘at” da “aynan” havolasi bilan ko‘rsatilgan (244,119), lekin Sh.Rahmatullayev lug‘atida iboraning bu varianti o‘z aksini topmagan. Bizningcha, frazeologik sinonimlarni frazeologik variantlardan farqlashning quyidagi belgilari mavjud: Frazema ichki formasining yaxlitligi. Masalan, “ko‘ngil” va “yurak” so‘zlarining almashinuvi asosida hosil bo‘lgan quyidagi variantdosh iboralar ichki formasining yaxlitligi bilan ajralib turadi: ko‘ngli g‘ash tortdi – yuragi g‘ash tortdi; ko‘ngliga qo‘l solmoq – yuragiga qo‘l solmoq; ko‘nglida kiri yo‘q – yuragida kiri yo‘q kabi. Bir iboraning variantlari ifodalaydigan ekspressiv-baho bo‘yog‘i ko‘pincha bir xil bo‘ladi. Masalan, “boshini og‘ritmoq”, “bosh og‘ritmoq”, “bosh qotirmoq” iboralari bir umumiy ekspressiv ottenkaga ega. Yoki “boshida yong‘oq chaqmoq”, “boshida danak chaqmoq”, “boshida tosh chaqmoq”, “miyasida danak chaqmoq”, “boshida yong‘oq chaqildi” kabi variantdosh iboralar semantikasi “ortiq darajada” semasi bilan yaxlitlikka egadir. M.Turopova o‘zbek xalq shevalarida keng tarqalgan frazeologik variantdoshlik hodisasini o‘rganar ekan, shevalar frazeologiyasi variantlariga ajratishda ularning bir obrazga tayanishga, bir ma’noni ifodalashga, ma’no ottenkalarida farq qilishi mumkinligiga, umumiy leksik komponentlarga ega bo‘lishiga hamda iboralarga xos yaxlit ma’no borligin saqlashlariga e’tiborini qaratgan. 1 Hakimov Q. O‘zbek tilidagi sodda gap qolipli frazeologizmlarning zaruriy birikuvchanligi. NDA. – Toshkent: 1994. - 20 b. 2 Rahmatullayev Sh. Monografiya, 125-bet 3 Xaliqova M.K. Фразеология как форма отражения национального менталитета в языковой картине (на материале русского и узбекского языков).АКД.– Ташкент, 1999, –26 с. 4 Abdullayev Sh.D. Tarjima asarlarda frazeologizmlar semantikasi (T.Qayipbergenov asarlarining o‘zbekcha tarjimasi asosida). NDA. – Toshkent: 2006.– 21 b 5 Mamatov A.E. Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilida leksik va frazeologik norma muammolari. – Toshkent:1991. – B. 207-272 6 Mamatov A. Monografiya, 210-bet 7 Mirtojiyev M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Universitet, 2004. 183-186-bet. 8 Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Talqin, 2005. –B. 216 9 B.Yo‘ldoshev. Frazeologik uslubiyat asoslari. O‘quv qo‘llanmasi. - Samarqand: SamDU, 1998. –B. 66 Download 120.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling